|
O’qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tizimli bilim va ko’nikmalar bilan qurollangan jarayondir.
Ta’lim
|
bet | 2/9 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 42,98 Kb. | | #134705 |
Bog'liq MatematikaO’qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tizimli bilim va ko’nikmalar bilan qurollangan jarayondir.
Ta’lim – bu o’qitishning natijasi bo’lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir.
Masofaviy o’qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy o’qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart-sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o’quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim kompleksidir.
Demak, masofaviy o’qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o’qitishning va masofaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.
Ana shunday maqsadlardan asosiysi zamonaviy axborot texnologiyalari xususan axborot texnikalari desak ham bo’ladi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Umumiy o‘rta-ta‘lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta‘lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o‘rganish va yoyish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.
Kurs ishining maqsadi: Matematika darslarida pedagogik texnologiyalarda foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi:
Pedagogik texnologiyalarni nazariyasining umumiy asoslarini o‘rganish.
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish.
Pedagogik texnologiyalarni va ularning turlarini tahlil etish.
|
| |