• II-BOB. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysining strukturasi va uning tahlili.
  • III-BOB. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeyslarini loyihalash uslublari va yaratish texnologiyasi.
  • Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilova (Natija, izohlari bilan) KIRISH
  • Mundarija Kirish. I-bob. Axborot tizimlari interfeyslarini qo’llash va ularning ahamiyati




    Download 0.54 Mb.
    bet1/15
    Sana16.03.2024
    Hajmi0.54 Mb.
    #173800
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    farzon
    21,103 navbatchilik, 3 йиллик дастур

    Mundarija
    Kirish.
    I-BOB. Axborot tizimlari interfeyslarini qo’llash va ularning ahamiyati.
    1.1. Axborot tizimlari interfeyslari haqida umumiy tushunchalar.
    1.2. Axborot tizimlari interfeyslari vazifalari va qo‘llanish sohalari.
    1.3. Axborot tizimlari interfeyslari turlari va ularning imkoniyalari.
    1.4. Masalaning qo‘yilishi va uning dolzabligi.
    II-BOB. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysining strukturasi va uning tahlili.
    2.1. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tahlili.
    2.2.Axborot interfeysni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositaning imkoniyatlari.
    2.3. Dekanat ishini atomatlashtirish axborot interfeysining yaratish texnologiyasini ishlab chiqish.
    2.4. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeyslarini loyihalash bosqichlari va ularning tahlili.
    III-BOB. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeyslarini loyihalash uslublari va yaratish texnologiyasi.
    3.1. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeyslarini yaratish uchun ma’lumotlar bazasi strukturasini ishlab chiqish.
    3.2. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysi uchun shakl (forma) va so’rovlar (zapros) yaratish.
    3.3. Dekanat ishini avtomatlashtirish haqida ma’lumot beruvchi axborot interfeysi uchun hisobot yaratish.
    3.4. Yaratilgan ma’lumot beruvchi axborot interfeys dasturidan foydalanish yo‘riqnomasi.
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    Ilova (Natija, izohlari bilan)


