19
So‘nggi 3 yilda universitetning 490 nafar professor-o‘qituvchilari malaka oshirish
kurslariga jalb qilingan.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida “elektron hukumat” tizimini
samarali joriy qilish, boshqaruv va faoliyatda AKTni tatbiq etish xodimlarning bu
yo‘nalishdagi bilimlarini oshirib borishni taqozo qiladi.
Ayni shu maqsadda
TATU qoshida davlat muassasalari xodimlarini o‘qitishga ixtisoslashgan
“Elektron hukumat” o‘quv markazi tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar bu
yerda 38 mingdan ziyod mutaxassislar o‘qitilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari
qoshidagi oliy o‘quv muassasalari qoshida 12 ta o‘quv markazlari faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. Ushbu markazlarning ixtisoslashtirilgan
kurslarida turli tashkilot-
idoralarning 2 mingdan ziyod mutaxassislari malaka oshirdilar.
Toshkent shahridagi Inha universitetida ayni kunda 358 nafar talaba
kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Har yili qabul
imtihonlarida yuqori ball to‘plagan 10 nafar talabaga homiylar hisobidan grant
asosida o‘qish imtiyozi berilmoqda. Ular kelajakda universitet ta’sischisi bo‘lgan
yoki boshqa nufuzli muassasalarda 5 yillik mehnat faoliyatini o‘taydilar.
Shu bilan birga, talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-
quvvatlash
maqsadida, semester yakunida har bir kursdan eng yuqori natija
ko‘rsatgan 10 nafar talaba shartnoma pulini to‘lashdan qisman yoki to‘liq ozod
etiladi.
Universitet 2016-2017 o‘quv yilida 250 nafar talabani qabul qilishni
rejalashtirgan. Shuningdek, yangi o‘quv yilida ta’lim muassasasida yangi –
logistika yo‘nalishi bo‘yicha ham fakultet o‘z faoliyatini boshlaydi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti
tomonidan tashkil etilgan
Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazi universitetning ilmiy-tadqiqot
va innovatsion salohiyatini oshirish, ilmiy ishlanmalarning hayotga tatbiq etilishi
yuzasidan hamkorlik qilish, universitet talabalarini dasturiy mahsulotlar
yaratishga
jalb qilish, ilg‘or g‘oyalarni ichki va xalqaro bozorga olib chiqishni
rag‘batlantirish orqali ularning ilmiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, nazariy
bilimlarni amaliyotga tatbiq etishlariga ko‘maklashish
uchun imkon yaratish
maqsadida tashkil qilingan.