Davlat yong‘indan saqlash xizmatining bino va inshoatlarida




Download 15.25 Mb.
bet6/13
Sana12.12.2022
Hajmi15.25 Mb.
#34234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat yong‘indan saqlash xizmatining strukturasi
Oraliq baho. Ishonchlilik ehtimoli va ishonchlilik oralig i ta r, 1.Kirish. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
1.4.Davlat yong‘indan saqlash xizmatining bino va inshoatlarida
yong‘in xafvsizligini ta’minlash.
Bino va undagi qurilmalarning o‘tga chidamliligi deb, yong‘in sodir bo‘lganda ularning yuqori harorat ta’siriga bardosh bera olishi va yuk ko‘tarish xususiyatlarini uzoqroq muddatga saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Bino va inshootlarlarning yong‘in xavfsizligi ko‘pchilik hollarda ulardagi qurilmalarni olovda yonmasligi va o‘tga chidamliligi bilan ta’minlanadi. Inshoot qurilmalarining o‘tga chidamliligi, ularning eng asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi, bu ko‘rsatkich maxsus me’yorlardan biri KMK 2.01.02-85 bilan meyyorlanadi.Bu meyyorga binoan bino, inshootlar va ulardagi yong‘inga qarshi devorlar bilan o‘ralgan qismlari, 5 xildagi (I, II, III, IV I V) o‘tga chidamlilik darajalarga bo‘lingan. Binolarni o‘tga chidamlilik darajasi ularning quyidagi qurilmalari bo‘yicha aniqlanadi: ya’ni devorlar (yuk ko‘taruvchi ichki va tashqi, zinaxona va evakuatsiya yo‘llarini o‘rab olgan devorlar); ustunlar; zinaxona elementlari; tomyopg‘ich plitalar va barcha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa qurilmalar.
I darajali o‘tga chidamli binolarga, yuk ko‘taruvchi devorlari temirbeton, beton, tabiiy va sun’iy toshlardan va boshqa, olovda yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi.
II darajali o‘tga chidamli inshootlarga ham birinchi toifadagi bino va inshootlar kiradi, faqat farqi shundaki, bularning tomini yopishda himoyalanmagan metal qurilmalar ishlatilishiga ruxsat etiladi.
III darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko‘taruvchi devorlari temirbeton, beton, tabiiy va sun’iy tosh ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi. Bularda tomyopg‘ich qurilmalarini qiyin yonadigan ashyolardan shuvoq, metal tunukalar yoki azbest plitkalar bilan himoyalash ruxsat etiladi.
IV darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko‘taruvchi devorlari va tomyopg‘ich qurilmalari yaxlit yoki kleylangan yog‘ochlardan va yonadigan yoki yonmaydigan ashyolardan qurilib, shuvoq yoki azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi.
V darajali o‘tga chidamli inshootlarga devorlari va boshqa qurilmalariga o‘tga chidamlilik bo‘yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar kiradi. Qurilmalarni yong‘in sharoitida issiqlik ta’siridan yuk ko‘tarish yoki to‘sib turish qobiliyatini yuqolishiga sabab bo‘luvchi dastlabki buzulishgacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga, ularni o‘tga chidamlilik chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o‘lchanib, qurilmalarni sinov boshlangan daqiqadan to quyidagi buzilish belgilarining birortasini paydo bo‘lganiga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi:-qurilmada alanga yoki tutun o‘taoladigan teshikni paydo bo‘lishi; -qurilmani yonmay turgan sirtida harorati 160oC ga ko‘tarilsa, yoki uning boshqa ixtiyoriy nuqtasidagi harorat 220oC dan oshib ketsa;-qurilmaning biror qismi qulab tushishi natijasida yuk ko‘tarish qobiliyati kamayib qolganda va hakozo.
Qurilmalarni o‘tga chidamlilik chegarasi tajriba usuli bilan yoki analitik xisoblashyo‘li bilan aniqlanadi. Bu usullarning asosiy shart va qoidalari Xalqaro mezonlashtirish tashkilotining tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78 “Yong‘inga qarshi qurilishni loyihalashtirish me’yorlari” da aks ettirilgan.Tajriba usuliga binoan qurilmalarni haqiqiy o‘lchamda namunasi tayyorlanib, maxsus pechlarda oldin isitiladi, keyin ularni ishlatilish joyidagi meyyoriy yuklar yig‘indisiga mos keladigan holatda yuklantiriladi va sinov boshlanishidan to uning sirtida o‘tga chidamlilik chegarasini anglatuvchi belgilaridan birortasi paydo bo‘lganiga qadar vaqt oralig‘i aniqlanadi.Bino va inshootlarni asosiy qurilmalarining talab etiladigan minimal o‘tga chidamlilik chegarasi, ularning o‘tga chidamlilik darajasiga nisbatan quyidagi 1-jadvalda berilgan qiymatlar bilan me’yorlanadi. Sinov kamerasidagi haroratning o‘zgarishi 10% dan oshmagan holda 30 min davomida ruxsat etilishi mumkin, boshqa vaqtlarda 5% dan oshmasligi lozim.Qurilmalarning binoda joylashgan o‘rniga qarab, sinov kamerasida ularga olovni ta’sirini har xil ta’minlanadi. Jumladan to‘sinlarga to‘rt tomondan, shopul va fermalarga uch tomondan, tomyopg‘ich plitalar, devor va eshik qurilmalariga esa bir tomonlama olov bilan ta’sir etish orqali sinaladi.


Download 15.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 15.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat yong‘indan saqlash xizmatining bino va inshoatlarida

Download 15.25 Mb.