• 12-modda. To‘lov tizimidan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
  • -modda. To‘lov tizimi a’zolarining huquq va majburiyatlari




    Download 8,4 Mb.
    bet4/28
    Sana14.02.2024
    Hajmi8,4 Mb.
    #156780
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqal
    Kurs ishi tituli topshirigi
    11-modda. To‘lov tizimi a’zolarining huquq va majburiyatlari
    To‘lov tizimining a’zolari elektron to‘lovlarni amalga oshirganlik uchun haq olishga va qonunda belgilangan hollarda to‘lov tizimidan foydalanuvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga haqlidir.
    To‘lov tizimining a’zolari tegishli to‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq elektron to‘lov hujjatiga ishlov berilishini va uning muhofaza qilinishini ta’minlashlari kerak. Bunda to‘lov tizimining a’zosi — bank:
    to‘lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‘iga tushadigan pul mablag‘larini qabul qilishi va hisobga kiritishi, uning tegishli summalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarishi;
    o‘zining aybi bilan noto‘g‘ri amalga oshirilgan operatsiyalarni tiklashi yoki tuzatishi;
    to‘lov tizimidan foydalanuvchiga uning hisobvarag‘iga oid axborotni shartnomada belgilangan muddatlarda qog‘ozdagi yoki elektron shaklda taqdim etishi;
    pul mablag‘lari oluvchining-to‘lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‘iga tushganligini to‘lovchining-to‘lov tizimidan foydalanuvchining so‘rovi bo‘yicha qog‘ozdagi yoki elektron shaklda tasdiqlashi shart.
    To‘lov tizimining a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
    12-modda. To‘lov tizimidan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
    To‘lov tizimidan foydalanuvchilar o‘z hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etishga va o‘z hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida axborot olishga haqlidir.
    To‘lov tizimidan foydalanuvchilar:
    to‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan axborotni muhofaza qilish tartibiga rioya etishi;
    elektron to‘lov vositalarining va identifikatsiya ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlashi;
    to‘lov tizimining a’zosiga elektron to‘lov vositalari yoki identifikatsiya ma’lumotlari yo‘qolganligi to‘g‘risida shartnomada belgilangan muddatlarda xabar qilishi shart.
    To‘lov tizimidan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

    Download 8,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 8,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. To‘lov tizimi a’zolarining huquq va majburiyatlari

    Download 8,4 Mb.