-rasm. Yong‘in muhofazasini tashkil etish 1.2.Yong‘indan saqlanish xizmati to‘g‘risida qabul qilingan davlat qonun qoidalari




Download 15.25 Mb.
bet3/13
Sana12.12.2022
Hajmi15.25 Mb.
#34234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat yong‘indan saqlash xizmatining strukturasi
Oraliq baho. Ishonchlilik ehtimoli va ishonchlilik oralig i ta r, 1.Kirish. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
1 -rasm. Yong‘in muhofazasini tashkil etish
1.2.Yong‘indan saqlanish xizmati to‘g‘risida qabul qilingan davlat qonun qoidalari.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yong‘in — odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish;yong‘in o‘chirish yenglari — bu egiluvchan quvur o‘tkazgichi bo‘lib, bir-biri bilan ulanib, yong‘in joyiga o‘chirish vositalarini yetkazib berish uchun xizmat qiladigan moslama (maxsus shlang);yong‘in o‘chirish texnikasi — yong‘inni o‘chirish, tarqalishini to‘xtatish, bartaraf qilish, odamlar va ularning mol-mulklarini yong‘indan himoya qilish uchun ishlatiladigan texnik vositalar;yong‘in o‘chirish uchastkasi — yong‘in o‘chirishni bajarish uchun kuch va vositalar yig‘ilgan joy;yong‘in o‘chirish ekipaji — odamlar va ularning mol-mulklarini yong‘indan qutqarishda hamda yong‘inni o‘chirishda alohida topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish vazifasi yuklatilgan birlamchi taktik bo‘linma;yong‘in holatini aniqlash — yong‘indagi vaziyat haqida ma’lumot to‘plash hamda hal qiluvchi yo‘nalishni aniqlab, harakatni to‘g‘ri tashkil qilish;yong‘inni bartaraf qilish — yong‘inni batamom o‘chirib uning qayta yonish imkoniyatini tugatish;tezkorlik shtabi — yong‘inda kuch va vositalarni boshqarish uchun vaqtincha tuzilgan tuzilma.
2.Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘inni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta’minlanadi.
3.Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi.
II bob. Yong‘in o‘chirilishini tashkil etish
Yong‘inlarni o‘chirishda quyidagi kuchlar va vositalardan foydalaniladi:
Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va uning quyi tizimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi ta’lim va o‘quv muassasalarining shaxsiy tarkiblari.(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 440-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2119-1, 16.09.2019-y.) tahririda -Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/2119-1/3753-son)
idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari;
harbiy bo‘linmalarning shaxsiy tarkiblari;
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining farmoyishlariga asosan tashkilotlarning texnik vositalari;
yong‘in o‘chirish texnikasi;
suv sepish va yong‘inni o‘chirishga moslashtirilgan texnikalar;aloqa, yoritish va transport vositalari.
Yong‘in o‘chirish avtomobillari asosiy, maxsus va yordamchi avtomobillarga bo‘linadi.Asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillariga yong‘in joyiga yong‘in o‘chiruvchi moddalarni (suv, ko‘pik, kukun, gaz va boshqalar) uzatuvchi avtomobillar kiradi.Asosiy yong‘in o‘chirish avtomobillari umumiy qo‘llaniladigan (aholi punktlarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun) va maqsadli qo‘llaniladigan (neft omborlari, kimyo sanoati, aeroport va boshqa joylarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun) avtomobil turlariga bo‘linadi.
8. Maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillariga yong‘inda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, ya’ni shaxsiy tarkibni yuqoriga ko‘tarish, aloqa va yoritishni ta’minlash, qurilmalarni ochish, ajratish, tutunga qarshi kurash, mol-mulklarni himoya qilish, kuchlar va vositalarni boshqarish hamda yong‘inni o‘chirish vaqtida foydalaniladigan boshqa texnikalar kiradi.
9. Yordamchi yong‘in o‘chirish avtomobillariga yonilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish, suv tashish uchun mo‘ljallangan avtomobillar, yuk tashish avtomobillari, avtobuslar, traktorlar hamda yong‘in-qutqaruv qismlari hisobiga kiritilgan yordamchi ish bajaruvchi boshqa avtomobillar kiradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 440-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2119-1, 16.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/2119-1/3753-son)
10. Yong‘inni o‘chirish vaqtida aloqa radiotarmoq, telefon, ovoz kuchaytirgich moslamasi, so‘zlashish qurilmasi, karnay va boshqalar orqali ta’minlanadi.
11. Yong‘inni o‘chirishda yoritish ishlari yong‘in o‘chirish avtomobillarida olib borilgan moslama va qurilmalar yordamida ta’minlanadi.
12. Yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar olingach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari darhol yong‘in joyiga jo‘nab ketishi shart.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 440-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2119-1, 16.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/2119-1/3753-son)
13. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari chaqirilgan joyga qisqa vaqtda kelishlari kerak.
14. Yong‘in joyiga borilayotganda yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri Navbatchi dispetchyerlar xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda NDX deb yuritiladi) yoki qism tezkor boshqaruv guruhi dispetcherlik xizmati (bundan keyingi o‘rinlarda QTBG deb yuritiladi) bilan muntazam aloqada bo‘lishi shart.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 440-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2119-1, 16.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/2119-1/3753-son)
15. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘in joyiga borayotganda yong‘in bartaraf etilganligi yoki bartaraf etilmaganligi haqida ma’lumot olsalarda yong‘in joyiga yetib kelgan yong‘inni o‘chirish rahbarining qaytish haqidagi ko‘rsatmasi bo‘lmasa, yong‘in joyiga borishlari shart.
16. Yong‘in sodir bo‘lgan joyga borishda boshqa yong‘in uchrasa, yong‘in o‘chirish ekipajining bir qismini shu yong‘inni o‘chirishga ajratib, darhol NDX yoki QTBGga xabar qilinishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 30-avgustdagi 440-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2119-1, 16.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/2119-1/3753-son)
17. Agar yo‘l davomida bosh (birinchi) yong‘in o‘chirish avtomobillari ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtab qolsa, keyingi yong‘in o‘chirish avtomobillari ham to‘xtab, ushbu avtomobillarga rahbarlik qiladigan boshliqning ko‘rsatmasiga asosan harakat qiladilar.
18. Agar ikkinchi yoki keyingi yong‘in o‘chirish avtomobillari ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtasa, boshqa avtomobillar yong‘in sodir bo‘lgan joyga borishni davom ettiradilar.
19. Agar yong‘in o‘chirish avtomobillari ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtab qolsa, yong‘in o‘chirish ekipaji komandiri yong‘in sodir bo‘lgan joyga shaxsiy tarkib va yong‘in o‘chirish vositalarini belgilangan tartibda fuqarolarning transport vositalarida yoki piyoda olib boradi.
20. Yong‘in o‘chirish avtomobillari bilan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan hollarda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakat qiladi.


Download 15.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 15.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yong‘in muhofazasini tashkil etish 1.2.Yong‘indan saqlanish xizmati to‘g‘risida qabul qilingan davlat qonun qoidalari

Download 15.25 Mb.