Mundarija kirish I bob. Xitoy tilini o'qitishda til o'rgatish bosqichlari talablari




Download 105.5 Kb.
bet3/6
Sana28.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#54461
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishiGGG
Электронный документ (1), 4 Маруза 4 Бош туплам ва Танланма туплам материалқ, testlar to\'plami, JALILOV JAVOHIRBEK ZOKIRJON O\'G\'LI TOIFA SERTIFIKAT, [Erica Meltzer] Reading, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, Документ 40, Prezentasiya transformatrlar 08.02.2023 uchun maxsus, Texnikaviy chiz, GULSHAN (Автосохраненный), Tub va murakkab sonlar. Tub sonlar to‘plamining cheksizligi. Era, ТЕХНОЛОГИЯ ПОЛУЧЕНИЯ ВЯЛЕНЫХ ТОМАТОВ, 5-6-7 (1), Методичка Наращивание ресниц по форме глаз
1.2. Xitoy tili o'qitish bosqichlari
Xitoy til o'quv predmetining majburiy kursi metodik jihatdan turlicha davrlashtirib kelingan. Davrlashtirish odatda boshlang'ich (V-VI-sinflar), o'rta (VII-VIII-sinflar) va yuqori (IX-XI-sinflar) bosqichlar bilan chegaralangan. Hozirgi paytda umumiy o'rta ta'lim maktablarida chet tili ikki - boshlang'ich (V-VI) va o'rta (VII-VIII) bosqichlarga bo'lib o'rgatiladi. Uchinchi - yuqori bosqich esa akademik litsey va kasb hunar kollejini òz ichiga oladi.
Bosqichlarga ajratishda, bir tomondan, xitoy tilini o'qitish xususiyati hisobga olinsa, ikkinchi tarafdan o'quvchilar yoshi nazarda tutiladi. O'quvchining yosh xususiyati ruhshunoslarning teran nazariy va eksperimental tadqiqotlarida atroflicha ishlab chiqilgan. Xitoy tili o'qitish jarayonini tashkil qilishda ruhshunoslik va odamshunoslik ilmiy manbalariga suyanib ish tutiladi.
O'quvchilarning yosh va shaxs xususiyatlarini, ya'ni tafakkur, xotira, diqqat, idrok, faoliyat jihatlaeini hisobga olib, o'qituvchi xitoy tili o'rgatishda ularga farqli yondashadi va oqilona ish ko'radi. Xitoy tili ta'limining uch bosqichga ajratilishi mazkur vazifani bajarishga xizmat qiladi.
Til o'rganishda nutq faoliyatini egallash bosqichlari ham nazarda tutiladi. E'tibor leksik - grammatik material hajmi va nutq faoliyati turlarining o'zaro munosabatiga qaratiladi. Xitoy tili o'rganishning zamini yaratiladi, ko'nikma va malakalar bosqichma - bosqich rivojlantiriladi. O'rta maktabda xitoy til oʻqitishning maqsadlariga ko'ra, nutq faoliyati turlarini egallash nuqtayi nazaridan ta'lim jarayonini ikki yirik pallaga bo'lish ham mumkin: birinchisi V-VII-sinflar va qolgan barcha sinflar ikkinchi konsentr hisoblanadi. Birinchisida gapirish va tinglab tushunish , ikkinchisida esa o'qish va tinglab tushunish amaliy maqsad maqomida o'rgatiladi.
Xullas, xitoy tili o'qitishni tashkil etishda an'anaviy uch bosqich boshlang'ich, o'rta va yuqori nomlarini olgan . Shu bilan bir paytda , chet tilda nutq malakalarini hosil qilish pallalarini shartli ikki konsentrli jarayon deb tan olish ham mantiqan maqbuldir. Birinchisida tashkiliy, ikkinchisida esa nutqiy bosqichlarni farqlashga duch kelamiz. Ruhshunoslik, ta'limshunoslik va o'qitish metodikasi ma'lumotlariga asoslanib, uch bosqichli xitoy tili o'qitish jarayonining tahliliga kirishamiz .
