|
Dengiz suvining to‘lqin energiyasi
|
bet | 37/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)1.9. Dengiz suvining to‘lqin energiyasi
Hozirgi vaqtda, to‘lqin energetik qurilmalari avtonom qurilmalar, mayoqlar, laboratoriyalarda fan asboblarini energiya bilan ta’minlashda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, yirik to‘lqin stansiyalaridan dengizni burg‘ulashda, ochiq hududlar, xo‘jaliklarda to‘lqin himoyasida foydalanish mumkin. To‘lqin energiyasidan sanoatda foydalanish boshlandi. Hozir dunyoda 400 ga yaqin mayoqlar va navigatsion qurilmalar to‘lqinli moslamalardan energiya oladilar. Hindistonda to‘lqinli energiya yordamida Madras portida mayoq ishlaydi. Norvegiyada 1985-yildan boshlab, dunyoda birinchi, 850 kW quvvatli sanoat to‘lqinli stansiyasi ishlamoqda.
To‘lqinli elektrostansiyalar yaratish barqaror zahirali to‘lqin energiyasiga ega okean hududini tanlash bilan aniqlanadi, unga tebranish beqarorligi tartibini tekislovchi moslama quriladi.
Samarali to‘lqin stansiyalari 80 kW / m ga yaqin quvvat bilan ishlashi mumkin, deb hisoblanadi.
Mavjud qurilmalar sinovi shuni ko‘rsatdiki, ular ishlab chiqaradigan energiya hozircha odatdagisidan 2-3 baravar qimmatroq, ammo, yaqin kelajakda, uning bahosi ancha pasayishi kutilmoqda.
Pnevmatik o‘zgartirgichli to‘lqin qurilmalarda to‘lqinlar ta’siri ostida havo oqimi
vaqt-vaqti bilan o‘z yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartiradi. Aynan shu sharoitlar uchun Uells turbinasi ishlab chiqarilgan, uning rotori havo oqimi yo‘nalishi almashinuvida o‘z aylanish yo‘nalishining o‘zgarmasligini saqlagan holda to‘g‘rilovchi harakatga ega, shunga ko‘ra, generator aylanish yo‘nalishi o‘zgarmasligi ham ta’minlanadi.
Turbina turli to‘lqinli energetik qurilmalarda qo‘llanila boshladi. Kaymey (Dengiz turi) to‘lqinli energetik qurilmasi – eng baquvvat, harakatdagi pnevmatik o‘zgartirgichli qurilma – Yaponiyada 1976-yilda qurilgan. U balandligi 6-10 m bo‘lgan tebranishdan foydalanadi. Uzunligi 80 m , kengligi 12 m , balandligi tumshuq qismida 7 m , quyruq qismida 2,3 m ; suv sig‘imi 500 t bo‘lgan barjada pasti ochiq 22 ta havo kameralari o‘rnatilgan, har biri juft kamera bitta Uells turbinasiga ishlaydi. Qurilmaning umumiy quvvati 1000 kW . Birinchi sinovlar 1978-1979-yillarda Tsuruoka shahri yaqinida o‘tkazilgan hamda qirg‘oqqa energiya uzunligi 3 m ga yaqin bo‘lgan suv osti kabellari orqali uzatib turilgan edi.
1985-yilda Norvegiyada, Bergen sharidan shimoliy-g‘arbiy tomondan 46 km da ikki moslamadan iborat sanoat to‘lqinli stansiyasi qurilgan. Birinchi moslama pnevmatik tizim bo‘yicha Toftestallen orolida ishlagan edi (1.8-rasm).
|
| |