|
Dvigatelning krivoship-shotun va gaz taqsimlash mexanizmi
|
bet | 6/7 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 235,82 Kb. | | #265527 |
Bog'liq diplom ishDvigatelning krivoship-shotun va gaz taqsimlash mexanizmi.Gidrokompensatorni yuritmada joylashtirish usullari turlicha bo'lishi mumkin. jer oralig'idagi radial tirqishdan turtkich bo'shlig'iga V oz miqdorda sizib o'tadi. Ishlash davomida mushtchaning klapanga ta'sir etish vaqti juda qisqa bo'lgani uchun moyni qisman V bo'shlig'iga sizib o'tishi amalda turtkich bilan gilzaning birgalikda yaxlit bo'lib ishlashiga, ya'ni klapanning o'z vaqtida ochilishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Demak, klapan qiziganda sterjenining uzayishi moyning B bo'shlig'idan V bo'shlig'iga sizib o'tishi hisobiga bo'ladi. Klapanning yopilgan fazasida B bo'shlig'idagi bosim A bo'shlig'idagiga nisbatan pasayadi. Shunda bo'shliqlarda vujudga kelgan bosimning farqi tizimdan kelayotgan moy hisobiga yo'qotiladi. Ya'ni A bo'shlig'idan B bo'shlig'iga, bosimning farqi ta'sirida ochilgan teskari klapan 8 orqali moy o'tadi va u yerdagi moyning kami to'ldiriladi. Natijada klapan yuritmasida doimo tirqishsiz holat ta'minlanadi. Avtomobillardan foydalanish jarayonida ularning agregat va qismlari, detallarining yeyilishi va shikastlanishi natijasida ular ish xususiyatini yo‘qotadi. Ishlatish davrida uning yo'qotilgan xususiyatlarni tiklash uchun avtomobillarning agregat va qismlarini ta'mirlash talab etiladi.Krivoship-shatunli mexanizm(KSHM)ning asosiy buzuqliklariga porshen halqalarining sinishi, silindrlar oyna sirtini uyulishi, porshenlarning silindr ichida qotib qolishi, podshipniklarning (vkladishlarni) erib ketishi, blok silindrlar va silindrlar kallagining yorilishi yoki darz paydo bo`lishi taalluqlidir.KSHMning asosiy nosozliklariga silindrlarning, porshen halqalari, ariqchalari, porshen bobishkasi devori va teshigining yeyilishi, shatun kallagi vtulkasining, tirsakli val bo`yinlarining va vkladishlarining yeyilishi, halqalarning kokslanishi, porshen tubini qurum bosishi, silindrlar oyna sirtining chizilishi taalluqlidir. Tirsakli valning o'q bo'yicha siljishini sozlash ishlari ko'p dvigatellarda tayanch shaybalarini tanlash yo'li bilan amalga oshiriladi. ZMZ-53 dvigatellarida orqa tayanch shaybasi va tirsakli val orasidagi tirqish 0,075¼0,175 mm, ZIL-130 dvigatellarida esa 0,075¼0,245 mm ni tashkil etadi. VAZ dvigatellarida esa, siljish (0,08¼0,23 mm) yarim shaybalar yordamida sozlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida o'q bo'yicha siljish kattalashib boradi, shuning uchun JT da shayba va yarim shaybalarning qalinrog'i, ya'ni keyingi ta'mirlash o'lchamdagisi qo'yiladi. Hozirgi vaqtda ko'pgina ATK va TXKS larda maxsus ustaxonalar bo'lib, u yerda tirsakli va gaz taqsimlovchi vallar ta'mirlanadi. Tirsakli valning yeyilgan tayanch va shatun o'rnatuvchi bo'yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo'yinlari silliqlash jihozlari yordamida ta'mirlash o'lchamlariga keltiriladi. Silliqlashdan so'ng tirsakli va gaz taqsimlash valining bo'yinlari abraziv lentasi yoki GOI pastasi yordamida tozalanadi. Gaz taqsimlash valining yeyilgan mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov beriladi.Mаshinаlаrgа tехnik хizmаt ko‘rsаtish, ulаrning qisim va detallarini qayta tiklash orqali tа’mirlаsh mахsus jihоzlаngаn ko‘chma yoki turg‘un ustaхоnаlаrda amalga oshiriladi. Bu ustaхоnаlаr zаrur jihоzlаr vа ehtiyot qismlаr bilаn tа’minlаngаn bo‘lib, ishchilаrni ishlаshi uchun bаrchа shаrоitlаr (binо vа qo‘chmа ustахоnаni isitish, sоvutish vа yoritish tizimlаri, yuvinish vа оvqаtlаnish хоnаlаri) yarаtilgаn bo‘lаdi.