1. Boshlang'ich bosqich. Nutq faoliyatiga zamin hozirlovchi ushbu pallaning keyingi bosqichlarida xitoy tili ta'limi samaradorligini oshirishda ahamiyati beqiyosdir. Aqliy va ruhiy rivojlanishda V-VI-sinf o'quvchilari bir toifada turadi. Ular yangi o'quv predmetini qiziqish bilan kutib oladilar. O'qituvchiga taqlidan o'rganishni yaxshi ko'rishadi. Ashula, she'r, o'yinlarni yoqtirishadi. Xitoy tilida gapirish va tinglab tushunishning kamtarona malakalari bilan birga yozish va o'qishdek til texnikasi ko'nikmalarini o'zlashtirishga sezilarli vaqt va kuch sarflanadi. Ushbu bosqichga o'quv rejasida nisbatan ko'proq vaqt ajratiladi. Sinflar kichik guruhlarga bo'lib o'qitiladi. Bu bosqichda o'quvchilarning barqaror eshituv-talaffuz ko'nikmalari shakllantiriladi. Til birliklarining eshitish-harakat timsollarini hosil qilish yo'lida gapirish va ovoz chiqarib o'qish ko'p mashq qilinadi. Ma'lumki, boshqa nutq faoliyati turlari gapirish orqali oʻrgatiladi.
Boshlang'ich bosqichda o'quvchilarning muallim hikoya va ko'rsatmalarini tinglab tushuna olishlari, o'rgangan til materiali asosida rasmga qarab gapirib berishlari, matn mazmunini aytib berishlari, o'tgan mavzular bo'yicha suhbat qura olishlari, matnni o'qib tushunishlari talab qilinadi. Berilgan savolga javob qaytarish, savol berish, taklifga rozilik yoki qarshilik bildirish, juft nutqda sherigining gaplarini tushunish malakalarini egallaydi. Og'zaki nutq va o'qish mavzulari, asosan, maktab va uy haqida bo'ladi. Leksik-grammatik material aktiv minimum maqomida o'zlashtiriladi.
Birinchi o'quv yilining oxiriga kelib o'quvchi ichda o'qishni ham mashq qila boshlaydi. O'qilish qoidalari odatda leksik grammatik birliklarni o'zlashtirishga qarab berib boriladi, ikki va undan ortiq lisoniy misol paydo bo'lgach, tegishli qoida chiqariladi.
Husnixat va imlo ko'nikmalarini VI-sinf yakunlanguncha egallaydi. Uyga vazifa qilib yozma topshiriqlar va ovoz chiqarib o'qish beriladi, ular sinfda o'rganilganlarni mustahkamlash maqsadida bajariladi.
Boshlang'ich bosqich metodikasining eng murakkab masalasi nutq faoliyati turlarini baravar o'rgatish yoki ularni ayrim-ayrim, ketma-ket o'rgatish ma'qul yoki noma'qulligida. Muammoning chigalligi yana shundaki, ogʻzaki nutqdan o'qishga qarab borish kerakmi yoki aksincha yo'l tutish zarurmi, degan savollarni hal qilish bilan bog'liq.
Metodika nazariyasi va maktab amaliyotida ikkita ilmiy termin tez-tez uchrab turadi: og'zaki kirish kursi va og'zaki ilgarilash. Boshlang'ich bosqichning o'ta dolzarb masalalari shu ikki tushunchaga taalluqli. Mavjud adabiyotlarda mazkur boshlang'ich o'qitish turlari keng ko'lamda yoritilgan.
Ma'lum muddat og'zaki nutqni o'rgatib, keyinroq yozma nutqqa o'tiladigan metodik yondashish og'zaki kirish kursi nomini olgan. Bir chorak mobaynida og'zaki mashqlarnigina bajarish tavsiya qilingan darsliklar mavjud. Qator davlatlarda og'zaki kirish kursining turli ko'rinishlari ishlab chiqilgan va birinchi o'quv yilida joriy etilgan. Ularning har birini metodik sistema shaklida ishonarli qilib, ilmiy asoslab berishgan. Metodikada u haqda ko'p yozilgan.
O'zbekiston maktablarida xitoy tilini og'zaki ilgarilash metodik mezoniga ko'ra o'qitish qabul qilingan. Xitoy tili o'qitishning boshlang'ich bosqichida og'zaki ilgarilash terminining ma'nosi shundan iboratki, o'rganilmish leksika avvaldan og'zaki mashqlarda, 1-5-darsdan so'ng yozma shaklda egallab boriladi. Bir qarashda nutq faoliyati turlari gapirish, tinglab tushunish, yozuv va o'qish har bir darsda ishtirok etadi. Dastlabki bir necha darsda faqat ogʻzaki mashqlar bajariladi. Masalaga yaqindan yondashilsa, shu narsa ayon bo'ladiki, og'zaki nutq materiali miqdoran yozma nutqdagidan ancha ko'proq. Og'zaki oʻrganilgan leksik-grammatik birliklar asta-sekin yozuvda o'rganila boshlanadi. Demak, og'zaki va yozma taqdim qilinadigan materialda farq seziladi. O'quv yili oxirida barcha material to'rtala nutq faoliyati turida ham o'rganilgan bo'ladi. Dasturiy til materialini avvaldan og'zaki va bir muddat keyinroq yozma shaklda mashq qilish metodik hodisasini og'zaki ilgarilash yoki og'zaki nutqning oldin yurishi deyiladi.
