• 2.4 Asfaltbeton tarkibini tanlash haqida ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish Asfalt qorishmalari qatlamlarini yotqizish texnologiyasi.
  • Asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish




    Download 8,8 Mb.
    bet6/9
    Sana26.07.2024
    Hajmi8,8 Mb.
    #268668
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    2.3 Asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish
    Asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari. Mamlakatimimzdagi mavjud yo‘llarning 95 % ortig‘i asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamlaridan qurilgan. Yo‘l to‘shamalari 3 ga bo‘linadi: qoplama, asos va yo‘l poyi.
    Asfaltbeton qoplama - tayyorlangan yo‘l asosiga yotqizilgan, doimiy qalinlikdagi bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lgan qoplama konstruktsiyasining yuqori qismi.
    Asfaltobeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari chizmasi 9-rasmda ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizmalar yo‘l to‘shamalarini zamonaviy tendensiyada - kam sonli qatlamlar bilan qurishni ko‘rsatadi. Qatlamlar sonini kamaytirishda bitum qo‘llanilgan materiallarning ikkita qatlami bilan chegaralanish maqsadga muvofiq. Asfaltobetonning katta qalinlikdagi yuqori qatlamini chaqiqtosh, shag‘al va bitum, qatron yoki emulsiya bilan ishlov berilgan yoki bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan boshqa mineral materiallardan bo‘lgan qatlamlarga yotqizish mumkin.
    Asfaltbetonni shakllantirish uchun texnologik jarayonda yo‘naltirilgan struktura xosil qilish optimal sharoitlar yaratish bilan ta’minlanadi. Bu sharoitlar asfaltbeton qorishmalarning texnologik xususiyatlari, mos keluvchi texnologik jixozlarni tanlash va uning berilgan ishlash rejimi bilan aniqlanadi. Asfaltbeton qorishmalar quyma, plastikli va qattiq turlarga bo‘linadi.


    2.4 Asfaltbeton tarkibini tanlash haqida ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish
    Asfalt qorishmalari qatlamlarini yotqizish texnologiyasi. Asfaltbeton qorishmasini qoplamaga yotqizish. asfalt-beton qorishmasini yotqizish bo‘yicha ishlar quruq havoda kamida 5 °C havo haroratida, kuzda esa kamida 10 °C haroratda amalga oshiriladi.
    ShNQ 3.06.03 talablariga asosan asfaltbetondan qoplamalar qurish ishlarini, odatda, 2 smenada olib boriladi. Kunduz kunlari yuqori qatlamni yotqizish tavsiya qilinadi. Kechki smenada mashinalar, uskunalar, agregatlar va avtomatik boshqaruvda texnik xizmat ishlari bajariladi. Yo‘l poyi qish davrida qurilgan, yer osti suvlarining satxi yaqin bo‘lgan sharoitlarda, shuningdek ko‘tarma balandligi 3 m dan yuqori bo‘lganda, yo‘l to‘shamasini qurish ishlari yo‘l poyi qurilgandan so‘ng ikkinchi yili bajariladi. Asfalbeton qoplamalarni quruq, toza va muzlamagan asosga yotqiziladi. Qoplamaning asos bilan yaxshi yopishish uchun, asosni asfaltbeton qorishma yotqizishdan oldin mexanik cho‘tkalar, ko‘chma kompressordan siqilgan havo yoki boshqa uskunalar bilan iflos changlardan tozalanadi. Namlangan asos 150÷2000C gacha qizdirilgan qum hamda isitgichlar bilan quritiladi.
    Zarur bo‘lganda asfaltbeton qorishma yotqizishdan 3-5 soat oldin asos yoki asfaltbeton qoplamaning quyi qatlami yuzasiga bitum bilan ishlov beriladi. Asos yoki asfaltbeton qoplamaning quyi qatlami yuzasiga ishlov berish uchun joyiga qarab 1 m2 ga 0.5-0.3 va 0.2-0.3 litr suyuq bog‘lovchi sarf bo‘ladi. Agar shu maqsadlar uchun 60% li bitum emulsiyasi ishlatilsa, unda sarf joyiga qarab 1 m2ga 0.6-0.9 i 0.3-04 litr bo‘ladi. Agar qoplama organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan yangi yotqizilgan asos ustiga qurilsa, hamda yangi yotqizilgan quyi qatlam ustiga ustki qatlam yotqizilsa, yuzaga bog‘lovchilar bilan ishlov berish talab qilinmaydi.
    Yo‘lning bo‘ylama nishabligi 30%0 dan oshganda, asfalbeton qoplamani yotqizish ishlari yuqori tomoniga qarab bajariladi.
    Asfaltbeton qorishmani yotqizishdan oldin rejalash ishlarini bajarish zarur, bunda qoplamaning loyihaviy kengligi va ko‘ndalang nishabligini, hamda qoplama chetining bir to‘g‘ri chiziqda bo‘lishligini ta’minlash nivelir yoki vizirka yordamida amalga oshiriladi, hamda tegishli rangli belgilar bordyur toshlariga qo‘yiladi yoki boshqa usllar bilan belgilanadi.
    Qorishmalarning yotqizishdagi eng past harorati bitumlarning turiga qarab jadval talablariga javob berishi kerak. Har bir avtosamosvalda keltirilayotgan qorishmaning harorati tekshiriladi.

    Download 8,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 8,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish

    Download 8,8 Mb.