|
Mundarija Kirish Dvigatelning gaz taqsimlanishi mexanizmiga servis xizmat korsatish
|
bet | 7/7 | Sana | 24.06.2024 | Hajmi | 235,82 Kb. | | #265527 |
Bog'liq diplom ishGaz taqsimlash fazalari Rezinali zichlagichlar o`rnatilgan gilzalar silidrlar blokiga press yordamida presslanadi. Bu operatsiyani maxsus moslama yordamida ham amalga oshirish mumkin. Zichlagich rezinalarini kiydirishda ularni qattiq cho`zish hamda gilzalarni silindrlr bloki ichida aylanishi ruxsat etilmaydi.Porshenni almashtirish. Porshenlar etak qismida uyulish paydo bo`lganda, porshen tubining va yuqoridagi kompression halqa sirtining kuyishi, porshen halqasi ariqchasining yeyilishi ruxsat etilganidan ko’payganda ular almashtiriladi. Porshen, dvigatelni avtomobildan yechmay almashtiriladi: poddon karterdan moy to`kiladi, blok kallagi va poddon karter yechib olinadi, shatun boltlarining shplinti olinadi va bo`shatib olinadi, shatun pastki kallagi olinadi va shikastlangan porshen shatun va porshen halqalari bilan birgalikda yuqoriga sug`urib olinadi, so`ngporshen bobishkasi teshigidan stopor halqasi olinib press yordamida porshen barmog`i olinib shatundan porshen ajratib olinadi. Lozim bo`lganda shu press yordamida shatunni yuqori kallagidagi bronzali vtulka chiqarib olinadi.Porshenlarni almashtirishdan oldin, ularni silindr bo`yicha tanlash lozim. Buning uchun porshenni shunday tanlash lozimki, uning ta`mir guruhi gilzaning (silindr) ta`mir guruhiga mos tushishi va silindrga tushirilgan porshenni lenta-shchup yordamida o`lchanishi kerak. Buning uchun porshenning kallagini pastga qaratib gilza ichiga tushiriladi, bunda porshen etagi cheti gilza tortsasi bilan tushishi, gilza va porshen orasidagi lenta-shchup esa porshen barmog`i o`qiga perpendikulyar tekislikda bo`lishi lozim. So`ng dinamometr bilan lenta-shchup tortiladi va tortish kuchi o`lchanadi. Bunda tortish kuchi ruxsat etilgan chegarada bo`lishi lozim. Avtomobildan yechib olingan dvigatellarda porshenlarni silindrlar bo`yicha tanlash xuddi yuqoridagiday amalga oshiriladi. Avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavodlarda dvigatellarni yig`ishda ham porshenlar xuddi shunday tanlanadi. Porshenlarni silindrlar bo`yicha tanlashdan tashqari ularni massasi bo`yicha ham tanlanadi. Bitta dvigatelga o`rnatilayotgan eng og`ir va eng yengil porshenlar massasidagi farq yengil avtomobillarida 8 g dan, yuk avtomobillarida 10 g dan ko’pga farq qilmasligi lozim. Bitta dvigatelga o`rnatilayotgan shatunlar ham massasi bo`yicha yengil avtomobillarda 8 g dan, yuk avtomobillarida esa 10 g dan ko’pga farq qilmasligi lozim. SHatun, porshen, porshen halqalari va barmog`i bilan birgalikda bir-biridan yengil avtomobillarda 15 g dan yuk avtomobillarida 20 g dan ko’pga farq qilmasligi lozim.Porshen barmoqlari porshen va shatunga ularga surtilgan bo`yoq rangi bo`yicha tanlanadi. Silindr porshen guruhini to`la almashtirishda tanlash muammosi tug`ilmaydi, chunki ular ehtiyot qismlar sifatida porshen, porshen barmog`i, porshen halqalari oldindan tanlangan bo`ladi. SHuning uchun shatun porshen guruhini yig`ishda detallarni markirovkasi bo`yicha tanlanganligiga ishonch hosil qilish va porshen gilza orasidagi tirqishni lenta-shchup yordamida tekshirish lozim. Lenta-shchup bo`lmaganda quyidagi usul bilan tanlash mumkin.VAZ avtomobillarida porshen barmoqlari porshen va shatunga shunday tanlab olinadiki, xona harorati motor moyi bilan moylangan porshen barmog`i porshen teshigiga bosh barmoq kuchi yordamida kirishi va o`z og`irligi bilan porshen teshigidan tushib ketmasligi lozim hamda shatunning yuqori kallagiga shatun 2400C qizdirilib natyag bilan kirishi lozim. Qolgan dvigatellarda shatunning yuqori kallagiga bosh barmoq kuchi bilan kirishi va porshen teshigiga esa 60-800C li moyda qizdirilib kiritiladi. Porshenni shatun bilan ulashdan oldin shatun kallaklarining paralleligini tekshirish lozim. Buni indikator kallakli