|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 2/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)1. Energiya muammosi
Hozirgi vaqtda iste’mol qilinayotgan energiyaning qariyib, 80 foizi tabiiy yoqilg‘ilar deb ataluvchi ko‘mir, neft, gazlarni yoqish natijasida olinmoqda. Tabiiy yoqilg‘ilar yana bir necha o‘n yil asosiy energiya manbayi bo‘lib qoladi. Keyin esa energiya olishning boshqa yo‘llarini topishga to‘g‘ri keladi.
Tabiiy yoqilg‘ilardan tashqari energiya olishning yana bir manbayi – bu gidroelektrostansiyalardir. Ammo bunday stansiyalarni qurish uchun ko‘plab gektar o‘rmonlardan, yaylov va hosildor yerlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Gidrostansiyalarning sun’iy dengizlari bu yerlarni o‘z suvi bilan bosib ketadi. Bu
sun’iy dengizlar atrofidagi yerlar yer osti sho‘r suvlari ko‘tarilishi natijasida yaroqsiz holga keladi.
Energiya manbalarining yana biri bu - atom energiyasi hisoblanadi. Buning uchun atom elektr stansiyalarini qurish talab etiladi. Ammo bu stansiyalarning naqadar
xavfli ekanligini 1986 - yilda Ukraina Respublikasining Chernobil, 2011 - yil Yaponiyaning Fukusima Atom elektrostansiyalarida bo‘lgan falokat yaqqol ko‘rsatdi. Ammo hayot doim o‘sishda. Xalq xo‘jaligining energiyaga bo‘lgan talabi tobora o‘sib boraveradi va energiya hosil qilishning yangi-yangi yo‘nalishlarini tadqiq qilishga ehtiyoj ham shu talabga mos holda oshaveradi. Birinchidan, ko‘plab tadqiqotchi olimlarning diqqat-e’tibori hozirda noan’anaviy hisoblanuvchi hamda “qayta tiklanadigan energiya manbalari” deb ataluvchi – energiyalar (quyosh, shamol, geotermal, dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi kabilar)dan foydalanish muammolariga qaratilgan. Ma’lumki, issiqlik ajratish xususiyati 2,93 104 kj/kg yoki 3
107 j/kg bo‘lgan yoqilg‘i-shartli yoqilg‘i deyiladi. Berilgan yoqilg‘ini shartli yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda va, aksincha, shartli yoqilg‘ini berilgan yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda kaloriya ekvivalenti degan kattalikdan foydalaniladi.
E = Qiq / 29300
Bu yerda, E–yoqilg‘ining energiya balansi, Qiq – yoqilgining quyi issiqlik ajratish xususiyati.
Bu turdagi energiyalarning xalq xo‘jaligiga qo‘shayotgan hissasi kam bo‘lsa-da, hozirgi paytda shunday qiziqarli loyihalash ishlari bajarildiki, u amalda qo‘llanilsa,
energiya olish va foydalanishni tubdan o‘zgartirib yuborilishiga imkoniyat yaratiladi. Ikkinchidan, yangi yoqilg‘i bazalarining shimoliy - sharq tomonga siljishi,
geologik tadqiqot ishlarining murakkablashgani, iqlim sharoiti og‘irligi, yoqilg‘i qazib chiqarilayotgan manbalardagi sharoitning qiyinligi, moddiy texnika ta’minotining yetarli emasligi-energetika yoqilg‘i xomashyolarining qazib olinishini
noqulaylashtiradi. Natijada, yoqilg‘i energetika xomashyosining tannarxi oshadi.
Uchinchidan xalq xo‘jaligida yoqilg‘i miqdorining kam bo‘lgan turi – neft va gazning ko‘p miqdorda ishlatilayotganidir. Ularning yoqilg‘i energetika balansidagi
miqdori 70 foizga yetdi.
To‘rtinchidan ko‘mirning energetik ahamiyati va sifatining yomonlashuvi. Bu muammo kelajakda past navli yoqilg‘i ko‘proq ishlatilgani sari murakkablashib boraveradi.
Beshinchidan energiya iste’moli oshishi natijasida atrof - muhitning ifloslanish darajasining oshishi.
Mana shu kabi muammolar an’anaviy energiya manbalarini keng rivojlantirishga undaydi.
