• Frenel kozgulari.
  • Frenel biprizmasi
  • Ikki manba beradigan interferension manzarani hisoblash.
  • teng qalinlikdagi interfensiyalar
  • Mundarija kirish I. Bob. Yorug‘lik tezligining aniqlash usullari




    Download 0.8 Mb.
    bet11/12
    Sana09.06.2022
    Hajmi0.8 Mb.
    #23340
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    yoruglik
    2045258, Амалиёт шартномаси lotin (2), Бизнес ҳуқуқи фанидан мустақил иш мавзулари, KT 4-laboratoriya, 3-dedline, Diplom, 1-mustaqil ish2 (2), Документ Microsoft Word, timsol 1 topshiriq 1, Destination A1, Operatsion tizimlar ISHCHI DASTUR 2022-2023 (4), Amaliy topshiriq, Rahbarlik odobi va muomala madaniyati, MEg6JPDlMrmPVDyfWYOyhuUezxzWouCOrK3mzZc1
    bo'lsa, d=±(2m+1) p bo'ladi va M nuqtadagi to'lqin fazalari qarama-qarshi bo'ladi; intenferension minimum sharti deyiladi.
    Yorug’lik intenferensiyasini kuzatish usullari. Yorug’lik intenferensiyasini kuzatish uchun kogerent yorug’lik dastasi bo'lishi kerak. Lazerlar ixtiro qilinishidan oldin dasta bo'linar va so'ngra ular qo'shilib intenferension manzara olinar edi. Bundagi ba'zi usullarni ko'rib o'taylik.
    Yung usuli. Bunda ikkita kichik tirqishi bo'lgan ekran yordamida yorug’likni "ikkiga ajratish" mumkin. S yorug’lik manbai ekranning tirqishlarida yorug’likning S1 va S2 ikkilamchi manbalarini hosil qiladi. Asosiy S manba nurlanayotgan to'lqinlarning fazalari ham shunga mos holda xuddi shunday o'zgaradi, ya'ni S1 va S2 manbalar nurlanayotgan to'lqinlarda fazalar ayirmasi hamma vaqt o'zgarishsiz qoladi-bu manbalar kogerent bo'ladi.


    Frenel ko'zgulari. Kogerent manbalar hosil qilishning ikkinchi - usuli bir-biriga 1800 ga yaqin burchak ostida o'rnatilgan 2 ta yassi ko'zgudan yorug’likning qaytishiga asoslangan. Bu tizimda yorug’likning S asosiy manbaining S1 va S2 tasvirlari kogerent manbalar bo'ladi.
    Frenel biprizmasi ikkita bir xil sindirish burchaklari kichkina bo'lgan va asoslari birlashtirilgan prizmalardan iborat. S manbaidan tarqalgan nur prizmalarda sinib, S1, S2 manbalaridan chiqayotgan kogerent nurlardek tarqaladi. Ekranda bu kogerent nurlar qo'shilib intenferensiya hosil bo'ladi.
    Ikki manba beradigan interferension manzarani hisoblash. S1 va S2 kogerent manbalar hosil qilayotgan va P nuqtada qo'shilayotgan yorug’lik to'lqinlarining interferensiyasini ko'raylik.
    Agar nurlar yo'lining ayirmasi l = S1P- S2P ga to'lqinlarning butun soni joylashsa, ya'ni
    l = n =2n /2 (n=0,1,2,3, ...)
    bo'lsa, P nuqtada yorug’likning maksimumi bo'ladi. Agar l =(2n+1) /2
    bo'lsa, P nuqtada yorug’likning minimumi bo'ladi.
    Endi monoxromatik yorug’likning S1 va S2 kogerent manbalarining ekranda hosil qilgan interferensiya manzarasi qanday bo'lishini aniqlaylik. Bu manbalar orasidagi masofa d, manbalardan ekrangacha bo'lgan masofa L bo'lsin, shu bilan birga d <S1 va S2 lardan barobar uzoqlikdagi 0 nuqtadan interferentsiya maksimumlari kuzatiladigan nuqtalargacha bo'lgan x masofani aniqlaylik.
    PCS1 va PBS2 to’g’ri burchakli uchburchaklardan
    PS12=L2+(X+d/2)2,
    PS22=L2+(X-d/2)2,
    bundan PS12-PS22=2xd. Biroq PS1-PS2=Dl, PS1+PS2>>2L, demak Dl2L=2xd va x=LD l/d. Yorug’lik maksimumlari 0 nuqtada x=nλL/d masofalarda hosil bo'lishini, minimumlari esa x = (2n+1) λL/2d masofada hosil bo'lishini aniqlaymiz.
    Bu maksimum va minimumlar mos ravishda bir biriga parallel yorug’ va qorong’i yo'llar ko'rinishida bo'ladi. n=0 ga tegishli bo'lgan markaziy maksimum 0 nuqtadan o'tadi. Qo'shni maksimumlar (yoki minimumlar) orasidagi masofa Dx= λL/d ga teng bo'ladi.
    Shunday qilib, yorug’likning ikki kogerent manbalari ekranda hosil qilgan interferensiya manzarasi yorug’ va qorong’i yo'llarning navbatlashib joylashishidan iborat bo'ladi. Bu manzara yorug’likning nuqtaviy manbalari o'rniga parallel joylashgan tor tirqishlardan foydalanilganda ayniqsa aniq hosil bo'ladi.
    x masofa d ga teskari proportsional. S1 va S2 yorug’lik manbalari orasidagi masofa katta bo'lganda interferentsiya yo'llari orasidagi masofa ajratib bo'lmaydigan darajada kichik bo'lishi mumkin. Shuning uchun aniq interferentsiya manzarasi hosil qilish uchun bir-biridan mumkin qadar kichik masofada joylashgan yorug’lik manbalaridan foydalanish kerak (d< Unga parallel nurlar dastasi tushayotgan bo’lsin. Tushayotgan O nurning bo’linishidan hosil bo’lgan nurlardan ikkitasini: plastinkaning yuqorigi va pastki sirtlardan qaytgan l va 2 nurlarni qarab chiqamiz. Agar linza yordamida ularni P nuqtada uchrashtirsak, ular interferensiyalashadi. υ burchak juda kichik bo’lganda nurlarning yo’llar farqi yetarli darajada aniqlik bilan

    formula bo’yicha hisoblash mumkin.
    Buning uchun b sifatida plastinkaning nur tushayotgan joyidagi qalilinligini olish kerak. Plastinkaning boshqa nuqtasiga tushayotgan O/ nurning bo’lishi hisobiga hosil bo’lgan 1/ va 2/ nurlarni linza P/ nuqtada yig’di. Bu nurlarning yo’llar farqi b/ qalinlik bilan aniqlanadi.
    Agar ekranni Q, Q/,….. nuqtalardan o’tuvchi sirtga qo’shma bo’ladigan qilib joylashtirsak, unda yorug’ va xira polosalar sistemasi paydo bo’ladi. Bu polosalarning har biri plastinkaning bir xil qalinlikdagi joylaridan yorug’likning qaytishi hisobiga hosil bo’ladi. Shu sababli bu holda interferension polosalar teng qalinlikdagi interfensiyalar deb ataladi.



    Download 0.8 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I. Bob. Yorug‘lik tezligining aniqlash usullari

    Download 0.8 Mb.