moslamada amalga oshiriladi. Shatunni ruxsat etilgan chegaradan ko’proqga deformatsiyalanmasa ular to`g`rilanadi. So`ng porshen moyli vannaga joylashtirilib 60-850Cgacha qizdiriladi va porshen barmog`i opravka yordamida porshen bobishkasi teshigiga va shatunning yuqori kallagiga presslab kiritiladi. Presslashdan so`ng bobishka ariqchasiga stopor halqasi qo`yiladi.Shatunning yuqori kallagi vtulkasini, porshen barmog`ini hamda porshen halqalarini almashtirish ham yuqorida ko’rsatilganidek amalga oshiriladi. Nosoz vtulkalar press yordamida shatunning yuqori kallagidan chiqariladi va yangisi presslab kiritiladi. So`ng vtulkalar gorizontal-yo`nish dastgohida yo`niladi yoki razvyortka yordamida ishlov beriladi. Vtulkani ichki sirti toza, chizilmagan, g`adir-budirligi Ra=0,63 mkm, ovalliligi va konusliligi 0,004 mm dan oshmasligi lozim. Porshen va shatunni yig`ma holda silindrga o`rnatishdan oldin porshen ariqchalariga porshen halqalari komplekti kiydiriladi. Porshen halqalari mos silindrga o`rnatilganda porshen halqasi qulfidagi tirqish o`lchovi bo`yicha tanlanadi, porshenga esa porshen ariqchasi va halqasi orasidagi tirqish bo`yicha tanlanadi. Porshen halqalari tanlangandan so`ng maxsus moslama yordamida porshen ariqchalariga, porshenlar halqalari bilan maxsus opravka yoki lentali qurilma yordamida silindrga o`rnatiladi. Porshen halqalari qulflari aylana bo`yicha bir-biridan bir xil masofada yotishi lozim. Kompression halqalarning faskasi yuqoriga qaragan bo`lishi lozim. Porshen halqalari porshen ariqchalarida erkin aylanishi lozim. Porshen halqalarini porshenga qo`yishdan oldin dvigatelda ishlagan qurum bosgan porshen ariqchalari maxsus moslama yordamida tozalanadi. Mashinaning hayotiy (ishlash) sikli - mashinani yaratish imkoniyatini tadqiq qilishdan boshlab, ishlab chiqarish jarayonigacha va iste’moldan chiqarishgacha bo‘lgan to‘plam bo‘lib, tadqiqot va loyihalashtirish bosqichlari, tayyorlash, muomalada bolishi, ishlatish, ro‘yxatdan chiqarish va chiqindiga chiqarish (utilizatsiya) ham kiradi. Mashinaning bajarilishi - asos (bazaviy) mashinaning agregatlaridan foydalanish asosidagi konstruksiyaning amalga oshirilishi natijasida mashinaning konstruktiv yechimi va ba’zi parametrlari o‘zgaradi. Mashinadan foydalanish - mashinaning ish unumdorligi bo‘yicha yuklanish xarakteristkasi va uning ishlashini vaqt bo'yicha moto- va mashina soatda ifodalovchi ko‘rsatkichidir. M ashinadan foydalanish darajasi kalendar va ichki smena vaqti, smenadoshlikdan foydalanish koeffitsiyentlari yordamida foizda baholanadi. Qurilish mashinalarining sifati - ularning vazifalariga mos ravishda qurilish talablarini qondirishga yaroqlilikini izohlovchi xususiyatlari to‘plamidir. Mashinaning sifat darajasi texnik darajasini baholash, to‘plamini tayyorlash sifatini va foydalanish sifati darajasini xarakterlaydi. Greyderlar va avtogreyderlar yo‘llarning tuproqli polotnolarini qiyalab tekislash (profillash)ga va pardozlashga, yon rezervlardan uncha baland bo‘lmagan ko‘tarmalar va dambalar hosil qilishga, chuqur bo‘lmagan kanallar qazish hamda ularni qiyalab tekislashga, qiyaliklarda terrasalar qurishga, grunt va qurilish materiallarini yoyib tekislash hamda surishga, qattiq gruntlarni yumshatishga, shuningdek, yoMlar va qurilish maydonlarini qordan tozalashga mo‘ljallangan. Greyderlar gusenitsali traktorlarga tirkab ishlatiladigan mashinalardir. Qanday traktorga tirkalishiga ko‘ra Greyderlar ikki tipga klassifikatsiyalanadi: tortish klassi 30-40 kN va tezligi 2-4 km/soat bo‘lgan traktorlar bilan ishlatishga mo‘ljallangan yengil Greyderlar; tortish klassi 100-150 kN va tezligi 2-3,5 km/soat bo‘lgan traktorlar bilan ishlatishga moljallangan og‘ir Greyderlar. Mashinaning o‘qlari orasida joylashgan ag‘dargich greyderning ish organi bo‘lib, u mashinaning bo'ylama o‘qiga nisbatan turli vaziyatlarni egallashi mumkin. Ag‘dargichni chiqarish mexanizmi ko'tarish va tushirish