• Pnevmatik quritgichlar.
  • SCHO quritgichi
  • VTI (Vsesoyuzniy teplotexnicheskiy institut) quritgichi




    Download 52,22 Kb.
    bet7/12
    Sana30.11.2023
    Hajmi52,22 Kb.
    #108347
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mundarija Kirish I bob quritish qurilmalari haqida umumiy tushun-fayllar.org (1)

    VTI (Vsesoyuzniy teplotexnicheskiy institut) quritgichi gisht imorat ichiga joylashgan uchoqdan iborat. Uning quritish kameralari, bunkeri, pitateli, urug‘larni olib kelib va olib chiqib ketadigan transport elementlari bor. Quritgich temir-beton
    konstruksiyadan yasaladi; uzunligi 12 m. Quritish tezligi quritgichning unumdorligiga va quritiladigan urug‘ning namligiga bog’liq.
    Namligi kritik nuktadan yuqori bo’lgan urug‘lar ikki bosqichda quritiladi, avval tez fursatda 3-4% nami yo’qotilib, so’ngra ikkinchi marta chala nam urug‘lar yana quritgichdan o’tkaziladi va namligi 7-8% ga yetguncha quritiladi.
    Pnevmatik quritgichlar. Donador (lekin qovushib qolmaydigan ) va kristall materiallarni quritish uchun pnevmatik quritgichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi h 25 m gacha bo’lgan vertikal trubada olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi bilan birga xarakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning xarakat tezligidan katta bo’ladi. (10-30 m/s). Bunday trubasimon quritgichlarda jarayon juda qisqa vaqt (1-3s) davom etadi, shu sabali material tarkibidagi erkin namlikning bir qsimi ajralib chiqadi.
    Pnevmatik quritgichda material bunkerdan ta‘minlagich orqali vertikal truba quritgichga tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal trubaga yuboriladi. Trubada havo oqimi material zarrachalarini o’zi bilan birga olib ketadi. Havo qurigan material bilan birga yig’uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o’tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, so’ngra to’qish qurilmasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan so’ng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmatransport rejimida olib boriladi.
    Pnevmatik quritgichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material zarrachasining o’lchami kichrayishi bilan kamayadi, biroq zarrachalarning o’lchami 8-10 mm dan oshmasligi kerak. Katta o’lchamli zarrachalari bo‘lagn materiallarni quritish hamda materialdan namlikni chiqarish uchun pnevmatik quritgichlarni boshqa tipdagi quritgichlar bilan birga ishlatish zarur.
    Demak, tuzulishi oddiy va ixcham bo’lishidan kati nazar pnevmatik quritgichlarni ishlatish chegaralangan
    SCHO quritgichi iki, uch va besh kamerali, g‘ishtdan yasalgan baland pech bo’lib, urug‘lar 200-2500 temperaturada gaz bilan quritiladi. Uning ayrim kameralari quritish, ayrimlari sovutish uchun mo‘ljallangan.
    Maxsus sim turlari kameralarning tokchalariga quritiladigan urug‘‘lar 70-75 mm qalinlikda to‘qiladi. Quritgichning bir qismidan issiq gaz kelib urug‘lar qavatidan o’tadi, ikkinchi qsimida ventilyatsiya kamerasi bo’lib, u orqali o’z issiqligini urug‘larga bergan (sovigan) gaz truba dan chiqib ketadi. Ventilyatsiya trubalarini tozalash uchun maxsus tuynuklar bor. Urug‘lar yuqoridagi ta‘minlagichdan quritgichga to‘xtovsiz kelib turadi. Qurigan urug’lar truba va noriya orqali qiya qilib o’rnatilgan tokchali sovutish kolonnasiga tushib, truba orqali ro‘parasidan kelayotgan sovuq havoga duch keladi. Qizigan urug’lar bilan isitilgan havo truba dan chiqib ketadi. Quritgichdan chiqayotgan urug’lar 3,4-4,0% gacha namini yo’qotadi, temperaturasi 650 gacha bo’ladi.

    Download 52,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 52,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VTI (Vsesoyuzniy teplotexnicheskiy institut) quritgichi

    Download 52,22 Kb.