|
Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqaBog'liq Elektron hukumat2.
“Elеktron hukumat” tizimini shakllantirish
Axborot resursi – bu axborot tizimlaridagi (kutubhonalar, arhivlar, fondlar,
ma'lumotlar banki va boshqa axborot tizimlari) hujjatlar va hujjatlar massivi.
Har bir davlat uchun axborot resursi energiya zaxiralari, qazilma boyliklar
va boshqa manbalar kabi ahamiyatli strategik resurs hisoblanadi.
Axborot resurslari axborot mahsulotlarini yaratish uchun boshlang’ich baza
hisoblanadi.
Axborot mahsulotlari insonlarning intellektual faoliyatlari natijasi
hisoblanadi va hizmatlar yordamida tarqatiladi.
Hozirgi vaqtda hukumat va uning fuqarosi orasidagi o’zaro ta’sir axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faol amalga oshib
bormoqda.
Zamonaviy huquqiy demokratik davlat “fuqaro-hukumat”, “fuqarolik
jamiyati - hukumat” o'zaro axborot munosabatlari, axborot manfaatlarining
balansi va bu balansni me'yorlarda, avvalambor axborot qonunlarida
mustahkamlashga erishishga intiladi.
Hukumat va jamiyat, alohida fuqaroning o’zaro ta’sirini optimallashtirish
uchun “elektron davlat” (“elektron hukumat”) modelidan faol foydalaniladi.
Elektron hukumatni joriy etish jarayoni uchta bosqichga ajratiladi:
1 bosqich (ommaviylik).
Ushbu bosqichda AKT vositalari kengaytiriladi va tezligi oshiriladi,
hukumat organlari statistik axborotlariga fuqarolar, tashkilotlar, korhonalar
tomonidan kirish osonlashtiriladi. Bu bosqichni amalga oshirish uchun hukumat
organlari o'zlarining Web-saytlarini yaratadilar, bu erda qonuniy va boshqa
me'yoriy huquqiy aktlar, kerakli hujjatlar shakllari, statistik va iqtisodiy
ma'lumotlar joylashtiriladi. Ushbu bosqichning asosiy elementi axborotlarni
operativ yangilash va “yagona oyna” orqali kirishni taqdim etuvchi, davlatning
barcha axborot resurslarini integraciyalovchi hukumat portalining mavjudligi.
|
| |