Gaz taqsimlash mexanizmining (GTM) buzuqliklari va nosozliklari, ularning belgilari. GTM ning harakterli buzilishlariga klapanlar prujinalarining sinishi va bikrligining kamayishi, taqsimlash vali shesternalari tishlarining sinishi, klapanlarning kuyishi kiradi.GTM ning asosiy nosozliklariga turtkilar va ularning yo`naltiruvchi vtulkalarining, klapanlar tarelkasining va ularning uyalarini, taqsimlash vali shesternalarini, mushtchalari va tayanch bo`yinlarining yeyilishi hamda klapanlaro`zaklari va koromislo (turtki) orasidagi issiqlik tirqishining buzilishi kiradi.GTM buzuqliklar va nosozliklarining belgilari dvigateldagi taqillash, karbyuratordan alanga va ovoz so`ndirgichdan taqillashning paydo bo`lishidir.KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish dvigatelga TXK ning bir qismi bo`lib, tekshirish, mahkamlash joylarini tortish, dvigatelni diagnostikalash, sozlash va moylash ishlarini o`z ichiga oladi. Qotirish ishlari dvigatelning hamma birikmalari holatining qotirilganligini tekshirish uchun o`tkaziladi: dvigatel tayanchini ramaga, silindrlar kallagini va poddon karterni blokka, kirish va chiqish quvurlari flanetsi va boshqa birikmalar. Gazlar va sovutish suyuqligi silindrlar kallagi qistirmasidan sizib chiqishini oldini olish uchun tekshiriladi va lozim bo`lganda uni blokka ma`lum moment bilan(«X») xoch usulida qotiriladi. Buni dinamometrik kalit yordamida amalga oshiriladi. Gaykalarni qotirish momenti va ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan o`rnatilgan. CHo`yanli silindrlar kallagini qizitib, alyuminiy qorishmali silindrlar kallagini sovuq holatda qotiriladi. Poddon karter boltlari qotirilganligini tekshirishda deformatsiyalanish va germetikligini buzilishini oldini olish uchun ma`lum ketma-ketlikda diametral joylashgan boltlar bo`yicha qotiriladi. Avtotransport korxonalarida KSHM va GTM ning texnik holatini diagnostikalash karterga o`tib ketayotgan gazlar miqdori, siqish takti oxiridagi bosim va silindrlardan siqilgan havoning chiqib ketishi bo`yicha amalga oshiriladi.Dvigatel karteriga porshen halqasi va silindr orasidan o`tib ketayotgan gazlar miqdorini gazli sarf o`lchagich yordamida aniqlanadi. Bunda moy shchupi o`rni teshigi va karterni shamollatish tizimi gaz chiqaruvchi quvuri rezinali tiqin yordamida berkitilib dvigatel karteri zichlanadi. O`lchovlar dinamometrik stendda to`la yuklamada va tirsakli valning eng katta aylanishlar chastotasida o`tkaziladi. Yangi dvigatellar uchun karterga o`tib ketayotgan gazlar miqdori dvigatelning modeliga qarab 16-28 l/min nitashkil etadi. Bu usulning oddiyligiga qaramay amalda qo`llash bir qator qiyinchiliklar tug`diradi, bular to`la yuklama berish lozimligi va o`tib ketayotgan gazlarning doimiy emasligiga bog`liq.
