Mundarija kirish I bob. Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi bo'yicha umumiy ma’lumotlar




Download 271,31 Kb.
bet6/16
Sana14.05.2024
Hajmi271,31 Kb.
#233149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi

Joriy (qisqa muddatli) majburiyatlar «balans hisoboti sanasidan boshlab bir yil davomida yoki oddiy operatsion sikl davomida, agar u bir yildan ko’p bo’lsa, to’lanadigan summalar» deb ta’riflanadi. Joriy aktivlar deb korxonaning ishlab chiqarish sikli yoki hisobot davridan boshlab bir yil davomida, ulardan qaysi birining muddati o’zunrok bo’lsa, nakd pulga almashtirilishi mumkin bo’lgan yoki asosiy faoliyatida qo’llanishi mumkin bo’lgan aktivlar hisoblanadi. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar orasidagi bog’liqlik borligi sababli, joriy aktivlarga qo’llaniladigan vaqtinchalik ko’rsatkichlar, asosan joriy majburiyatlarga ham qo’llaniladi.
Mablag’larni qarzga olishdagi bozor foiz stavkasidir. Real foiz stavkasi qarzning kelgusi pul to’lovlarini diskontlash uchun qo’llaniladi. Qarzdor tomonidan olingan pul mablag’lari yoki pul ekvivalentlari summasiga real foiz stavkasi qo’llaniladi.
To’lanadigan pul mablag’lari va mulklar shaklidagi to’lanadigan dividendlar.
Direktorlar kengashi tomonidan e’lon qilingandan keyin, pul mablag’lari va mulk shaklidagi dividendlar, agar ular kelgusi yil yoki operatsion sikl davomida, ulardan qaysi biri o’zunrok bo’lishiga bog’liq holda, joriy majburiyat deb aks ettirilishi kerak. Pul mablag’lari va mulk shaklidagi dividendlar xuquqiy asosda e’lon qilingan sanadan to’lanish sanasigacha majburiyat deb aks ettiriladi. Direktorlar kengashi tomonidan rasman e’lon qilinmagan imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar va boshqa har qanday dividendlar bo’yicha majburiyatlar tan olinmaydi. Kumulyativ imtiyozli aksiyalar bo’yicha majburiyatlarda dividendlar moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlarida ochib berilishi kerak.
Hisoblangan majburiyatlar. Hisoblangan majburiyatlar o’z ichiga ta’til to’lovlari, mukofotlar va kreditorlarga beriladigan, lekin hali to’lanmagan foizlarni oladi. Hisoblangan majburiyatlar hisobot davri oxirida tuzatish yozuvlarini kiritish orqali aks ettirilishi mumkin.
Bunaklar va qaytariladigan depozitlar. Kompaniya mijozlardan va xodimlaridan depozitlar olganda maxsus majburiyat vujudga keladi. Depozitlarni kelgusida kelib chiqishi mumkin bo’lgan majburiyatlarni to’lash yoki bitimni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish kafolati sifatida mijozlardan olish mumkin. Masalan, buyurtma olinganda, kompaniya buyurtmani bekor qilish holatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun bunak to’lashni talab qilishi mumkin. Pul mablag’larni olayotgan kompaniyada bunday bunaklar natijasida ho’jalik muomalasining yakunlanish paytigacha majburiyatlar kelib chiqadi. Bunaklar pul mablag’larni debetlash va majburiyat yoki mijoz depozitlari kabi schyotni kreditlash orqali aks ettiriladi.
Kelgusi davr xarajatlari (bunak tariqasida olingan daromadlar). Yukni yetkazib berish yoki xizmat ko’rsatishdan oldin bunak tariqasida olingan pul mablag’lari bo’yicha majburiyat kelib chiqadi. Daromadni identifikatsiya qilish tamoyshshga asosan, bu mablag’lar daromad deb tan olinishi mumkin emas. Bunak tariqasida olingan daromadlarga: kollejda o’qish uchun to’lov, ijara to’lovi, chiptalarning sotilishi va jurnallarga obuna bo’lish uchun to’lovlar misol bo’la oladi. Bunday ho’jalik muomalalar pul mablag’larning debeti va tegishli joriy majburiyatlar hisob varaqlari kredita bo’yicha aks ettiriladi. Ko’pincha «kelgusi davr daromadi» deb ataladigan bu hisob varaq, aniqlovchi so’zga ega bo’lishi mumkin, masalan obuna uchun to’lovni olganda u obunadan olingan kelgusi davr daromadi bo’lishi mumkin. Bu hisob varaq boshqa nomlarga ham ega bo’lishi mumkin, masalan: «oldindan to’langan obunadan daromad» yoki «bunak tariqasida olingan obunadan daromad».
Keyinchalik, maxsulot yetkazilgan yoki xizmatlar ko’rsatilgan, va daromad ham xaqiqatdan ishlab olingandan keyin, kelgusi davr daromadlari schyota kamayadi, daromadning tegishli schyoti esa kreditlanadi. Bu oxirgi yozuv odatda yil oxiridagi tuzatish yozuvlaridan biri hisoblanadi.4
1 noyabrda "Zoreks" kompaniyasi kelgusi olti oy uchun 6,000 summada ijara to’lovini oldi. Hisobot davri 31 dekabrda tugaydi. Yozuvlar quyidagicha bo’ladi: 200x yil 1 noyabr - Bunak tariqasida olingan ijara to’lovi:
Pul mablag’lar 6 000
Bo’nak tariqasida olingan ijara daromadi (yoki ijara 6 000
bo’yicha kelgusi davr daromadi)
200x yil 31 dekabr - Summaning ishlab olingan qismi bo’yicha tuzatish yozuvi:
Bunak tariqasida olingan ijara daromadi (yoki ijara 2 000 bo’yicha kelgusi davr daromadan)
Ijaradan olingan daromad (6 000) (2/6) 2000
Bunak tariqasida olingan kolgan 4 000 daromad summasi joriy majburiyat deb aks ettiriladi, chunki «Zoreks» kompaniyasida kolgan turt oy davomida xizmatlar ko’rsatish majburiyati bor.
Kelgusida xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyatga boshqa misol kabelli televideniye bo’lib hisoblanadi, qaysi-ki, pul mablag’lari xizmat ko’rsatilgunga qadar yigib olinadi. Kompaniya o’z majburiyatlariga xizmatlar uchun oldindan tulov deb nomlanadigan hisob varaqni qo’sh ad i.

Download 271,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 271,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish I bob. Uzoq muddatli majburiyatlar hisobi bo'yicha umumiy ma’lumotlar

Download 271,31 Kb.