• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mutloq huquqlarning boshqa shaxsga o'tish




    Download 71,2 Kb.
    bet7/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi71,2 Kb.
    #230417
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTELLEKTUAL MULK

    2.3 Mutloq huquqlarning boshqa shaxsga o'tish
    Intellektual mulkbobyektiga nisbatan mutloq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar, agar ushbu Kodeksida yoki boshqa qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma bo'yicha boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin, shuningdek bu mutloq huquqlar meros bolib va yuridik shaxs huquq egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida o'tadi.
    Mulkiy huquqlarning shartnoma bo'yicha o'tkazilishi yoxud ularning universal huquqiy vorislik tartibida o'tishi mualliflik huquqining va boshqa begonalashtirilmaydigan hamda o'zgaga o'tkazilmaydigan mutloq huquqlarning o'tkazilishiga yoki cheklanishiga sabab bo'lmaydi. Bunday huquqlarning o'tkazilishi yoki cheklanishi to'g'risidagi shartnoma shartlari o'z-o'zidan haqiyqiy emas.
    Shartnoma bo'yocha o'tkaziladigan mutloq huqular unda aniqlab qo'yilishi lozim. Shartnomada boshqa shaxsga o'tkaziladigan huquq sifatida ko'rsatilmagan huquqlar, agar boshqacha hol isbotlangan bo'lmasa, o'tkazilmagan deb hisoblanadi.
    Mutloq huquqni amal qilish davrida cheklangan vaqtga boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi tog'risidagi qoidalar qo'llaniladi.Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.3
    Faoliyatning ba’zi bir turlarini litsenziyalashning o’ziga xos jihatlari qonun bilan belgilanadi.
    Ushbu Qonun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilishni litsenziyalashda, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing to’g’risidagi shartnoma) bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
    Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga (7-modda) amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog’lig’iga, jamoat xavfsizligiga zarar etkazishi mumkin bo’lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyat turlari kiradi.
    Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari qonunlar bilan belgilanadi.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlarini amalga oshirishini taqiqlab qo’yishi mumkin, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to’zilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti ularni tashkil etish to’g’risidagi hujjatlarda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish nazarda tutilgan bo’lsa, faoliyatning litsenziyalanadigan turini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida ko’rsatilgan korxonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bog’liq, qonun hujjatlariga muvofiq qo’yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.
    Litsenziyaning amal qilishi (11-modda) har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya da’vogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
    Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
    Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
    Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
    Litsenziyaning amal qilish muddati (12-modda) qoida tariqasida, cheklanmaydi.
    Litsenziya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya da’vogarining arizasida ko’rsatilgan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida litsenziyaning cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam bo’lmasligi lozim.
    Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga binoan o’zaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini o’zaytirish to’g’risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin berilishi lozim. Litsenziyaning amal qilish muddatini o’zaytirish litsenziyani beruvchi uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
    Litsenziya talablari va shartlari qonunning 13-moddasida keltirilgan.
    Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda rioya etiladigan litsenziya talablari va shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi nizomlar bilan belgilanib, ular quyidagi normalarni o’z ichiga olishi lozim:
    litsenziatning qonun hujjatlariga rioya etishi shartligi to’g’risidagi; faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga da’vogar shaxslarga qo’yiladigan malaka talablari, jumladan maxsus bilimlarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi; faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishning maxsus shartlariga qo’yiladigan talablar, jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi.
    Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi nizomlarda litsenziyalanayotgan faoliyat turi xususida qo’shimcha litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.