KSHM va GTM ni diagnostikalashni ko’pincha siqish taktiningoxiridagi bosimning kompressometr yordamida o`lchash bilan o`tkaziladi, bu germetiklik ko’rsatkichi bo`lib xizmat qiladi va silindrlar, porshenlar halqasi bilan klapanlar holatini tavsiflaydi.KSHM va GTM ni diagnostikalashning zamonaviy usullaridan birisilindrlar ichiga yondirish shami teshigi orqali majburiy yuborilgan siqilgan havoni sizib chiqib ketishini maxsus asboblar yordamida o`lchashdir.Stetoskop yordamida KSHM va GTM birikmalaridagi tirqishlarning buzilishi natijasida kelib chiqadigan shovqin va taqillashlarini eshitib ham dvigatelni diagnostikalash mumkin. Lekin buning uchun katta amaliy malakaga ega bo`lish lozim. Sozlash ishlari diagnostikalashdan so`ng o`tkaziladi. Klapanlarda taqillash paydo bo`lganda va 2-TXK da klapanlar o`zagi va koromislo orasidagi issiqlik tirqishi sozlanadi. ZMZ-53 dvigatelidagi issiqlik tirqishini sozlashda birinchi silindr porshenini siqish taktida yuqori chetki nuqtaga (YUCHN) o`rnatiladi, buning uchun yondirish shamining silindrlar kallagidagi teshikni tiqin bilan zichlab yopiladi va tirsakli valni dasta yordamida toki tiqin otilgunicha aylantiriladi. Tiqin otilgandan so`ng shkivdagi kesik va taqsimlagich shesternasi qopqog`iga o`rnatilgan tishli ko’rsatkichning o`rtasi bilan mos tushishi lozim. Bu holatda birinchi silindrning klapanlar o`zagi va koromislo o`rtasidagi tirqish sozlanadi.Qolgan klapanlarning issiqlik tirqishlarini silindrdan silindrga o`tishda tirsakli valni 90 gradusga aylantirib silindrlarning ishlash tartibi bo`yicha sozlanadi. KSHM va GTM ni joriy ta`mirlashda gilzalarni, porshenlarni, porshen halqalarini, porshen barmoqlarini, shatun va o`zak podshipniklar vkladishlarini, klapanlar va ularni o`tirish uyalarini va prujinalarni, turtkilarni almashtirish hamda klapanlar va ularni o`tirish uyalarini birga jilvirlash (pritirka) ishlari bajariladi.Silindrlar bloki gilzasining yeyilishi ruxsat etilgan chegaradan ko’payib ketsa, singanda, yorilganda va ichki sirti o’yilganda hamda yuqori va pastki o`tirish belbog`lari yeyilganda almashtiriladi. Gilzani blokdan ajratib olish juda mushkul. SHuning uchun ularni maxsus ajratib olgich yordamida olish maqsadga muvofiq. Bunda ajratib olgichni ushlagichlari gilzani pastki toretsiga ilintiriladi. Gilzani olishda boshqa usullardan foydalanish ruxsat etilmaydi, chunki bu gilzani blokdagi o`tirish uyalarini va gilzaning o`zini shikastlashi mumkin.Yangi gilzani presslashdan oldin blok silindrlari bo`yicha ularni shunday tanlash kerakki, uni yuqoridagi toretsi blok kallagi bilan ulangan tekislikdan chiqib turishi ta`minlansin. Buning uchun gilzani zichlashtiruvchi halqasizblok silindrlariga o`rnatiladi, blok silindrlari usti tekshirish plitasi bilan yopiladi va shchup yordamida tekshirish plitasi va silindrlar bloki o`rtasidagi tirqish o`lchanadi. Silindrlar blokiga o`rnatilgan zichlagichsiz o`rnatilgan gilza erkin aylanishi lozim. Gilzalarni silindrga to`la o`rnatishdan oldin silindrlar blokidagi o`tirish uyalari holati obdon tekshiriladi.
|
| |