• Yorug’likning sochilishi
  • YORUGʻLIKNING QUTBLANISHI. TABIIY VA QUTBLANGAN YORUGʻLIK




    Download 201,98 Kb.
    bet11/16
    Sana12.02.2024
    Hajmi201,98 Kb.
    #155334
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Mundarija kirish I bob. Tabiiy yorug’lik manbalari va ularning x

    YORUGʻLIKNING QUTBLANISHI. TABIIY VA QUTBLANGAN YORUGʻLIK Interferensiya va difraksiya hodisalari ham ko'ndalang, hambo'ylama to'lqinlar uchun kuzatiladi. Shu bilan birga shunday hodisalar borki, ular uchun yorugʻlik to'lqinining ko'ndalang to'lqin ekanligi prinsipial ahamiyatga egadir. Bunday hodisalar qatoriga yorugʻlikning qutblanishi ham kiradi. Ixtiyoriy yorug'lik manbasi (quyosh, sham) dan tarqalayotgan yorug'lik nurlari deganda shu manbaning atomlaridan chiqayotgan yorugʻlik to'lqinlarining aralashmasi tushiniladi.
    Yorug’likning sochilishi
    Tiniq bo'lmagan muhitlarda, ya'ni optik jihatdan bir jinslimas bo'lgan muhitda ham yorugʻlik difraksiyasi kuzatiladi. Bunday muhitlarga aerozollar (bulut, tutun, tuman), emulsiya, kolloidli eritmalar va hokazolar kiradi, ya'ni mayda zarrachalar suzib yurgan muhitlar kiradi.
    Yorug'lik bunday muhitdan o'tayotib tartibsiz joylashgan bir jinsli bo'lmagan joylardan, zarralardan difraksiyalanadi va hamma yo'nalishda bir xil intensivlik beradi, bunda aniq bir difraksion manzara hosil bo'lmaydi. Bu hodisa tiniq boʻmagan (xira) muhitda yorugʻlikning sochilishi deb ataladi. Misol uchun quyosh nurining ingichka dastasi changli havodan o'tayotib, sochiladi va ko'rinadigan bo'lib qoladi.
    Quvvat Pkr=20 kVt gat eng bo’lsa yorug’lik chetga tarqalmasdan dasta bo'lib tarqaladi. P>Pkr da dasta muhitda siqilib P• 1/ , o'z-o'zidan fokuslanadi. Buning sababi muhit sindirish ko'rsatkichi yorugʻlik intensivligi ortib borishi bilan ortishidir:
    Moddalarning tuzilishi ularning elektromagnit xossalariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun moddalarning elektromagnit xossalarini o’rganish ularning tuzilishini o’rganishga va tuzilishi xossalariga qanday ta’sir etishini bilishga yordam beradi. Moddalarning elektromagnit xossalari ulardagi elektronlarning, «xatti-harakati» ga bog’liq. Ko’pincha kimyoviy reaksiyalar elektromagnit maydonida yoki yorug’likda boradi. Masalan, elektrolit eritmalarda ionlarning hosil qilgan elektr maydoni qo’shni atom — molekulalarga ta’sir etadi.Shu sababdan, moddalarning elektromagnit xossalarini o’rganish alohida ahamiyatga ega. Quyida moddalarning elektr xosslari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Atom yoki molekula elektr maydoniga kiritilsa, uning musbat va manfiy zaryadlari maydonning qarama-qarshi zaryadlangan qutblari tomon, ya’ni moddaning musbat zaryadlari maydonning manfiy qutbi tomon, manfiy zaryadlari esa maydonning musbat qutbitomonsiljiydi. Natijada, musbat va manfiy zaryadlar bir-biridan uzoqlashadi va ularning markazi bir-biridan ma’lum masofada bo’ladi. SHunday qilib, dipol hosil bo’ladi. Demak, maydonga qutblanmagan modda kiritilsa, u qutblanib qoladi, qutblangan modda kiritilganda esa qutbliligi (dipol momenti) ortadi. Moddalarning maydon ta’sirida bunday o’zgarishi, ya’ni tashqi elektr maydon ta’sirida elektron va atom yadrosi bulutining, molekula va ionlarda bir-biriga nisbatan siljishi qutblanish deyiladi. Maydon ta’sirida vujudga kelgan dipol induksiyalangan dipol deb ataladi.

    Download 201,98 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 201,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YORUGʻLIKNING QUTBLANISHI. TABIIY VA QUTBLANGAN YORUGʻLIK

    Download 201,98 Kb.