V-sinfda og'zaki ilgarilash tufayli tinglab tushunilgan va gapirishda o'zlashtirilgan material avval yozuvda, so'ng o'qishda beriladi, VI-sinfda tinglab tushunish va gapirishdan keyin o'qish va oxirida yozuv mashq qilinadi.
O'rta bosqich. O'rta maktabning VII-IX sinflari o'quvchilari tahsil koʻradigan ushbu bosqich, biir tomondan, oraliq davr hisoblanadi, ikkinchidan, xitoy tilda nutq ko'nikma va malakalarini o'stirishning yangi pallasi sanaladi. Bu palla o'rta umumta'lim maktabining yakuniy bosqichidir. Ayrim o'quv predmetlariga, jumladan, chet tilga qiziqishning so'nishi hollari uchrab turadi. Til materialini o'rganishda onglilikka e'tibor kuchayadi.
Ushbu bosqichda aktiv leksik va grammatik materialni o'rganish davom etadi. Og'zaki nutq yetakchi amaliy maqsad va muhim ta'limiy vositalardan biri maqomini saqlab turadi. O'qishning malaka sifatida mavqeyi o'zgaradi, u asosiy amaliy maqsad darajasiga chiqa boshlaydi. Yozma matndan qiziqarli va foydali axborot olishga e'tibor oshadi. Xullas, og'zaki nutq va o'qish malakalariga sarflanmish kuch va vaqt baravarlashadi. VII-sinf oxiriga kelib oʻqishning amaliy maqsad maqomini egallashiga zamin hozirlanadi.
Ikkinchi bosqichning oxirida o'quvchilar berilgan mavzular bo'yicha og'zaki fikr bayon eta olish, tinglangan yoki o'qilgan matn mazmunini aytib berish, suhbatda qatnashish va xat yozish malakalariga ega bo'ladilar. Gapirganda o'z munosabatini bildirish, o'zlarining nuqtayi nazarini asoslash, sabab-oqibat bog'lanishini izohlay olishni mashq qilishadi. Suhbat chog'ida munosib replikalar qo'llay olish, juft nutqda 7 tagacha replika ishlata olish va yakka nutqda 12 tagacha gap ayta olish talab qilinadi. O'qiganda 3-4 foiz notanish so'zli matnni lug'atsiz o'qib tushunish, ularning ma'nosini kontekst yoki so'z yasovchi unsurlar yordamida fahmlab olish, notanish so'z miqdori yuqoridagidan ko'proq uchraganda, lug'at bilan o'qib tushunishga erishadilar. VIII-sinfda hamma aktiv grammatik hodisalar deyarli o'rganib bo'linadi. Avval leksik tarzda o'rganilgan grammatik birliklar ham endi, miisol yetarli bo'lsa umumlashtiriladi. Og'zaki ilgarilash bir mashg'ulot ichki chegarasida davom etadi. O'qishda notanish so'zlarga duch kelish sababli ingliz va fransuz tillarini o'rganuvchilar transkripsiya bilan to'liq tanishishadilar.
VIII-sinfda ikki tillik lug'at ishlatish boshlanadi va lug'at bilan mustaqil ishlashga kirishadilar. O'rta bosqich tugashida uch daqiqagacha davom etadigan muallim nutqini tinglab tushunish va darsda hamda xitoy tili xonasida mustaqil eshitish tavsiya qilinadi. O'qishning salmog'i oshib borishi matn hajmining kattalashishi, o'qishning umumiy ko'lami kengayishi, asosan, uyda ovoz chiqarmay o'qish kabilarda namoyon bo'ladi. Tanishuv o'qish shakllantiriladi. Bosqich yakunida tahlil unsurlari bilan mutolaa boshlanadi. Bu davrda uyda o'qib yozma tarjima qilish o'rgatiladi va sinfda tekshiriladi. Yozuv bo'yicha kichik-kichik insholar mashq qilinadi, sinfda muhokama qilinib, uyda yoziladi. Haftalik o'quv soati kamligi tufayli bu bosqichda mustaqil ishlarga katta o'rin beriladi. Turli-tuman ma'lumotnomalardan foydalanish malakalari o'stiriladi. V-IX-sinfda "Tevarak-atrof, Mamlakatimiz" mavzulari haqida gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozuvga asos bo'ladi. O'rganilgan leksik va grammatik material to'lig'icha aktiv minimumni tashkil qiladi.
