I. MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH




Download 42,98 Kb.
bet3/9
Sana11.01.2024
Hajmi42,98 Kb.
#134705
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matematika

I. MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
1.1-§. Matematika darslarida zamonaviy axborot texnologiyalari
Matematikaning chegarasiz mamlakat degan iborasini bir necha bor eshitganman. Uning taqiqlanganligiga qaramay, matematikaga oid iboraning juda yaxshi sabablari bor. Inson hayotida matematika alohida o'rin tutadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi.
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartibintizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi.
Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun matematik "Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7 www.openscience.uz 225 madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish – davr talabi. Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘quv fanini akademik bilim berishdan ko‘ra ko‘proq hayot bilan bog‘lash, amaliy misol va masalalarni yechish, o‘quvchilarni mustaqil izlanish, o‘qib o‘ rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o‘quvchi o‘zini majburan partaga mixlab qo‘yilgandek his etmasligi, aksincha, mashg‘ulotlarda kata ishtiyoq, kuchli xohish bilan qatnashishiga erilishi lozim. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldiberdi– hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o‘rgatishi zarur.
Ta’lim vositalari –O’quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitishni samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.
Ta’lim berishning texnik vositalari –o’quv materialini ko‘rgazmali namo-yish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va eslab qolishlariga imkon beradi .Bunday vositalarga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin: diaproektor, grafoproektor, doska-bloknot, doska-stend.
Yordamchi ta‘lim vositalari — grafiklar, chizmalar, namunalar, tarqatma materiallar va boshqalar.
O‘quv-uslubiy materiallar — o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradi (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).
Tа‘lim vоsitаlаri o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham qulay bo‘lishi lozim. O‘qituvchi uchun vоsitаlаr: o‘quv prеdmеtini o‘qitish mеtоdikаsi bo‘yichа qo‘llаnmаlаr, shаhsiy mеtоdikа, murаkkаb mаsаlаlаr bo‘yichа mеtоdik tаvsiyalаr, o‘qituvchilаr tоmоnidаn tаyyorlаngаn mеtоdik ishlаnmаlаr, darslik. Tаlаbаlаrni o‘quv bilish fаоliyatlаrini jаdаllаshtirishgа yordаm bеruvchi hаr turdаgi tа‘lim vоsitаlаrini tаnlаsh vа ulаrdаn fоydаlаnish quyidаgilаrgа bоg‘liq:
1. Mаqsаdni bеlgilаsh;
2. Аsоsiy bilim mаnbаigа;
3. Tа‘lim usuligа;
4. O‘quv mаtеriаlining yangiligi va murаkkаbligigа;
5. Tаlаbаlаrni o‘quv imkоniyatlаrigа.
Tа‘lim vоsitаlаrini tаnlаshni аniqlоvchi оmillаr: mаqsаdni bеlgilаsh; o‘quv аxbоrоt mаzmuni; tа‘lim vоsitаlаri; еtаkchi bilim mаnbаi; o‘quv mаtеriаlining yangiligi vа murаkkаbligi.
Mavzuni o’rganishning taxminiy bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz:
1. Mavzu va uning rejasi beriladi.
2. O’quv faoliyati natijalari eslatiladi.
3. Mavzuni uning ahamiyatga qisqa to’xtalinadi.
4. Mavzuni tushuntirish ketma– ketligi texnologik loyiha asosida o’qituvchi maqsadiga mos kelishi lozim.
5. Talabalar diqqatini jalb etib, mavzu savollari haqida muammoli vaziyatlar hosilqilish.
6. Tushuntirish jarayonida o’quv adabiyotlari yoki tarqatma materal bilan ishlashga ahamiyat beriladi.
7. Talabaning tarqatma materal yoki o’quv adabiyotlardan asosiy tushunchalarni o’qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish.
8. Mavzuni o’rganish darajasini tekshirish, talabalarga og’zaki savollar berib borish orqali, (masalan, analitik geometriya tushunchasining mohiyati nima?)
9. Talabalar javoblariga izoh berish yoki to’ldirish, to’g’ri javoblarni rag’batlantirish.
10. Egallangan bilimlarni tekshirish va baholash; bunda tayyorlangan savollar hamma talabalarga tarqatiladi. Savollarga javob berish uchun muayan (masalan, 10 minut) vaqt beriladi. Berilgan savol varaqlari yig’ishtirib olingach, savollar oldindan tayyorlab qo’yilgan javoblar bilan solishtirib tekshiriladi. To’g’ri javoblar ekranda ko’rsatiladi yoki doskaga ilinadi. Har bir talaba o’zining bilimlarini o’zi tekshirib ko’radi va baholaydi baholash reyting tizimida bo’ladi, o’qituvchi talabalar javoblariga munosabat bildiradi.yuqori baholanganlar rag’batlantiriladi va kam baho olganlarga tanbeh bermasdan, ularni o’qish – o’rganishga da’vat etiladi.
11. Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va mustaqil ishlash ko’nikmasini hosil qilish maqsadida uyga vazifa beriladi. Bunda beriladigan vazifa aniq bo’lishi, berilgan vazifaning bajarilish shakli (referat, konspekt qilish, misol va masalalarni yechish) aniq bo’lishi zarur.
Matematika fanini, o’rganishda ushbularga erishishni maqsad qilib olinadi:
1. matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati anglash.
2. o’quvchining matematik apparatning qo’llanilishiga qiziqishi.
3. amaldagi dastur asosida matematik apparatni o’rgatish.
4. ayrim masalalarning matematik modellarini tuza bilish va uni tahlil qilish.
5. matematik fikrlash va xulosa chiqarish.
6. matematik bilimlarni chuqurlashtirishga yo’naltirib, bu bilimlarni o’z faoliyatida qo’llash.

Download 42,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 42,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Download 42,98 Kb.