Nazorat savollari: 1.
Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari
. 2.
AKT va ta’lim
3.
AKT sohasida kadrlarni tayyorlash
4.
Sog’liqni saqlashda AKT
Foydalanilgan adabiyotlar 1.
The Linkage between ICT Applications and Meaningful Development. Usha
Rani Vyasulu Reddi. UN-APCICT/ESCAP 2011. Module 1. (Second Edition).
2.
http://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/uz/home/library/poverty/interactiv
e-online-services-for-entrepreneurs.html
2 -ma’ruza. Taraqqiyot uchun AKT siyosatining milliy elementlari Reja: 1.
Jamiyat rivojida AKT ning
o'rni
2.
“Elektron hukumat” tizimini shakllantirish
21
1. Jamiyat rivojida aktning o'rni Axborotlashtirish
– hududiy taqsimlangan axborot resurslarini
birlashtiruvchi telekommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rivojlantirishga
yo'naltirilgan siyosat va jarayonlar.
Axborotlashtirish jarayoni:
- axborot texnologiyalari rivojlanishining natijasi;
Axborotlashtirish – bu nafaqat texnologik, balki aholi turmush tarziga
sezilarli o'zgartirishlar kiritadigan ijtimoiy va madaniy jarayon hamdir.
Jamiyatni axborotlashtirish – bu jamiyat a'zolarining ishonchli axborotdan to'liq
va o'z vaqtida foydalanishlarini ta'minlashga qaratilgan choralar kompleksini
ishga tushirishdir, bu yangi axborot texnologiyalarini o'zlashtirish va
rivojlantirish darajasiga bog’liq bo'ladi.
Axborotlashgan jamiyatni tavsiflovchi mezonlar:
-
Texnologik: ishlab chiqarishda, muassasalarda, ta'lim tizimida keng
qo’llaniladigan axborot texnologiyalari.
-
Ijtimoiy: axborot yashash sifatini o'zgartirishning muxim stimulyatori
sifatida yuzaga chiqadi, axborotga keng kirishda «axborot ongi»
shakllanadi va tasdiqlanadi.
-
Iqtisodiy: axborot iqtisodiyotda resurs, xizmat, tovar, qo’shilgan qiymat va
bandlik manbai sifatida kalit omilni tashkil etadi.
-
Siyosiy: axborot erkinligi siyosiy jarayonlarda turli klasslar va aholi
ijtimoiy
qatlamlari
orasidagi
o'sib
borayotgan
ishtiroki
bilan
xarakterlanadigan etakchi hisoblanadi.
-
Madaniy: axborotning madaniy qiymatini alohida individ va butun jamiyat
rivojining manfaatida axborot qimmatini tasdiqlash vositasida belgilash.
ITU-International telecommunication Union. Halqaro elektroaloqa ittifoqi
hisoblari bo’yicha oxirgi yilda 350 millijndan ortiq odam internetga ulangan va
2016 yil oxirida butun dunyo aholisining diyarli 53 foizi internentdan
foydalanilgan.
Mobil texnologiyalar va hizmatlar avvaldan axborotlashgan jamiyat rivojining
kalit omili hisoblanadi, mobil va keng polosali aloqa foydalanuvchilari soni 3
mlrd.ga yaqin.
Mobil keng polosali tarmoqlar ilovalar va servislardan foydalanish imkonini
beradi: tezlik oshishda davom etadi, hizmatlarning bahosi pasayadi va AKT
yanada ommabop bo'ladi, oxirgi to'rt yilda hizmatlarning bahosi 82 foizga
pasaygan.
Yuqori tezlikli aloqa tarmoqlari vositasida global axborot jamiyatiga ko'pdan
ko'p odamlar bog’lanmoqdalar, ya'ni, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish jamiyatni rivojlantirishning eng aktual yo'nalishlaridan biridir.
22
ITU hisoblari bo’yicha 2016 yil oxirida ko’chuvchi uyali aloqa abonentlari 6,8
mlrd.ga va butun dunyo internet foydalanuvchilari 3,7 mlrd.ga. yetgan.