II bob. Sul’fat kislota ishlab chiqarish mavzusini elektron darslik asosida o’tish




Download 484,54 Kb.
bet17/23
Sana18.01.2024
Hajmi484,54 Kb.
#140085
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
II bob. Sul’fat kislota ishlab chiqarish mavzusini elektron darslik asosida o’tish
Kimyo fanidan elektron darslik universitet, institut, akademik litseylarning talabalari uchun o’qiladigan ma’ruza mashg’ulotlarini avtomatlashtirish maqsadida yaratiladi [27]. Mashg’ulot jarayonida mavzular elektron tablo yoki proyektor yordamida ekranga namoyish qilinishi mumkin va har bir talaba alohida kompyuterni boshqarishi orqali elektron kitobdan foydalanishi ham katta samara beradi. Bundan tashqari, talaba yaratiladigan elektron kitob orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin:

  • Kimyoviy formulalar, sxemalarning tuzilishini, tasvirini animatsion ko’rish;

  • Zaruriy ma’ruzani reja asosida tezda izlash (oddiy darslikda buni topish qiyin);

  • Matnning zaruriy lavhalarini printer orqali bosmadan chiqarish;

  • Mavzuga tegishli reakstiya tenglamalarini tajribalar orqali animastion ko’rish;

  • Ma’ruzada olgan bilimini mustahkamlash va tez tekshirish (test, masalalarni yechishi, jadvalni to’ldirish kabi);

  • Kitob va darslikda bo’lmagan audio, video ko’rinishlarni: tajribalarda sodir bo’ladigan xodisalarni – gazning ajralishi, moddalarning yonishini, cho’kmaning rangi, uning erishini videoda jonli ovoz, rangli tasvir, musiqa yordamida harakat elementlarini ko’rish va eshitish;

  • Kimyo soxasida izlanishlar olib borgan olimlar bilan tanishishi ularni ko’rishi, hamda ular haqida ma’lumotlar olish;

  • Kimyo sohasidagi muhim sanalarni bilishga muyassar bo’ladilar.

Elektron kitob orqali talabalar ma’ruzada olgan bilimlarini sinab ko’rish imkoniga ega bo’ladilar [5]. Elektron kitobning amaliy ahamiyati shundaki, talaba xoxlagan paytda tajribalarni ko’rishi, hoxlagan mavzuni o’qib, eshitib, o’rganishi mumkin. Talaba har bir mavzu bo’yicha olgan bilimini test sinovida sinab ko’radi va bergan javobi avtomatik ravishda baholanib boriladi. O’qituvchi reyting tizimi asosida nazoratlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Masalan mavzusini o‟tish uchun dasturda 4 soat ajratilgan bo‟lib o‟qituvchi bu mavzuni o‟tishda elektron darslikdan foydalansa maqsadga muvofiq bo‟ladi.
Elektron darslik ochilgandan so‟ng har bir mavzular chap tomonda keltirilgan. Mavzuga kirishdan so‟ng, kitobning yuqori qismida quyidagi rejalar keltirilgan:

Download 484,54 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Download 484,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. Sul’fat kislota ishlab chiqarish mavzusini elektron darslik asosida o’tish

Download 484,54 Kb.