|
Mundarija Kirish I bob quritish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar
|
bet | 8/12 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 52,22 Kb. | | #108347 |
Bog'liq Mundarija Kirish I bob quritish qurilmalari haqida umumiy tushun-fayllar.org (1)Shaxtali quritgichlar. Bu quritgichlarda quritish protsessi sekin boradi va quritiladigan urug‘lar qavati kam siljiganligi uchun urug‘ bir tekis qurimaydi. Quritiladigan urug‘ issiq havo, zazga qarama-qarshi xarakat qiladi.
Tunneli quritgichlar. Bunday tipdagi quritgichlar to’g’ri burchak kesimiga ega bo’lgan uzun kameradan (koridordan) iborat bo’ladi (rasm). Kamera ichida vagonetkalarning sekin xarakatlanishi uchun temir yo’l izlari o’rnatilgan. Koridorga kiruvchi va undan chiqadigan eshiklar zich yopiladi.
Tunneli quritgichlarda qurituvchi agent qsiman retserkulyatsiya qilinadi. Bunday apparatlar katta o’lchamli donasimon materiallarni (masalan, keramik buyumlarni) quritish uchun ishlatiladi.2
II BOB Quritish apparatining hisob
2.1 Real quritkichlarning moddiy balansi
. Real quritkichlardagi protsess nazariy quritishdagi protsessdan shu bilan farq qiladiki, bunda I2 ≠ I1 bo’ladi. Bunga sabab shuki, real quritkichlarda issiqlikning bir qismi atrof-muhitga yo’qoladi. Ayrim paytlarda quritish kamerasiga qo’shimcha issiqlik kiritiladi (7.3-rasm).
Uzluksiz ishlaydigan quritkichning moddiy balansini tuzish uchun quyidagi belgilarni qabul qilamiz: G1 – nam materialning massasi, kg/soat; W1 – uning namligi, %; G2 – quruq materialning massasi, kg/soat; W2 – uning namligi, %; W – bug’langan namlik miqdori, kg/soat; L – havoning sarfi (quruq havo hisobida), kg/soat.
Moddaning kirishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx0; 3) nam material G1.
Moddaning chiqishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx2; 3) qurigan material G2.
Moddiy balans tenglamasini tuzamiz:
Bundan
yoki .
Bu yerda (3)
Quritish protsessi uchun quruq moddalar bo’yicha ushbu balans tenglamasini tuzish mumkin:
Bu so’nggi ifodadan quritish oxiridagi materialning massasini aniqlaymiz:
Bug’langan namlikning (yoki materialdan chiqarilgan suvning) miqdorini quyidagi tenglama orqali ham topish mumkin:
yoki
Moddiy balans asosida real quritkichning issiqlik balansini tuzamiz.
Issiqlikning kirishi (kJ/soat); 1) havo bilan LI1 = LI0 + Qn (bu yerda: LI0 – isitkichga kirgan havoning issiqligi, Qn – isitkichda havoning bergan issiqligi): 2) material bilan G1c1θ1 (bu yerda: c1 – nam materialning issiqlik sig’imi, θ1 – materialning dastlabki temperaturasi); 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’tr (bu yerda: Gtr – transport qurilmalarining massasi, ctr – transport qurilmalari materialining issiqlik sig’imi, θ’tr – transport qurilmalarining dastlabki tempetaturasi); 4) quritish kamerasiga kiritilgan qo’shimcha issiqlik qk.
Issiqlikning sarflanishi (kJ/soat): 1) quritkich chiqayotgan havo bilan LI2; 2) quritilgan material bilan G2c2θ2; 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’’tr; 4) issiqlikning atrof-muhitga yo’qolishi Qy.
Issiqlik balansini tuzamiz:
(4)
bundan
(5)
yoki L(I2 – I1)=∑Q.
Oxirgi tenglamaning o’ng va chap tomonlarini W ga bo’lib, quyidagi ifodani olamiz:
deb belgilaymiz, bo’lgani uchun
(6)
yoki
(7)
Tenglamaga kiritilgan Δ kattalik quritish kamerasi ichidagi kiritilgan va sarflangan issiqliklar ayirmasining 1 kg bug’langan namlikka nisbatini belgilaydi. Bu yerda asosiy kaloriferda isitilgan havo bilan kirgan va chiqqan issiqliklar hisobga olinmaydi. Ko’pincha ∆ quritish kamerasining ichki balansi deb ataladi.
(6) tenglamadan ko’rinib turibdiki, Δ ning ishorasiga ko’ra I2 ning qiymati I1 ning qiymatidan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Agar Δ = 0 bo’lsa, u holda I2 = I1.
3.Real quritkichdagi protsessni diagrammada tasvirlash.
Nazariy quritishlarda Δ = o bo’lsa, real quritkichlarda esa Δ ≠ 0. Ikki xil sharoit bo’lishi mumkin: a) Δ > 0; b) Δ < 0. Avval Δ > 0 bo’lgan sharoit uchun I – x diagrammada quritish chizig’ining shaklini ko’ramiz.
B erilgan shartlar bo’yicha dastlab nazariy quritishning chizig’i CB ni tuzamiz. Quritish kamerasiga qo’shimcha issiqlik kiritilganda (Δ >0), real quritkichning chizig’i B nuqtadan boshlanib, I1 = const chizig’ining yuqorisidan o’tadi (7.4-rasm). Real protsessning oxirgi nuqtasi C1 nazariy protsessga tegishli bo’lgan φ = const chiziqda yotadi. BC1 chiziqni tuzish uchun (1) va (6) tenglamalarini o’zaro solishtirib, quyidagi ifodani olamiz:
(8)
B
|
| |