O'rta bosqichda nutq ko'nikma va malakalarining ma'lum darajada egallash yakunlanadi. Xullas, o'rta bosqichda o'rganilgan og'zaki nutq materiali va mavzulari yuqori bosqichda ham gapirish va yozuvga asos hisoblanadi.
3. Yuqori bosqich. Xitoy tili o'qitish o'rta ta'lim kursi yakunlanadigan ushbu davrning ham o'ziga xos xususiyatlari bor. Ta'lim dasturida nutq malakalariga qo'yilgan yakuniy maqsadlar amalga oshiriladi. 16-18 yoshlilarning xususiyatlariga binoan purmazmun matnlarni o'qish birlamchi vazifaga aylanadi.
Bu bosqichni shartli holda ikki davrga ajratish mumkin: birinchi yarim yili ( 1- va 2-choraklar ) va 3-choragidan III-kurs oxirigacha bo'lgan vaqt. I-kurs o'quvchilari, odatda, turli maktab yoki sinflardan yig'ilishi mumkin. Bilim saviyasi bir xil bo'lmaganligidan ularning nutq malakalarini tenglashtirishga to'g'ri keladi. Yarim yil mobaynida asosan takrorlash davrini boshdan kechiradilar. Har bir litsey va kollejning I-kurs o'quvchisining shaxs xususiyatlariga qarab, yakkama-yakka ishlar bajariladi.
O'rganiladigan grammatik hodisalar endi passiv minimumga kiradi, ya'ni tinglab yoki o'qib tushunish paytida tanib olishga mo'ljallanadi. Ilgari bir ma'noda o'zlashtirilgan, aslida polisemantik so'zlarning yangi-yangi ma'nolari ochib beriladi. Leksikaning teng yarmi aktiv va qolgan qismi passiv tarzda o'zlashtiriladi.
O'qish birlamchi amaliy maqsad huquqini oladi. Tinglab tushunish va gapirish malakalari o'qilgan material hamda o'qish mavzusi asosida rivojlantiriladi. Aksariyat yakkanutq mashqlari matn mazmuni doirasida bajariladi. Og'zaki nutqning ilgarilashi mezoni bu davrda o'z kuchini yo'qotadi.
Matnlarga qo'yiladigan talablar kuchayadi: matnning tili murakkablashadi, kitobiy uslubdagi yozma matnlar asosiy o'rinni egallaydi, moslashtirilgan parchalardan tashqari asliyatdagi matnlar o'qiladi. Badiiy adabiyotlardan olingan parchalarda tili o'rganilayotgan mamlakat hayotiga taalluqli ilmiy-ommabop matnlar salmog'i ko'paytiriladi. Matbuot ( gazeta, jurnal ) dan maqolalar tanlab o'qitiladi. Ular mutolaa turidagi o'qishga mo'ljallanadi.
Uyda o'qish bilan astoydil shug'ullanish boshlanadi. Matn oldi va matndan keyingi mashqlar sinfda bajariladi. Sinfda o'qiladigan matnlar esa hajman kichik bo'lib, ichda o'qish tezligini oshirishni mashq qilish uchun tavsiya qilinadi.
Avvalgi bosqichlarda unchalik kuzatilmagan til o'rganishda onglilik kuchaytiriladi. O'qilish qoidalari, ma'lum ma'noda, nazariy tartibga solinadi, yuqori bosqich o'quvchilari yangi so'zlarni mustaqil o'qiydilar. Grammatik bilimlar ham qoidalarda umumlashtiriladi, turli lisoniy jadvallar tuziladi va amaliyotda qo'llanadi. Grammatik ma'lumotnomalardan foydalanib ish ko'rishadi.
Yuqori bosqichda "hukmron" o'qish turi sanalmish tanishuvga ko'plab matnlar berib boriladi. Kuzatuv o'qish ham qisman bajariladi. Kuzatuv o'qishda hajmi katta matnlar olinadi. O'qish turidan qat'iy nazar yangi va foydali axborot olish, ya'ni kitobdan haqqoniy hayotda foydalanish mumkin bo'lgan o'qish bilan o'quvchilar mashg'ul bo'ladilar. Chet til ta'limi dasturida qayd etilganidek, o'rta maktabni tugatuvchidan chet tildan o'qish maqsadida kelajakda bemalol foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi talab qilinadi, binobarin, o'qish yetakchi amaliy maqsad maqomini egallaydi.
Uch bosqichli majburiy ta'lim kursini o'tgan o'quvchi dasturiy talablarga ko'ra gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozuv malakalarini egallab, hayotiy ehtiyoj tug'ilgan kezlarda o'qib axborot olishga tayyorlanadi.



Download 105.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 105.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish I bob. Xitoy tilini o'qitishda til o'rgatish bosqichlari talablari

Download 105.5 Kb.