8
Ko’p mamlakatlar o’z kambag’allik chizig’i ko’rsatkichini o’z
mamlakatlari xususiyatlari hamda rivojlanish sharoiti asosida o’zlari belgilashadi.
O’zbekistonda kam ta’minlanganlikni qisqartirish maqsadida qanday
choralar ko’rilmoqda?
Hukumat hamkorlar bilan o’zaro jips munosabatda kam ta’minlanganlik
holatini tahlil qilish va kambag’allikka qarshi kurash siyosatini amalga oshirish
uchun qator ishlarni bajardi.
Asosiy tendentsiyalar va kambag’allikning kontsentratsiyalanishi
Rivojalanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligidagi kabi,
aholining eng
nochor guruhlari qishloq aholisi, ko’p bolali oilalar,
nogironlar, ishsizlar,
ma’lumoti darajasi past kishilar hamda boquvchisi ayol bo’lgan oilalardir.
Daromad darajasi kam ta’minlanganlikning asosiy bo’lsa-da, yagona
aniqlovchisi emas. Hozirgi O’zbekistonda kam ta’minlanganlik sog’liqni
saqlashdan, ta’limdan, kommunal xizmatlarning toza
suv va tegishli sanitariya
sharoiti singari asosiy turlaridan bahramand bo’lish sifati bilan bog’liq. Shunday
qilib, kambag’allik darajasini pasaytirish boshqa barcha MRMga erishish bilan
chambarchas bog’liq bo’lgan kompleks vazifadir.
Kam ta’minlanganlikning “Aholi farovonligini oshirish strategiyasi oraliq
hujjati”da belgilangan bosh omillari quyidagilardir:
Demografik vaziyat;
Bandlik darajsi va
mehnat bozori tuzilmasi;
Ta’lim va sog’liqni saqlashdan bahramandlik;
Mintaqaviy tafovutlar;
Atrof muhitning ahvoli.
Kam ta’minlanganlikning “Aholi farovonligini oshirish strategiyasi oraliq
hujjati”da belgilangan bosh omillari quyidagilardir:
Demografik vaziyat;
Bandlik darajsi va mehnat bozori tuzilmasi;
Ta’lim va sog’liqni saqlashdan bahramandlik;
Mintaqaviy tafovutlar;
Atrof muhitning ahvoli.
Milliy maqsad 2. Boshlang’ich va o’rta maktablarda ta’lim sifatini
oshirish