    Xulosa
    O`zbekiston Respublikasida barcha intellektual mulk obyektlarini himoya qilish bo`yicha qonunlar mavjud.Biz intellektual mulk mavzusini tahlil qilar ekanmiz,bu sohaning naqadar mamlakatimiz uchun ahamiyatli ekanligini anglab boraveramiz.Bizning mamlakatimizda esa afsuski intellektual mulk tushunchasi haqida aholi o`rtasida fikrning mavjud emasligi achinarli hol, albatta. Avvalambor, aholi o`rtasida intellektual mulk tushunchasining mohiyatini tushuntirish, boshqaning intellektual mulkidan jumladan she’ridan,asaridan yoki maqolasidan noqonuniy foydalanish huquqbuzarlik ekanligini hamda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan shaxslarga esa o`zganing tovar belgisidan foydalanish yokida adashtirib yuboruvchi,o`xshash bo’lgan tovar belgilaridan ishlatish mumkin emasligi to`g’risida tushuntirishlar berish zarurdir.To’g’ri,targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda, ammo yetarli darajada emas.Intellektual mulk sohasini rivojlantirish kerak chunki bu soha qandaydir ma’noda davlatning imijini ko`rsatib beruvchi vositadir.Hozir Intellektual mulk instituti ochish kerak ammo hozirgi vaqtda bu qiyin masala deb o’ylayman,ammo intellektual mulk huquqini o’zida qamrab oluvchi yo’nalishlarni ko’paytirish kifoya va intellektual mulk klinikasini tashkil etish kerak hamda intellektual mulk obyektlarini ro`yxatga olish bo’yicha muammolarni bartaraf etish etish zarur.Chunki barcha ko’zimiz ko’rib turgan narsalar intellektual mulk obyektlardir.Javobgarlik masalasiga keladigan bo’lsak,Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda yetarli darajada jazo choralari qo’llangan4 haqida esa bu fikrni ayta olmaymiz..Bu norma Sobiq mustamlaka davridan qolib ketgan norma hisoblanadi.Bilamizki,sovet davrida Vatan haqida asarlar yozish yoki ozodlik haqida asar yozish taqiqlangan.Shunda asar mualliflari boshqa shaxsni hammualliflikka majburlash holatlari ko’p bo’lgan.Ikkinchi xatolik esa tafakkur mulk obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlar rasman ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar degan norma bo’yicha “Mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar” to`g’risidagi qonunga binoan mualliflik huquqi obyektlari ro’yxatga olish majburiy emas,ixtiyoriy jarayon.Shu holat bo’yicha bu normaga tovar belgilari,ixtirolar,sanoat namunalari yoki qavs ichida mualliflik huquq obyektlari bundan mustasno degan yozuv bo’lsa maqsadga muvofiq bo’lar edi,deb o’ylayman.Bu normani ham eskilik sarqiti desak ham bo’ladi.Sababi esa Sobiq mustamlaka davrida mualliflik huquqi obyektlari ro’yxatga olingan.Hozirgi kunda O’zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lish harakatida.Bu tashkilotga a’zo bo’lish aholiga hamda mamlakatimizga bir necha qulayliklarni yaratishi kutilmoqda.Hozirgi kunda intellektual mulk sohasi bo`yicha katta o`zgarishlar amalga oshirilmoqda.Xususan,O`zbekiston Respublikasi intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo`yicha AQSH Savdo vakilligining 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar ro`yxatidan(qora ro`yxat) chiqarildi.2024-yil birinchi choragida intellektual mulk obyektlari ro`yxatdan o`tkazilib,4185 ta patent va guvohnomalar berilgan,44 nafar huquqbuzar shaxs sud tomonidan ma’muriy jarimaga tortilgan,145 tashkilotga qonunbuzilishlarni bartaraf etish uchun taqdimnomalar kiritilgan,ma`muriy jazolarning umumiy summasi 30 million 430 mingni tashkil etgan. Mana shunday sa`y-harakatlarning ko`payishi ham yurtimizda qanchalikbu sohaga e’tibor berilayitgan darak beradi.Umuman olganda,intellektual mulk sohasi davlatning iqtisodiyotini rivojlantiruvchi vositadir.Bu sohani rivojlantirish mamlakatimizni iqtisodiyotini rivojlantirish demakdir!

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. “Intellektual mulk” darslik TDYU 2020

    2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

    3. Fuqorolik kodeksi

    4. O`zbekiston Respublikasining intelektual mulk to’g’risidagi qonuni




    1 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

    2 Fuqorolik kodeksi

    3 Fuqorolik kodeksi

    4 O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

    Download 71,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 71,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mutloq huquqlarning boshqa shaxsga o'tish

    Download 71,2 Kb.