|
Marketingning maqsadi va asosiy prinsiplari
|
bet | 4/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 174,49 Kb. | | #231666 |
Bog'liq Web dizaynda Figmani roli 1.2 Marketingning maqsadi va asosiy prinsiplari.
Marketingning maqsadi firma maqsadiga erishish uchun vosita hisoblanadi. Marketingning asosiy maqsadi - ayirboshlash jarayonini muntazam shakllantirish va rivojlantirishdan iborat, bu o‘z navbatida uning ishtirokchilariga o‘zaro manfaat keltiradi.Marketing maqsadlari ma’lum iyerarxik ketma-ketlikda amalga oshirilib, iqtisodiy va psixografik maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Birinchi maqsadlar guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona foydasi, rentabel- ligi ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga olib keladi.
Professor E.P. Golubkov marketing faoliyatining quyidagi maqsadlar strukturasini taklif etgan:
Samarali marketing siyosatini yuritish orqali kompaniya maq- sadlariga erishish.
Alohida bozorlar va tovarlar guruhiga yo‘naltirilgan maqsadlar.
Marketing kompleksining alohida elementlariga yo‘naltirilgan maqsadlar, narx, sotishni tashkil qilish, iste’molchiga samarali yo‘llar bilan yetkazib berish.
Keng ma’noda marketing maqsadi talab va taklifni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni yangi g‘oyalarni tovar yaratishga tatbiq etish, ishlab chiqarish, samarali tarqa- tish kanallarini minimal xarajatlar bilan amalga oshirish, iste’molchi- larning o‘sib borayotgan zamonaviy talablarini qondirish.Har qanday firmaning asosiy maqsadi - bozorni egallash, raqobat- bardosh bo‘lish, iste’molchilarni o‘ziga jalb etishdir va shu orqali o‘z rentabelli faoliyatini ta’minlashdir. Firmaning marketingda qo‘llani- ladigan asosiy umumlashgan maqsadini F.Kotler original tarzda quyida- gicha shakllantirgan:
2- jadval
Korxonaning asosiy maqsadlari
Maqsadlar iyeraxiyasi
|
Maqsadlar ko‘rsatkichlari
|
Bozorni egallash
|
Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli, yangi bozorlarni egallash (qamrash).
|
Rentabellik
|
Foyda, aylanmaning rentabelligi, o‘z kapitalining rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi
|
Moliyaviy barqarorlik
|
Kredit qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini moliyalash darajasi, kapital tarkibi
|
Ijtimoiy maqsadlar
|
O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi
|
Bozordagi mavqeyi
|
Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa e’tirofi
|
«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga»
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib keladigan, uning ijtimoiy ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim hisoblanadi:
iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import qilinadigan mamlakatlarda ham ularga erishuvi;
bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish;
ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-quvvatlash. Firmaning miqdoriy maqsadlari:
foyda (daromad) hajmi;
pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi;
bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS);
-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi. Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qon- dirilishini hisobga olib, “Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?”
degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt muqobil variantlarini ko‘zda tutish mumkin:
maksimal darajada yuqori iste’molga erishish;
maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish (iste’mol- chi tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani taqqoslash);
maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish;
hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish.
Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi:
Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va qiymati.
Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniy muhiti sifati unumdorligi.
Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi o‘zgarishi. Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab, tartibga solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash – bu bugungi foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning yuqori ulushi
orasidagi tanlovdir».
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning tadbirkor- lik faoliyatidagi ahamiyati bu masalalarni hal qilishni yanada murakkab- lashtiradi.
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik ta’minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa funksiyalar bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham nomoyon bo‘ladi va o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan alohida yoki kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni aks ettiradi.
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi shundaki, uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste’molchilari orasida almashuv jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shu munosabat bilan marketingning funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan talabga mos holda talabni yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish (o‘tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari ham kiradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga oshirish uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak.Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajarila- di. Marketing funksiyasi ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida shakllanib, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish uchun tadbirlar majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari mar- keting tizimidagi almashuv vositasida xaridorlarning talablarini qondirish bilan bog‘liq faoliyat (tadbirlar)larning ma’lum turlaridir.
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamli marketing tadqiqotlari o‘tkazish:
bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash, iste’molchilarni o‘rganish va segmentatsiya o‘tkazish, tovarning iste’mol xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo‘yicha sheriklar pozitsiyalarini tahlil qilish;
firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari tahlili – tovar assortimenti, ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik ta’minlash tizimi, kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali, uning moliyaviy imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakat- lanishi tizimlari tahlili;
olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish – korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini va marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiya- larini baholash.
Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va ularga ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi mavjud bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni doimiy kuzatish ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot- lar (masalan, reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan qo‘shib olib boriladi. Ko‘pchilik firmalarda ushbu informatsion ishlarning katta qismi maxsus bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki mustaqil tadqiqot institutlariga topshiriladi.
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati rejalarini ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi.
Marketing funksiyalarini kim bajaradi:
Ishlab chiqaruvchilar
Iste’molchilar
Marketing mutaxassislari
Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo‘nalti- rilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga bozorda talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb qilishdan iborat. Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish firmaning kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda marketing funksiyasi bilan marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas bog‘liq. MARKETING funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Marketing tadqiqotlari.
Rejalashtirish.
Narxni shakllantirish.
Tovarni taqsimlash.
Tovarni harakatga keltirish.
|
| |