• 8-modda. Bankning ichki to‘lov tizimi
  • 9-modda. Chakana to‘lovlar tizimi
  • 10-modda. To‘lov tizimining subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar
  • Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqali to`lovlar va haridlarni amalga oshirish afzalliklari 14




    Download 8,4 Mb.
    bet3/28
    Sana14.02.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #156780
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqal
    Kurs ishi tituli topshirigi
    7-modda. Banklararo to‘lov tizimi
    Banklararo to‘lov tizimi banklar o‘rtasidagi elektron to‘lovlarni banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
    Banklararo to‘lov tizimining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
    8-modda. Bankning ichki to‘lov tizimi
    Bankning ichki to‘lov tizimi bank filiallari va mijozlari o‘rtasida elektron to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to‘lov tizimi bilan o‘zaro harakatda bo‘lish uchun mo‘ljallangan.
    Bankning ichki to‘lov tizimi qoidalari to‘lov tizimining a’zosi — bank tomonidan belgilanadi.
    9-modda. Chakana to‘lovlar tizimi
    Chakana to‘lovlar tizimi bank kartalari va boshqa elektron to‘lov vositalari (bundan buyon matnda elektron to‘lov vositalari deb yuritiladi) qo‘llanilgan holda elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Elektron to‘lov vositasi uning mazkur chakana to‘lovlar tizimiga mansubligini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan farqlovchi belgilarga (tovar belgisiga, xizmat ko‘rsatish belgilariga) ega bo‘lishi kerak.
    Chakana to‘lovlar tizimining qoidalari mazkur chakana to‘lovlar tizimini tuzgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
    10-modda. To‘lov tizimining subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar
    To‘lov tizimining subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
    Shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo‘lishi va unda quyidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak:
    elektron to‘lovlarni amalga oshirishda elektron to‘lov hujjatlarini jo‘natish hamda qabul qilib olish tartibi;
    elektron to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida elektron to‘lov hujjatlarida elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash tartibi;
    elektron to‘lovlarni amalga oshirganlik uchun haq miqdori;
    taraflarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari;
    taraflarning javobgarligi, shu jumladan elektron to‘lovlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavflar bo‘yicha javobgarlikning taqsimlanishi;
    nizolarni hal qilish tartibi.
    To‘lov tizimining subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomada qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.

    Download 8,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 8,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqali to`lovlar va haridlarni amalga oshirish afzalliklari 14

    Download 8,4 Mb.