• II HISOBIY QISM.
  • IV IQTISODIY QISM.
  • V XАVFSIZLIK QISMI. XULOSА. FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI. KIRISH. Bosim
  • Mundаrijа. Kirish I




    Download 51.74 Kb.
    bet1/7
    Sana12.06.2023
    Hajmi51.74 Kb.
    #72026
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1..DIPLOM ISH
    1 Маъруза Mikroprotsessorni sturukturali sxemasi Mikroprotsessorlarni, lesson plan pr, Hisobot ishi.n1






    MUNDАRIJА.
    KIRISH
    I TEXNOLOGIK QISM.

      1. Bosim o`lchash haqida umumiy ma`lumot. …………….............................

      2. Bosim o`lchash vositalarini qiyoslash……………………………

    II HISOBIY QISM.
    2.1 Bosim o`lchash asbobi qiyoslash stendining qurilmalari…………………...
    2.2 Bosim o`lchash asbobi qiyoslash stendining ish prinsipi……………….......
    III METROLOGIK TАSNIFI.
    3.1. Bosim o`lchash asbobi qiyoslash stendining metrologik xarakteristikasi……
    3.2. Ishlab chiqilgan stend yordamida bosimni o`lchash vositalarini qiyoslash......
    IV IQTISODIY QISM.
    4.1. Iqtisodiyotning texnika taraqqiyotidagi o’rni…………………………...……
    4.2. Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar……………………………………….………
    4.3. Kapital xarajatlarni va amartizatsiya ajratmalarni hisoblash…………………
    4.4. Iqtisodiy samaradorligi………………………………………………………
    V XАVFSIZLIK QISMI.
    XULOSА.
    FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YXАTI.
    KIRISH.
    Bosim — biror jismning boshqa jism sirtiga tik yoʻnalishda taʼsir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa(paskal) yoki N/sm2 da oʻlchanadi.
    Kuchlar sirt boʻylab tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda bosim:
    P=F/S
    Bunda F — jism sirtiga taʼsir qiladigan kuch, S— jism yuzasi.
    Bosimning bir necha turi mavjud: Gidromexanik bosim— suyuklikning biror nuqtasidagi bosim. U gidrostatik (tinch holatdagi suyuklikka oid) va gidrodinamik (harakatdagi suyuqlikka oid) xillarga boʻlinadi. Gidromexanik bosimning atmosfera bosimidan katta bosim -ortiqcha bosim, atmosfera bosimidan kichik bosim - vakuummetrik bosim deb ataladi. Bundan tashqari, havo bosimi, bugʻ bosimi, parsial bosim (gazga oid), yonilgʻi ichki yonuv dvigateli silindrida yonganda hosil boʻladigan gaz bosimi va boshqa xil bosimlar boʻladi. Biror idish, qozon hamda boshqalar ichidagi va atrofdagi muhit bosimlari birgalikda mutloq bosim deyiladi.
    Metrologiyada bosim birligi bar yoki mm sim. ust. bilan ifodalanadi. MKS tizimida (qarang Birliklar tizimi) bosim birligi sifatida N/m2 (nyuton kvadrat metr), SGS tizimida—dina/sm2 (dina kvadrat santimetr), MKGSS tizimida—kgk/m2 (kilogramm kuch kvadrat metr) qabul qilingan. Bosim barometr, datchik va manometr bilan oʻlchanadi Katta qiymatlardagi bosimni ifodalash uchun SI sistemasiga tegishli boʻlmagan Bar birligi ham keng ishlatiladi.
    1 bar = 105 Pa = 1.02 kgk/sm2=10200 mm H2O ust.
    Texnikada eng keng tarqalgan bosim oʻlchov birligi bu meʼyoriy atmosfera bosimi xisoblanadi. U erkin tushish tezligi 9,806 m/s va simob zichligi 13.595 boʻlganda, balandligi 760 mm boʻlgan simob ustunini muvozanatlagan xavo bosimi, yaʼni meʼyoriy atmosfera bosimi orqali ifodalanadi. Bunday simob ustuni xar bir kvadrat santimetrga oʻz ogʻirligiga teng boʻlgan bosim bilan taʼsir koʻrsatadi.
    1Ratm = 760 mm Hg ust. = 1,033 kgk/sm2 = 101325 Pa = 1.01 bar.
    Agar bosimni toʻgʻridan toʻgʻri millimetr simob ustuni tarzida ifodalasak,
    1 mm Hg ust = 133,3 Pa = 13.59 mm H2O ust.
    Atmosfera bosimi – er atmosferasidagi xavo ustunining bosimi, uning qiymati barometrlar bilan o’lchanadi, shuning uchun bu bosim ko’pincha barometrik bosim ham deb ataladi. Bosim o’lchaydigan asboblar ishlash prinsipiga ko’ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionizatsion va issiqlik turlariga bo’linadi. O’lchanayotgan kattalikning turiga ko’ra bosim o’lchaydigan asboblar quyidagilardan iborat:
    Manometr – mutloq va ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob. Barometr – atmosferada havoning barometrik bosimini o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Vakkumetr – siyraklanishni o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. Manovakuummetr – ortiqcha bosim va vakkumni o’lchaydigan asbob. Naporomer (mikromanometr) – kichik miqdordagi ortiqcha bosimni o’lchaydigan asbob. Tyagomer – kichik miqdordagi siyraklanishlarni o’lchaydigan asbob. Tyagonaporomer – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o’lchash. Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi.
    Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi:

    Download 51.74 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 51.74 Kb.