    KIRISH


    Insoniyat o‘z rivojining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi ming yillikning boshlanishi bilan industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o‘tish boshlandi.Bu o‘tishni taminlovchi jarayon axborotlashtirish nomini oldi. Axborotlashtirish mehnat sifatini, yashash sharoitlarini tubdan o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan va jamiyatning barcha a’zolarini axborot bilan ta’minlash darajasini qo‘llab-quvvatlovchi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va umum qo‘llash jarayonidir. Axborotlashtirishning zarurati axborotning ro‘li va qiymatining keskin o‘sishi bilan izohlanadi. Axborot jamiyati axborotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va jamlash bo‘yicha inson faoliyatini o‘z ichiga olgan yuqori darajada rivojlangan axborot muhiti bilan tavsiflanadi. Informatika ilmiy yo‘nalish sifatida turli darajadagi mutaxassislarni tayyorlashda bir qator umum kasbiy va maxsus fanlar uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot muhiti inson faoliyatida material manbaga nisbatan yetakchi bo‘lib bormoqda.Axborot manbalari tijorat tavsifiga ega bo‘lmoqda va yangi axborot xizmati jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning hayotga tadbiq qilinishi foydalanuvchilar bilan bir qatorda ishlab chiquvchilar uchun ham tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda barcha o‘rganuvchilar uchun quyidagilar zarur: Axborot jarayonlari, tarkibi, modellari, negiz va amaliy axborot texnologiya vositalari va usullarini loyihalash va yaratish. Axborot texnologiyalari negizida tizimni boshqarish usullarini bilish. Turli fan sohalarida funksional masalalarni yechishda, hamda axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashda axborot texnologiyalarini qo‘llashni bilish. Axborot tizimlariningqo‘llanilish sohalari va axborot jamiyatiga O‘tish sharoitida uning kelajagi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Axborot tizimlarini yaratish sohasidagi bilimlar axborot madaniyatini shakllantirishda boshqa yo‘nalishlardagi mutaxassislar uchun ham zarurdir. Bunday bilim informatika sohasida malakali mutaxassislar mavjud bo‘lgandagina shakllanishi mumkin. Bunday mutaxassislarga bo‘lgan talab O‘zbekistonda ham, chet ellarda ham ortib bormoqda. Jamiyat tomonidan axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish sharoitining yaxshilanishini ta’minlashi lozim. Axborot jamiyati insoniyat rivojining navbatdagi bosqichidir. Bunda insoniyatning yashash muhiti axborot texnologiyalariga tayanadi. Hozirgi yoshlarga yangi asrda o‘qishga va ishlashga to‘g‘ri keladi. XXI asr oxirida insoniyat jamiyatining rivojlanish manbai deb tan olingan axborotsiz hech qanday ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Bugungi kunda insoniyat axborot texnologiyalari sohasida yuqori natijalarga erishdi. Bu kompyuterlar va kompyuter tizimlari, lokal va global tarmoqlar, Internet xalqaro tarmog‘i, multimedia texnologiyasi va boshqalardir. Informatika inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bordi. Oxirgi yillarda axborot keng talab qilinadigan va qimmat mahsulotga aylandi, «axborot xizmati» tushunchasi insoniyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olgan butun bir ishlab chiqarishni aniqladi. Mutaxassis-muhandis, huquqshunos, jurnalist, psixolog axborot oqimini qiyinchilik bilan boshqarmoqda. Mutaxassis yetarli darajada o‘z vazifalarini bajarishi uchun axborotga ishlov berishda qo‘llaniladigan anjom va usullar zarur. Xuddi shu masala axborotga ishlov berish bilan bog‘liq sohada ham ko‘zga tashlanmoqda: nazariy jihatdan inson har qanday axborotni kompyutersiz qayta ishlashi mumkin, ammo informatikada mavjud bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lsa, buni samaraliroq bajaradi. Axborot tizimi oliy o‘quv yurtlarining negiz predmetlaridan biri sifatida axborot madaniyatini o‘zlashtirish va axborot muhitida ma’lum bir darajada dunyoqarashning shakllanishi uchun xizmat qiladi. Yani, axborotni olish, ishlov berish va uzatish uchun kompyuter axborot tizimlari va unga mos texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan holda ishlay olish.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmoniga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
    -Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 2022-2023-yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda masofaviy xizmatlar eksporti markazlarini Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — IT-Park) talablariga mos ta’mirlangan va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlangan zamonaviy binolarga joylashtirsin.
    Yoshlar ishlari agentligi masofaviy xizmatlar eksporti markazlarini zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlasin.
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi masofaviy xizmatlar eksporti markazlariga muntazam ravishda chet el bozorlaridan buyurtmalarni jalb qilish va yoshlarni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rib borsin.
    -Aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yil 1-noyabrdan:
    mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;
    identifikatsiyalovchi ID-kartaga joylashtirilgan elektron raqamli imzo kalitlari orqali Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilsin.
    Bunda elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar “Elektron hukumat” tizimining yagona identifikatsiyalash axborot tizimi orqali identifikatsiya qilinadi.
    -Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining 2023-yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollari bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
    -2022-yil 1-oktabrdan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinsin.

    Menga berilgan kurs loyihamda “OTMda dekanat ishini avtomatlashtirilgan dasturiy ta`minoti uchun interfeysni loyihalash va ishlab chiqish” mavzusi berilgan. Berilgan topshiriqni amalga oshirish foydalanuvchiga dekanat ishlarini bajarishda qulaylik taqdim etadi. Bunda foydalanuvchi ma’lumotni so‘rovlar, formalar yordamida qulay va oson topa oladi. Ushbu kurs loyihamning asosiy maqsadi har doimo foydalanuvchiga qulay tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazishdan iboratdir.Ushbu kurs loyihamni yaratish mobaynida dekanat ishini avtomatlashtirishim ularni qulay va tushunarli qilishim kerak.





    Download 0.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija Kirish. I-bob. Axborot tizimlari interfeyslarini qo’llash va ularning ahamiyati

    Download 0.54 Mb.