mexanizmi bilan birgalikda ag'dargichni asosiy ramadan tashqariga chiqarishga hamda uni kerakli vaziyatga quyishga imkon beradi. Asosiy ramani bir tomonga chiqarish mexanizmi-greyder ramasini ketingi ko‘prikning markazidan chap yoki o‘ng g‘ildirak tomonga siljitish uchun ishlatiladi: ramaning greyderning bo’ylama o'qidan eng katta siljishi 350 mm ni tashkil etadi. Mexanizmni boshqarish dastasi greyderning orqasida joylashgan. Greyder to'xtagandan keyingina ramani siljitish mumkin. Old g‘ildiraklarni og‘dirish mexanizmi ularning og'ishini rostlash uchun ishlatiladi va kardanli uzatma, transmissiya vali, boshqarish qutisi hamda g‘ildiraklarni o'z ichiga oladi. Old g‘ildiraklar greyder mashinisti turadigan maydonchada shturvalni qo‘lda aylantirish yo‘li bilan og‘diriladi. Har 15000 kilometrdan keyineksantrik mili qo'zg'aysan kamarining kuchlanish darajasi va holatini tekshirish va kerak bo'lganda uni tortib olish kerak. Agar kamarda turli xil burmalar, yoriqlar, delaminatsiyalar, yog'lar, shuningdek parchalanish aniqlansa, u holda dvigatel ishlayotganda bunday kamar yirtilib ketishi mumkin va uni shu vaqtgacha almashtirish kerak. Yog ' tushganda, kamar avval benzin bilan namlangan latta bilan yaxshilab artib olinadi. Har 30 000 km yugurishdan so'ng, agar kerak bo'lsa, klapanlarning issiqlik bo'shlig'i miqdorini tekshirish va sozlash kerak. Agar kerak bo'lsa (tez-tez metall taqillatish paydo bo'lganda), valfning issiqlik bo'shlig'i qiymatini tekshirish va sozlash 30 000 km dan oldin amalga oshiriladi. Bundan tashqari, har 60 000 km masofada eksantrik mili qo'zg'aysan kamarini va moyni aks ettiruvchi qopqoqlarni almashtirish kerak.Gaz taqsimlash mehanizmi silindrga so’rish taktida yonuvchi aralashma (karbyuratorli va gazli dvigatellarda) yoki havo (dizellarda) kiritish, siqish va ish taktlarida esa silindrni tashqi muhitdan cheklab qo’yish hamda chiqarish taktida ishlatilgan gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellariga asosan klapanli gaz taqsimlash mexanizmi o’rnatiladi. To’rt taktli avtomobil dvigatellarida klapanlari pastda (silindr blokining yon tomonida) yoki yoqorida (silindr kallagida) joylashgan gaz taqsimlash mexanizm turlari ishlatiladi. Klapanlari pastda joylashgan gaz taqsimlash mexanizmining asosiy konstruktiv xususiyatlari silindrlar blokida joylashganligidadir. Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmida esa klapanlar silindrlar kallagida bo’ladi. Yonuvchi aralashma yokihavoni silindrga uzatib beruvchi klapanlar kirituvchi, ishlatilgan gazlarni silindrdan tashqariga chiqaruvchilari esa chiqaruvchi klapanlar deyiladi. Har bir silindrda asosan, bitta kiritish va bita chiqarish klapani bo’lib, taqsimlash valining mushtchalari soni shu klapanlarsoniga teng bo’ladi. Masalan, to’rt silindrli dvigatelda 8 ta, olti silindrli dvigatelda esa 12 ta klapan bor. To’rt taktli dvigatelning ish tsikli davomida uning tirsakli vali ikki marta aylanganda har bir klapan bir martadan ochilishi lozim. Demak, tirsakli val ikki marta aylanganda dvigatelning taqsimlash vali bir marta aylanar ekan. Shuning uchun ular orasidagi uzatmalar soni 1G’2 ga teng. Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi:
Foydalaniladigan jadabiyotlar:
1. M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbly etika va etiket», uslubiy qo'llanma,
T.,2006.
I. A. Karimov «Istiqlol va ma'naviyat» T.,1994.
I. A. Karimov «O'zbekiston buyuk kelajak sari» T.,1998.
N. E. Muhammadiyev «Kasb etikasi va estetik madaniyati»-Toshkent, 1998 y.
5. M. Abdulayev, E. Xakimor edente Vetkur-Namangan, 1998.
Abdulla SHer «Axloqshunoslik» Ma'ruzalar matni, Toshkent, 2000
V.G. Fedsov «Kultura servisa» Uchebno-prakticheskoye posobiye - M., «PRIOR», 2001.
A.A. Avloniy «Turkiy guliston yohud ahloq», T. 1992.
Y. Y. Petrunin, V.K. Borisov «Etika biznesa» M., «Delo»,2000.
10. S. S. Gulomov «Tadbinkorlik va kichik biznes» - T., «Shark», 2002.
|
| |