• Test va sinash
  • Monitoring va boshqarish
  • II BOB. Elektron tijoratni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash .
  • Mundarija kirish I bob. Elektron tijoratni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimining nazariy asoslari




    Download 11,32 Mb.
    bet6/21
    Sana01.06.2024
    Hajmi11,32 Mb.
    #258939
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Ismoilov Elmurod TAYYOR 0105 (1)

    Tadbirlar monitoringi: Elektron tijorat tizimini yaratishda, tadbirlarni monitoring qilish va tizimni yanada rivojlantirish imkoniyatini o'rganish juda muhimdir. Bu, xaridorlar va kompaniyalar uchun qanday foyda keltirishni tushunishga yordam beradi.
    Qo'shimcha xizmatlar va o'zgarishlar: Tizimga qo'shimcha xizmatlar qo'shish va yangilanishlar keng qamrovli xizmatni ta'minlashda muhimdir. Bu, foydalanuvchilarga qulaylik keltirish va tijoratni yanada rivojlantirishga yordam beradi.
    Test va sinash: Tizimni yaratishdan oldin uning test va sinash jarayonlarini o’rganish. Bu, tizimning ishlashini tekshirish, xatolarni aniqlash va tuzatish uchun muhimdir. Ushbu jarayonda dasturiy mahsulot avval foydalanuvchilarga test rejimida foydalanish uchun taqdim etiladi.
    Tizimni o’rnatish va boshlash: Bu, serverlar, tarmoqlar, ma’lumotlar bazalari va boshqa tizim komponentlarini o’rnatish, sozlashlarini amalga oshirish va tizimni ishga tushirishni o’z ichiga oladi.
    Monitoring va boshqarish: Tizimni monitoring qilish va boshqarish vositalarini belgilash kerak. Bu, tizim holatini kuzatish, xatolarni aniqlash, ishga tushirish va istiqbollarni monitoring qilish imkonini beradi. Ushbu vazifa asosan foydalanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi. Ya’ni ular bizga tizimni monitoringini belgilab berishadi.
    Barcha jarayonlar, elektron tijorat tizimining muvaffaqiyatli yaratishida kutilgan asosiy qadamlardir. Bu jarayonlarda mutlaqo kerakli bo’lgan tashkilotning va maqsadlarning talablariga mos keluvchi yo’nalishlarni belgilash juda muhimdir.

    II BOB. Elektron tijoratni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash .
    2.1 Elektron tijoratni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashga mo’ljallangan dasturiy vositalar imkoniyatlari
    Drawio dasturi haqida ma’lumot
    Drawio - bu turli xil diagrammalar va grafiklarni yaratish va tahrirlash uchun bepul dastur. Ushbu dastur Microsoft Office Visio, Google Drawings, Dia, Lucidchart kabi ilovalarning analogidir. Uning afzalliklari orasida mutlaqo bepul tarqatish shakli, intuitiv interfeys, ko’p sonli turli xil andozalar, shuningdek, ko’plab tillarni qo’llab-quvvatlash kiradi. Dasturdan foydalanish imkoniyatlari qatoriga turli xil sxemalar, grafiklar, UML diagrammalari, biznes diagrammalari, aloqa diagrammalari va muhandislik diagrammalarini yaratish kiradi. Shablonni havola orqali ulash mumkin. Ilova keng dizayn sozlamalariga ega, shuningdek, eng ko’p ishlatiladigan elementlarni sevimlilarga qo’shadi. Qo’llab-quvvatlanadigan kengaytmalar: drawio, png, svg, html, xml.

    Download 11,32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 11,32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I bob. Elektron tijoratni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimining nazariy asoslari

    Download 11,32 Mb.