Mundarija: kirish I bob. O‘zbekiston respublikasida intellektual mulk obyektlari va ularni huquqiy himoya qilish




Download 71,2 Kb.
bet6/7
Sana13.05.2024
Hajmi71,2 Kb.
#230417
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTELLEKTUAL MULK

2.2 Litsenziya shartnomasi
O’zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonuni faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Faoliyatning ba’zi bir turlarini litsenziyalashning o’ziga xos jihatlari qonun bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilishni litsenziyalashda, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing to’g’risidagi shartnoma) bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga (7-modda) amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog’lig’iga, jamoat xavfsizligiga zarar etkazishi mumkin bo’lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyat turlari kiradi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari qonunlar bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlarini amalga oshirishini taqiqlab qo’yishi mumkin, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to’zilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti ularni tashkil etish to’g’risidagi hujjatlarda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish nazarda tutilgan bo’lsa, faoliyatning litsenziyalanadigan turini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida ko’rsatilgan korxonalar va muassasalarni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bog’liq, qonun hujjatlariga muvofiq qo’yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.
Litsenziyaning amal qilishi (11-modda) har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya da’vogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilish muddati (12-modda) qoida tariqasida, cheklanmaydi.
Litsenziya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya da’vogarining arizasida ko’rsatilgan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida litsenziyaning cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam bo’lmasligi lozim.
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga binoan o’zaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini o’zaytirish to’g’risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin berilishi lozim. Litsenziyaning amal qilish muddatini o’zaytirish litsenziyani beruvchi uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziya talablari va shartlari qonunning 13-moddasida keltirilgan.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda rioya etiladigan litsenziya talablari va shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi nizomlar bilan belgilanib, ular quyidagi normalarni o’z ichiga olishi lozim:
litsenziatning qonun hujjatlariga rioya etishi shartligi to’g’risidagi; faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga da’vogar shaxslarga qo’yiladigan malaka talablari, jumladan maxsus bilimlarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi; faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishning maxsus shartlariga qo’yiladigan talablar, jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi nizomlarda litsenziyalanayotgan faoliyat turi xususida qo’shimcha litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.


Download 71,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 71,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: kirish I bob. O‘zbekiston respublikasida intellektual mulk obyektlari va ularni huquqiy himoya qilish

Download 71,2 Kb.