I BOB Quritish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar




Download 52,22 Kb.
bet2/12
Sana30.11.2023
Hajmi52,22 Kb.
#108347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob quritish qurilmalari haqida umumiy tushun-fayllar.org (1)

I BOB Quritish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar
1.1 Quritish qurilmalarining turlari
Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo va energetika sanoatida keng qо‘llaniladi. Quritish kо‘pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bо‘lib, namlik avval arzon jarayon bilan, sо‘ngra qolgan namlik quritish yо‘li bilan ajratiladi. Material tarkibidagi namlikni bunday murakkab yо‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yо‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Kimyo sanoatida materiallarni suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritgich qurilmalarida olib boriladi.
Quritilishi lozim bо‘lgan materiallar uch turga bо‘linadi: qattiq (donali, bо‘lak-bо‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (yoritmalar, suspenziyalar).
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan о‘zaro ta’sirlashuv usuliga kо‘ra quritish qо‘yidagi turlarga bо‘linadi:
1) konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi agent tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘zaro aralashadi;
2) kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material о‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bо‘ladi;
3) radiasiyali quritish – issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;
4) diyelektrik quritish – material yuqori chatsotali tok maydonida qizdiriladi;
5) sublimasiyali quritish – material muzlagan holda, yuqori vakuum otsida suvsizlantiriladi.
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb ataladi.
Quritishning turlaridag qat’i nazar, jarayon davomida material nam gaz (kо‘pincha havo) bilan о‘zaro ta’sirlashib turadi. Konvektiv quritish usuli sanoatda keng ishlatiladi, bu jarayonni amalga oshirish uchun materialga nam havo ta’sirining ahamiyati muhim ahamiyatga ega.
Sanoatda turli turdagi quritish qurilmalari ishlatiladi. Quritgichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga kо‘ra qurilmalar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bо‘linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug‘ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga kо‘ra atmosferali va vakuumli quritgichlarga bо‘linadi. Jarayonni tashkil qilish bо‘yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bо‘linadi.
Konvektiv quritgichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan tо‘g‘ri, qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bо‘lgan material donasimon changga о‘xshash, pastasimon yoki suyuq holda bо‘ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulyasiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavg‘um qaynash, fontan hosil bо‘lish kabi holatlarda bо‘ladi. Qurituvchi agent bug‘, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni qurilmadan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralari oralig‘ida qizdirish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bо‘lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qо‘shimcha ravishda qizdirish, о‘zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hok.
Konsruktiv tuzilishiga kо‘ra quritish qurilmalari har xil bо‘ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, quvurli, shenkli, silindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyrli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi quritgichlar ishlatiladi.
Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kontakti orqali boradi. Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida kamerali, tunelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavg‘um qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritgichlar ishlatiladi.
Konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qо‘llanilayotgan hamma quritish qurilmalarining taxminan 80% ini tashkil etadi. Kimyo sanoatida ishlatilinayotgan konvektiv quritgichlarning 40% barabanli qurilmalar qatoriga kiradi. Biroq barabanli quritgichlarda faqat sochiluvchan materiallarni suvsizlantirish mumkin.
Sanoatda kо‘proq ishlatiladigan quritgichlar qatoriga yana qо‘yidagi qurilmalar kiradi: mavhum qaynash va fontan hosil qiluvchi quritgichlar (solishtirma ulushi 25%); sochib beruvchi quritgichlar (taxminan 10%); pnevmotansport rejimida ishlaydigan quritgichlar (taxminan 7%); materialni qatlamda quritishga mо‘ljallangan polkali, tunelli, lentali qurilmalar (10% dan kо‘proq).
Kontaktli quritgichlar ichida sanoatda eng kо‘p tarqalgan qurilmalar qatoriga polkali vakuum-quritish shkaflari, barabanli va valsovkali quritgichlar kiradi.
Barabanli quritgichlar. Bunday qurilmalar atmosfera bosimi bilan uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritgich silindrsimon barabandan iborat bо‘lib, gorizontga nisbatan kichik og‘ish burchagi (3-60) bilan joylashtirilgan bо‘ladi.









Download 52,22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 52,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB Quritish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar

Download 52,22 Kb.