II BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARIGA NISBATAN MUTLOQ HUQUQLAR




Download 71,2 Kb.
bet5/7
Sana13.05.2024
Hajmi71,2 Kb.
#230417
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTELLEKTUAL MULK

II BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARIGA NISBATAN MUTLOQ HUQUQLAR
2.1 Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutloq huquqlar ularni amal qilish sohasi
Mutlaq huquq — intellektual mulk obyektiga nisbatan uning egasiga tegishli boʻlgan mulkiy huquqlar majmui. Mutlaq huquq egasi intellektual mulk obyektidan oʻz xohishiga koʻra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanishga haqli. Ushbu obyektdan boshqa shaxslarning foydalanishiga huquq egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga toʻliq yoki qisman oʻtkazishga, intellektual mulk obyektidan boshqa shaxsning foydalanishiga ruxsat berishga va qonun doirasida uni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli. Mutlaq huquq sanoat mulki obyektlari, seleksiya yutuqlari boʻyicha patent orqali tovar belgilariga, xizmat koʻrsatish belgilari boʻyicha guvoh-noma orqali, firma nomiga nisbatan dalolatnoma orqali rasmiylashtiriladi. Mualliflik va turdosh huquq obʼyektlari, kompyuter dasturlariga nisbatan esa Mutlaq huquqlar muallifga (ish beruvchiga yoxud buyurtmachiga) asar yaratilishi fakti asosida tegishli boʻladi. Mutlaq huquqlarning amal qilish muddati qonunlarda belgilab qoʻyiladi (mas, ixtiroga nisbatan patent 20 yil, badiiy asarga nisbatan muallifning butun hayoti va uning vafotidan keyin 50 yil davomida amal qiladi va h.k.). Mutlaq huquq universal vorislik (masalan meros tartibida) yoki shartnoma asosida boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin. Mutlaq huquq bilan bogʻliq masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1034—1040-moddalarida belgilab qoʻyilgan.
Xalqaro huquqiy hujjatlarda ham milliy qonunchiligimizda ham intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar eng muhim fuqarolik huquqlardan biri sifatida tan olinadi. Har bir inson o‘zi muallifi hisoblangan ilmiy, adabiy va badiiy faoliyat natijalariga nisbatan ma’naviy va moddiy manfaatlarini muhofaza qilinishi huquqiga egadir.
Respublikamizda ijod va unga bo‘lgan e’tibor O‘zbekiston Respublikasida tomonidan mustaqillikning ilk davrlaridanoq belgilab berilgan edi: «Ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’od va qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkni himoya qilish. Kishilar shuni aniq va ravshan anglab yetishlari kerakki, ma’naviy potensialni ildam rivojlantirmay turib, respublikamiz chinakam mustaqilligini va ravnaq topishini ta’minlab bo‘lmaydi». Intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan har qanday qonunning maqsadi huquq subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish va ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish va rivojlantirishdir. Bu “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalari to‘g‘risida”gi va boshqa mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikda ham namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining "Tadbikrorlik faoliyati bilan bog‘lik qonunchilikni qo‘llash sud amaliyoti to‘g‘risida" 28.04.2020 yildagi qarorida “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining obyektiv ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mutloq xuquqi-intellektual mulki qonun bilan qo‘riqlanadi va davlat tomonidan ximoya qilinadi. Mutlaq huquq obyekti bo‘lgan intellektual mulkdan boshqa shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilangina fodalanishlari mumkin. Shuning uchun, intellektual mulkdan xar qanday qonunsiz foydalanish bu huquqning qo‘pol buzilishi hisoblanadi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarining intellektual faoliyati natijalarini o‘zlashtirib olish Jinoyat kodeksining 149-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin. Agar intellektual mulk obyektlari moddiy qimmatlikka ega bo‘lsa, aybdorning qilmishlari talon-toroj sifatida baxolanadi.” deb ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarga nisbatan sud himoyasi qonun bilan kafolatlanadi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni muhofaza qilish usullari ichida sud orqali himoya qilish muhim o‘rin egallaydi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar sud orqali ko‘p hollarda fuqarolik huquqiy usullar bilan himoya qilinadi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni fuqarolik-huquqiy himoya qilishni umumiy va maxsus usullarga bo‘lishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi FKda fuqarolik huquqlarini umumiy himoya qilish belgilangan. Ushbu himoya usullari intellektual mulk obyektlariga nisbatan fuqarolik huquqlarni himoya qilishning ham umumiy usullari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi FKning 11-moddasiga ko‘ra, fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi:

  • huquqni tan olish; Mutlaq huquqni tan olish – bunda intellektual mulk huquqi obyektiga nisbatan huquq egasining mutlaq huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan yoxud davlat, jamoat organi tomonidan yoxud sud tomonidan e’tirof etiladi. Huquq egasiga mutlaq huquq tegishli ekanligi bo‘yicha bahs-nizolar mavjud bo‘lgan holda ham, shuningdek, bunday bahs-nizo bo‘lmagan taqdirda ham, masalan, mutlaq huquq vujudga kelganligi va ma’lum shaxsga tegishli ekanligi faktini guvohlantirish uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Agarda huquqni tan olish ilgari bunday huquqni buzgan shaxs tomonidan sodir etilsa, sodir etilgan huquqbuzarlik shakliga huquqni tan olish shakli mos kelishi lozim. Masalan, ma’lum ixtiroga nisbatan patent olganligi haqida vaqtli matbuotda noto‘g‘ri xabar tarqatgan shaxsni huquqni tan olinishi xuddi shunday vaqtli matbuot nashrida ushbu ixtiroga nisbatan patent haqiqatda kimga tegishli ekanligi haqida xabar berish orqali amalga oshiriladi

  • huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

  • bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash(masalan, litsenziya shartnomasini haqiqiy emas deb topish);

  • davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;

  • shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;

  • burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

  • zararni to‘lash (masalan: “agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini talab qilishga haqli.”)

  • neustoyka undirish;

  • ma’naviy ziyonni qoplash;

  • huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;

  • davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.

Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin. Maxsus himoya usullari intellektual mulk obyektlariga doir munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy qonunchilikda yoki maxsus qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aynan intellektual mulk huquqini himoya qilish usuli sifatida belgilab beriladi. Masalan: FKning 1040-moddasida intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur moddada intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish FKning 11-moddasida nazarda tutilgan umumiy usullardan tashqari mutlaq huquqlarni himoya qilishning maxsus usullari belgilangan. Unga ko‘ra:

  • mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan bo‘lsa, o‘sha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qo‘yish orqali;

  • yo‘l qo‘yilgan buzish haqidagi ma’lumotni majburiy sur’atda e’lon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali;

  • qonunda nazarda tutilgan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, maxsus usullar mazkur sohani tartibga soluvchi joriy qonunchilikda aniq belgilab qo‘yiladi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risidagi” qonunining 12-moddasida firma nomiga bo‘lgan huquqni himoya qilish usullari belgilangan. Unga ko‘ra, firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish:

    • yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilish maqsadida sud qarori to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;

    • noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;

    • noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan olib tashlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yo‘q qilib tashlash;

    • kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlarni firma nomiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga oshiriladi. Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Xuddi shunday maxsus usullarni “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” gi qonunida ham ko‘rishimiz mumkin.

Intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish qonunchiligimizga asosan umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlari sudloviga taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonuning 12-moddasi talablariga muvofiq tartibda tuzilgan bitim bo‘lsa, bunday nizolarni hal etilishi hakamlik sudlariga topshirilishi ham mumkin.


Download 71,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 71,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARIGA NISBATAN MUTLOQ HUQUQLAR

Download 71,2 Kb.