II. BOB. BIOLOGIYA O’QITISHDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI LOYIHALASH




Download 39,88 Kb.
bet4/6
Sana17.05.2024
Hajmi39,88 Kb.
#240532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
botl.to\'liqmas.asila

II. BOB. BIOLOGIYA O’QITISHDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI LOYIHALASH
2.1. 8- sinf biologiyada "Qon aylanish sistemasi" mavzusini tushuntirishda didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalanish va ularni loyihalash.
XXI texnologiyalar asrida har bir sohada bo‘lgani kabi maktab ta‘lim tizimiga bir qancha pedogogik texnologiyalar, yangi-yangi pedagogik tushunchalar, dars jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlarni ta‘lim beruvchi tomonidan qo‘llanilib borilishi ta‘lim jarayonining tubdan o‘zgartirib yuborayotganini guvohi bo‘ldik. Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchilar uchun dars o‘tish jarayonida aktyor bo‘lishgina emas balki rejissiyor bo‘lish kerakligini anglab yetishi lozim. Buning uchun esa o‘qituvchilar ta‘lim berishda qo‘llaniladigan ta‘lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llanilishi o‘quvchilarda fikrlash jarayonini oshishiga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarda interfaol metodlarni qo‘llash ortiqcha ham ruhiy ham jismoniy kuch sarflamaslikka, qisqa vaqt davomida yuksak natijalarga erishishga sabab bo‘ladi.
Buning uchun o‘qituvchi darslarda foydalanish maqsadida o‘quvchini faolikka chorlovchi savollar berish orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, qiyoslash, ijodkorlik o‘xshash va farqli jihatlarini topish uchun rivojlantiruvchi muhit yaratadi. O‘qituvchi savol berish bilan birgalikda o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi qobiliyatini ham shakllantirib boradi.
Interfaol metodlar va usullarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin:
1. Venn diagrammasi
2. Klaster
3. Aqliy hujum
4. Bilaman, bilishni istayman, bilib oldim (BBB)
5. Bahs-munozara
6. Debat.
7. Muallifga savollar
8. Harakatli ma‘ruza
9. Hamkorlikda izlanish
10. Mustaqil hat.
Asosan, bu usullar o‘quvchining o‘z tengdoshlari orasida hissiy aloqa o‘rnatilishi, o‘zgalarni fikrini tinglay olishi va o‘z fikrini mustaqil bayon etish, o‘ziga bo‘lgan ishonch, bilimiga tayana olish, muammoli vaziyatlar yechimiga qiziqishlarni kuchayishiga, ayniqsa, keng ikrlashga olib keladi. Interfaol metodlardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning shaxsin i ichki olamini hisobga olish kerak.
Qon aylanish sistemasining markaziy organi.
Qon aylanish sistemasi organlariga yurak, arteriya, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va qon tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta‘minlaydi. Yurak avtomatik tarzda qisqarib bo‘shashib turishi natijasida qon katta arteriya va kapillyarlar orqali tananing hamma to‘qima va organlariga tarqalib, so‘ngra mayda o‘rta va yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi. Yurakning kattaligi odam mushtidek keladi. Uning massasi 220-300 gr erkaklarda, 180-220 gr ayollarda. Tinch turganda yurakning qorinchalari bir marta qisqarganda 65-70 ml qonni aortaga chiqaradi.
Yurak tashqi tomondan 2 qavat biriktiruvchi to‘qmadan iborat yupqa yurak oldi haltasi bilan o‘ralgan. Bu qavatlar o‘rtasidagi bo‘shliqda joylashgan suyuqlik yurak qisqarganda ishqalanishni kamaytiradi. Yurak devori 3 qavat bo‘lib, ichki qavati yupqa epiteliydan o‘rta qavati yurak muskullaridan tashqi qavati biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Yurak bo‘lma va qorinchalarining bir marta qisqarib bo‘shashishi yurak sikli deb atalib, yurak sikli o‘rtacha 0.8 sekund davom etadi. Qon aylanishi — yurak qisqarishi tufayli qonning qon oʻtkazish sistemasida harakatlanishi.
Qon aylanishi organizm toʻqimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi va gomeostaz turgʻunligini taʼminlaydi. Qon toʻqimaga kislorod, suv, oqsil, uglevodlar, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar va boshqa olib keladi va toʻqimadan karbonat angidrid hamda moddalar almashinuvida paydo boʻlgan boshqa chiqindi moddalarni olib ketadi. Termoregulyatsiya va gumoral regulyatsiyaii amalga oshiradi. Immunitetning muhim omilidir. Qon aylanishi ni 1628-yil ingliz vrachi U.Garvey kashf qilgan. Qon organizmda o‘zaro birbiriga tutashgan ikkita sistema katta va kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab harakatlanadi.
Qon aylanishi doirasi 2 ta. Odam. shu jumladan, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi sxemasi bir xil. Yurak chap qorinchasidan chiqib, toʻqimalar orqali oʻng boʻlmachaga kelgan tomirlar sistemasi katta, oʻng qorinchadan chiqib, oʻpka orqali chap boʻlmachaga kelgani kichik qon aylanish doirasini tashkil etadi. Chap boʻlmachadan qon chap qorinchaga oʻtadi va Qon aylanishi davom etadi. Yurak muskullarining qisqarib-boʻshashishi tufayli qon tomirlarda harakatlanadi. Yurakning bir min.da haydaydigan qon miqdori minutli hajm deyiladi. Odam tinch turganidagi minutli hajm 4—5 l ga teng, emotsional taʼsir holatida esa u 3—4 marta ortadi. Yurak qonni arteriyaga porsiya bilan haydaydi.
Qon quyilishi bilan arteriyalar devori kengayadi.¹ 8-sinf "Odam va uning salomatligi" fan darsligida qon aylanish sistemasini tushuntirishda ko‘rgazmali qurollar, interfaol metodlar, yurak maketlaridan foydalandik. Ko‘rgazmali qurol o‘quvchilarni o‘qigan, eshitgan ma‘lumotlarga qaraganda ko‘proq ma‘lumot beradi. Shu sababli, yurak maketini ko‘rsatish orqali uning kameralari soni, yurakdan chiqayotgan qon tomirlar va yurakka keladigan qon tomirlar ko‘rsatib o‘tildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar 2 ta guruhga bo‘lindi. Guruhlarimiz "Arteriya" va "Vena" atamalari bilan nomlandi. Bugungi o‘tilgan mavzu "BBB" metodini qo‘llash orqali o‘quvchilar yangi mavzu bo‘yicha munozara o‘tkazishdi. Dars davomida guruhlarga krassvordlar tarqatildi. Darsning so‘ngi bosqichida "Moychechak" metodi bo‘yicha o‘yin o‘tkazdik. Bunda o‘quvchilar mavzuga doir atama va terminlarni birlashtirib chiqdi. Dars so‘ngida faol guruh o‘quvchilari baholandi. Biz bugungi kunda dars o‘tish bo‘yicha qo‘llagan metodlarimiz orqali o‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oldilar.
Dars jarayonlarimizda o‘quvchilar o‘tgan mavzularni mustahkamlab yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Krassvordlar yechish orqali o‘quvchilarning fikrlash doiralari oshdi. O‘quvchilar erkin fikrlashga va fikrini aniq bayon etishga muvaffaq bo‘ldilar. Biz kelgusi ishlarimizda biologiyaning har bir mavzulari bo‘yicha dars o‘tish jarayonida yangi metodlar orqali yoritib bermoqchimiz.

Download 39,88 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 39,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB. BIOLOGIYA O’QITISHDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI LOYIHALASH

Download 39,88 Kb.