Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

2-sonli Milliy vazifa. 2015 yilga borib, umumiy bahramandlikni saqlab 
qolgan holda, boshlang’ich va umumiy o’rta ta’lim sifatini oshirish 
Mavjud muammolarni hal qilish uchun qanday choralar ko’rilmoqda? 


 9 
1997 yilda O’zbekiston ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshira boshladi. 
“Aholi farovonligini oshirish strategiyasi”ga rioya qilib Hukumat ta’lim sifatini 
oshirish uchun katta hissa qo’shdi. 
Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi o’z oldiga 
quyidagi maqsadlarni qo’yadi:

umumta’lim maktablarni infratuzilmasini mustahkamlash va rivojlantirish

maktablarni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, komp’yuterlar, 
darsliklar hamda o’quv materiallari bilan ta’minlash; 

o’qitish metodikasi va o’quv dasturlarini yaxshilash;

o’qituvchilar malakasini oshirish; ularni samarali tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimini rivojlantirish; o’qituvchilarni undash darajasini oshirish.
Bundan tashqari, hukumat aholi kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-
quvvatlashga qaratilgan qator choralar ko’rdi. Hukumat 2002 yildan kam 
ta’minlangan oilalardan bo’lgan o’quvchilarga tekin darsliklar bera boshladi. 
Yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar davlat tomonidan to’liq 
ta’minlanmoqda. 1997 yildan boshlab kam ta’minlangan oilalar bolalariga qishki 
kiyim-kechak tekin berilmoqda.
O’zbekiston ta’lim tizimiga yirik mablag’lar sarflamoqda, binobarin, 
hukumatning istiqbolda bashariy resurslar sifatini ta’minlash borasidagi g’ayrat-
shijoatiga tan berish darkor.
O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta’limdan umumiy bahramandlikka 
global MRM uchun boshlang’ich sana bo’lgan 1990 yildayoq erishilgan.
Ta’lim tizimi duch keladigan muammolar ko’pligiga qaramay, rasmiy 
statistik ma’lumotlarga ko’ra, boshlang’ich maktablarning deyarli barcha 
o’quvchilari o’rta ta’lim tayanch darajasining 5-sinfigacha yetib borishini 
ta’kidlash muhim. 
Imkoniyati cheklangan bolalar 
Boshlang’ich ta’limdan umumiy bahramand bo’lish garchi ta’minlangan 
bo’lsa-da, u imkoniyati cheklangan bolalar uchun muammoligicha qolib 
kelmoqda. Ko’p nogiron bolalar maktabga qatnashmaydi, shu bois ularning 
bundan keyingi farovonligi va ma’lumot olishi tashvishli ishlardan bo’lib 
qolmoqda.
Milliy maqsad 3. Ayollar va erkaklar tengligini rag’batlantirish va 
ayollarning huquq hamda imknoiyatlarini kengaytirish 


 10 
3-sonli Milliy vazifa. 2005 yilga borib boshlang’ich, o’rta va kasb-hunar 
ta’lim tizimida gender tenglikka erishish 
4-sonli Milliy vazifa. 2015 yilga borib oliy ta’limda gender mutanosiblikka 
erishish 
“Gender” tushunchasi bevosita ayollarga taalluqli emas, u erkaklar bilan 
ayollar o’tasidagi ijtimoiy o’zaro munosabatni bildiradi. Bu tushunchadan 
jamiyat erkaklar va ayollarga ajratib bergan ijtimoiy rollarni belgilash uchun 
foydalaniladi. Shunisi yanada muhimki, u erkaklar va ayollar ijtimoiy hamda 
iqtisodiy rivojlanishdan xilma-xil yo’llar bilan qay tariqa manfaat ko’rishini 
tushunishda ko’maklashadi. Gender tadqiqotlar madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy 
tafovutlar erkaklar hamda ayollarning oiladagi, ishdagi va umuman jamiyatdagi 
roliga qay tarzda ta’sir etishini ko’rsatadi. 
Xotin-qizlar qo’mitasi rahbari ayni mahalda Bosh vazir o’rinbosari 
hisoblanadi. Butun mamlakat miqyosida xotin-qizlar ishtirokida qarorlar qabul 
qilishda mutanosiblikni ta’minlash uchun viloyat xotin-qizlar qo’mitalari 
rahbarlari ayni mahalda hokim o’rinbosarlari bo’lib, mahalliy darajada xotin-
qizlar manfaatlarini qo’llab-quvvatlsh hamda ularning salohiyatini ro’yobga 
chiqarish uchun mas’uldirlar.

Download 1,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish 4 akt bilan taraqqiyot o'rtasidagi o'zaro aloqa

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish