|
Mundarija kirish bob. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga qarashli yoʻl korxonalarining boshqarmalari, boʻlinmalarining strukturalari, ish yuritish tuzilmalari, yoʻl loyihalash boʻlimlari va tarkibini oʻrganish
|
bet | 5/9 | Sana | 26.07.2024 | Hajmi | 8,8 Mb. | | #268668 |
Jami 43 km.ni tashkil qiladi.
Korxonaning mavjud texnik bazasi to‘g‘risida
MA’LUMOT
|
|
|
|
|
|
№
|
Nomi va rusmi
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Davlat raqami belgisi
|
Texnik axvoli
|
|
Transport tеxnika
|
1
|
Mashina polivomoеchniy ISUZU FVR 33 GLD
|
2013
|
90 482LAA
|
soz
|
2
|
Samosval MAN TGS 33 360
|
2012
|
90 422KAA
|
soz
|
3
|
Avtomashina ZIL-431610
|
1991
|
90 294KAA
|
soz
|
4
|
NEXIA-3
|
2018
|
90 191 OAA
|
soz
|
5
|
Samosval Sinotruk Golden Prince ZZ3251N364IA
|
2021
|
90 723DBA
|
soz
|
|
Mashina Mеxanizm
|
6
|
Traktor T-4A
|
1987
|
90 DA549
|
nasoz
|
7
|
Traktor YuMZ-6L
|
1978
|
90DA548
|
soz
|
8
|
Ekskavator - pogruzchik JCB 3DX SUPER
|
2018
|
90 YeA108
|
soz
|
9
|
Avtogreyder GR-165
|
2018
|
90 YeA502
|
soz
|
10
|
Katok KD-4.5
|
1991
|
90GA785
|
soz
|
11
|
Pnemokolyosniy katok 16 t XR 163
|
2017
|
90 DA551
|
soz
|
12
|
Katkovoz PO-2200
|
1974
|
B/N
|
nasoz
|
13
|
Pritsep bitumovoz 2PTS-793
|
1988
|
B/N
|
Yaroksiz
|
14
|
Pritsep 2 PTS-4-793-04A
|
2007
|
90VA655
|
soz
|
15
|
Pritsep 2 PTS-4-793-04A
|
1988
|
07-29XJ
|
soz
|
16
|
Kirkovщik KP-6
|
1991
|
|
soz
|
17
|
Ikki valsli katok XD-83
|
2021
|
90KA035
|
soz
|
Kichik Mexanizm
|
18
|
Ruchnoy katok BOMAG
|
2018
|
b/n
|
soz
|
Yo‘l to‘shamlari qoplamlari va asoslarining texnologik tasnifi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar me’yorlarini tahlil qilish va o‘rganish
Avtomobil yo‘llari qurilishi ayrim jarayonlardan tashqil topgan uslubli ishlarni, ya’ni yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi va suniy inshootlarni uz ichiga oladi. Yo‘l qurilish ishlarining texnologiyasi materiallarga, yarim tayyor mahsulotlarga, yo‘l inshootlarining bo‘lak va qismlarini tayyorlash, xamda sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga karatilgan. Yo‘l qurilishi jarayonlarini keng kullamli mexanizatsiya-lashgan va avtomatizatsiyalashgan usulda bajarilishini rejalashtirish kerak. Avtomobillarning yil buyi xarakatlanishini ta’minlash uchun yo‘lning katnov qismida yo‘l to‘shamasi kuriladi. Yo‘l poyining sirtiga iqlim omillariga va transport g‘ildiraklarining ta’siriga yaxshi qarshiliq ko‘rsatadigan materiallardan yotkiziladi.
Transport g‘ildiraklaridan ta’sir etuvchi kuchni va iqlim ta’sirini uzluksiz qabul kila turib, yo‘l to‘shamasi mustahkam, yedirilish va haroratga chidamli, xamda xarakat xavfizligini ta’minlash uchun ravon va gadir budir yuzali bo‘lishi lozim. To‘shama qatlamlari qalinligi pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi,bunga sabab yuqori qatlam materiallari narxining ortib borishi va unga bo‘lgan talab ko‘chayishidadir. Shuning uchun koplama o‘ta mustahkam materiallardan kurilib, 1, 2 qatlamdan iborat bo‘ladi.
Yo‘l to‘shamasi turlari
|
Koplamaning asosiy ko‘rinishlari
|
Yo‘llar toifasi
|
Mukammal
|
Sementbetonli ko‘yma Temir betonli yoki armobeton va yigma betonli Asfaltbetonli
|
I-IV
I-IV
I-IV
|
Yengillashti-
rilgan
|
Asfaltbetonli
Bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chakik tosh, shag‘al va qumli
|
III, IV va II toifali yo‘llarni ikki bosqichli qurilishning 1 - bosqichida IV-V
|
O‘tuvchi
|
Chakik tosh va chakik toshli shag‘al; bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan
gruntlar va mustahkamligi kam materiallar
|
IV-V va
III toifali yo‘llarni ikki bosqichli qurilishning 1-bosqichida
|
Oddiy
|
Qo‘shimchalar bilan mustahkamlangan yoki yaxshilangan gruntlar
|
V va IV toifali yo‘llarni ikki bosqichli qurilishining 1-bosqichida
|
ShNK 2.05.02-07 ga asosan yo‘l to‘shamasi qatlamlari qalinliklari jadvalda keltirilgandan kam bo‘lmagan qiymatlarda qabul kilinishi lozim.
Yo‘l tushmasining koplama va boshqa qatlamlari materiallari
|
Qatlam qalinligi, sm
|
Yirik donli asfaltbeton
|
6-7
|
Mayda donli asfaltbeton
|
3-5
|
Qumli asfaltbeton
|
3-4
|
Organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chakik tosh (shag‘alli) materiallar
|
8
|
Shimdirish usulida organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chakik tosh
|
8
|
Bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan chakik toshli, shag‘alli va chakik tosh kushilgan shag‘alli materiallar: qumli asosda
|
15
|
mustahkam asosda (tosh yoki mustahkamlangan gruntda)
|
8
|
Organik yoki anorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan materiallar va gruntlar
|
10
|
6-rasm. Joriy ta’mirlash jarayoni
2-Bob. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish, eksplutatsiya qilish, ularga qo‘yiladigan talablar
2.1 Mineral bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan gruntlardan yo‘l to‘shamasi asosini qurish hujjatlari bilan ishlash va hisobotga kiritish
Gruntlarni va sanoat chiqindilarini bog‘lovchilar bilan aralashtirish ishlari quydagicha bajariladi:
- yo‘lda, maxsus maydonlarda va konlarda yo‘l frezasi va grunt aralash-tirgich mashinalar yordamida;
- aralashtirgich uskunalarda majburiy tarzda aralashtirish bilan.
Katta bo‘lakli gruntlar va sanoat chiqindilarni yoki ularning qorishmasini (kamida 20-30% hajmda) mayda qumlar va bog‘lovchi materiallar bilan aralashtirishni erkin harakatlanuvchi uskunalarda bajariladi.
Mustahkamlangan grunt yo‘l to‘shamaga ishlatilganda, ularning bir yoki bir necha qatlam bo‘lishi asos yoki qoplamaning qalinligiga, shuningdek qo‘llanilayotgan mashinaga bog‘liq bo‘ladi. Bu sharoitda asosning yoki qoplamaning yuqori qatlamiga ishlatilayotgan qorishma, odatda, qorishtiruvchi uskunalarda tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Yiriktoshli gruntlar bog‘lovchi materiallar bilan qorishma tayyorlovchi uskunalarda aralishtirilganda, gruntlar tarkibida 40 mm dan katta zarralar bo‘lmasligi shart (40 mm dan katta zarralar ishlov berishdan oldin saralab olinadi), katta bo‘lakli gruntlarda 25 mm dan katta bo‘lgan zarralarning bo‘lmasligi, unda 2-25 mm gacha bo‘lgan zarralarning miqdori grunt umumiy massasining 70 % ko‘p bo‘lmasligi kerak. Yirik toshli gruntlarning tarkibiga kirgan 0,5 mm dan kichik bo‘lgan mayda zarrali gruntlarning plastiklik (cho‘ziluvchanlik) soni 12 dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Katta bo‘lakli gruntlarni bog‘lovchilar bilan yo‘lda aralashtirilganda, gruntlarning katta zarrasi 25 mm dan oshmasligi kerak. Loysimon gruntlar plastiklik (cho‘ziluvchanlik) soni 12 dan ko‘p bo‘lganda, bog‘lovchi materiallar bilan aralashtirishdan oldin frezalar yoki gruntaralashtirgich mashinalarda maydalab olinadi.
Maydalangandan so‘ng gruntda 5 mm dan katta bo‘lgan zarralar massaning 25% dan, shuningdek 10 mm dan katta bo‘lgan zarralar esa massaning 10 % dan oshmasligi kerak.
Og‘ir suglinok va loysimon gruntlarni, namlik oquvchanlik chegarasida, ochiq va quruq havo harorati 200S da 0,3 ni tashqil qilsa, maydalash jarayonida gruntga yuzani faollashtiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi: sulfit-drojja brajkasi;
OP-7 yoki OP-10 suyultirgichlar, gidrofobiatsiya qiluvchi suyuqlik GJ-136-41, neytrallashtirilgan gudron GVD. Ularning miqdori 8-jadvalga asosan qabul qilinadi.
Eruvcha qo‘shimchalar eritma shaklida, erimaydiganlari emulsiya holida kiritiladi.
Qo‘shimchalar
|
Qo‘shimcha hajmi sement grunt yoki boshqa qorishma massasiga % xisobida
|
Gidrofib qiluvchi suyuqlik (GJ 136-4)
|
0.1-0.2
|
Sulfit-drojja brajkasi (SBD)
|
0.05-0.5
|
Ho‘llovchi OP-7 yoki OP – 10
|
0.05-0.5
|
Neytrallovchi gudron (GND)
|
0.015-0.03
|
2.2 Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish
Tabiiy organik bog‘lovchi materiallar (bitum, asfalt) qadimdan ma’lum bo‘lib, bundan 4000 yil burun Vavilon va Misrda qurilish materiali sifatida qo‘llanilgan.
Bir asrdan sal ko‘proq vaqt oldin shaharning toshli ko‘chalari va yo‘llari asfaltlangan. Asfaltning o‘zi qadimgi davrlarda ma’lum bo‘lgan. Qadimgi rimliklar uni "bitum" deb bilishgan, Bobilda uni "smola" deb atashgan. O‘sha kunlarda u asosan qurilishda, masalan donni saqlash uchun omborlarda - u erda ular pollarni qoplagan, shuningdek, kema qurilishida suvdan himoya qilish uchun qatron o‘rniga ishlatilgan. Qadimgi Misrda u mumiyalashda ishlatilgan, idish-tovoq yuzasiga surtilgan va hatto shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan. Keyinchalik, asfaltning yuqori bog‘lovchi xususiyatlarini qadrlab, tosh devorlarni yotqizishda bog‘lovchi sifatida ishlatilgan.
Suvga chidamlilik. Asfaltbeton qoplamalar uzoq namlanishda strukturali bog‘lanishning kuchsizlanishi natijasida mineral donalarning bo‘shalishi hisobiga buzilishi mumkin, bu qoplamalarda yuqori darajadagi yemirilish va ko‘chishi paydo bo‘lishiga olib keladi. Asfaltbetonning suvga chidamliligi uning zichligi va adgezion aloqalarning barqarorligiga bog‘liqdir. Suv barcha mineral materiallarni yaxshi namlaydi, bu esa bitum bilan ishlov berilgan mineral donalarning uzoq kontaktida, bitumli qobig‘da suv diffuziyasi bo‘lish ehtimolligini bildiradi.
Suv asfaltbeton strukturasining mikrodarzliklariga kirib, yuza energiyalarini pasayishi xisobiga material mustahkamligini pasayishga olib keladi
Sovuqqa chidamlilik. Qishda asfaltbeton g‘ovaklarida suv muzga aylanadi va u 8 – 9% hajmida ko‘payadi. Bu esa ularda 20 MPa dan yuqori bo‘lgan bosim xosil qiladi. Asfaltbeton buzilishiga bahor va kuzda kuzatiladigan muzlash va erishlar katta ta’sir o‘tkazadi. Bu o‘zgaruvchan temperaturalar yoriqlar paydo bo‘lishga olib keladi. Asfaltbetonda ishlatiladigan bog‘lovchilar suvga ko‘proq chidamli bo‘ladi. BND 60/90 markali BND 90/130 markaligacha bo‘lgan bitumlar qovushqoqligi pasayganda ham sovuqqa chidamlilik pasayishi kuzatiladi. Asfaltbetonning sovuqqa chidamliligi ham bitumni mineral materiallar bilan o‘zaro ta’siri xususiyati bilan o‘zaro bog‘langan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija kirish bob. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga qarashli yoʻl korxonalarining boshqarmalari, boʻlinmalarining strukturalari, ish yuritish tuzilmalari, yoʻl loyihalash boʻlimlari va tarkibini oʻrganish
|