Hozirgi kunda qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish sohasida ko‘plab texnologiyalar taklif etilganki, ularni bemalol amalga
oshirish mumkin. Ammo, qayta tiklanadigan (QT↑) va noan’anaviy energiya manbalari (NEM)ning rad qilib bo‘lmaydigan ustunliklari bilan bir qatorda u yer yuzida tarqoq ekanligi natijasida olinadigan quvvat uchun sarf-xarajat ham ortib boradi. Shu sababli, hozircha QT↑ va NEM lari an’anaviy energiya manba (AEM) laridan foydalanish bilan
raqobatlasha olmaydi.
Shunga qaramay, ba’zi ilmiy texnikaviy yechimlarni hozirdanoq amalda qo‘llash orqali erishilgan yutuqlar shuni ko‘rsatadiki, ular yaqin yillardayoq iqtisodiy jihatdan o‘z-o‘zini oqlashini namoyon qila oladi .
Ma’lumotlarga qaraganda, QT↑ va NEM laridan foydalanish natijasida 2022 - yilga kelib, 2,6 mlrd. tonna shartli yoqilg‘ini tejash mumkin. Qayta tiklanadigan energiya (QTE) larni tadqiq etishni, rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat.
- bug‘ turbinali quyosh elektrostansiyalarini yangi turlarini yaratish va ishlab chiqarish hamda ishga tushirish;
- avtonom (iste’molchilar uchun fotoelektr) qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqarish;
- quyosh nuridan foydalanib ishlovchi issiq suv ta’minoti, isitish va sovitish tizimlarini loyihalash va qurish;
- quyosh issiqlik elektrostansiya (QIE) lar qurish va ishga tushirish;
- geotermal issiqlik ta’minotini loyihalash va qurish;
- shamol energiyasi aggregatlari (ShEA) va shamol elektr stansiyalari (ShES)ni loyihalash hamda ishlab chiqarishga joriy etish;
j) biogaz energiyasidan foydalanishni rivojlantirish.
Quyosh energiyasi hisobiga issiq suv olish uchun quyosh suv isitish qurilmalaridan foydalanilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda bir kunda o‘n ikki
metr kub suvni quyosh nuri bilan isitadigan qurilmalar ishlab turubdi. Quyosh energiyasidan qishloq xo‘jaligida issiqxonalarni isitish, mevalarni quritish, qo‘ziqorin yetishtirish, uylar va pillaxonalarni isitish, beton va temir-beton buyumlarni quritish hamda bug‘lantirib ishlov berish, shungdek, kombinatsiyalashtirilgan barabanli quritkichda paxta va donador (bug‘doy, no‘xat, mosh va h.k.) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishda foydalanilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanib, uylarni qishda isitish va yoz oylarida aksincha, sovutish bo‘yicha Respublikamiz olimlari yangi loyihalarni ishlab chiqdilar. Bunday quyosh uylarning xarakterli tomonlari shundan iboratki, uylar qish oylarida, havo bir necha sutka davomida bulutli bo‘lib turganida ham, quyoshli kunlarda maxsus issiqlik akkumulyatorlarida to‘plangan energiya hisobida isitiladi, ayrim hollardagina isitish manbalaridan foydalaniladi.
Keyingi paytda tibbiyotda quyosh energiyasidan quyosh vannalari yordamida biologik to‘qimalarni davolashga alohida e’tibor berilmoqda. Dozalangan quyosh
radiatsiyasidan davolash (gelioterapiyada), shuningdek, organizimni chiniqtirish vositasi sifatida foydalanadilar.
Biologik sistemadan amaliy foydalanish uchun quyosh energiyasini qayta tiklash usullarini loyihalash va uskunalar ishlab chiqarish zarur.
QT↑ va NEMning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar.
- Issiqlik energiyasi. Bu energiyaning asosiy manbalaridan biri quyoshning issiqlik nurlanishi, ikkinchisi esa, yer osti issiqligidir, geotermal suvlar.
- Kimiyoviy energiya - fotosintez mahsulotlari.
- Mexanik energiya. Shamol, dengiz to‘lqinlari, dengizning ko‘tarilib-tushishi, dengiz oqimi va h.k.
- Yorug‘lik energiyasi. Quyoshning yorug‘lik nuri.
Hozircha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, barcha texnik jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan QT↑ va NEM texnologiyasini quyidagi
jihatlarga qarab ajratish mumkin:
- iqtisodiy jihatdan hozirdan amalga oshirish mumkin;
- iqtisodiy jihatdan yaqin (15-20) yillarda amalga oshirish imkoniyati bor;
- iqtisodiy jihatdan 30-40 yillarda amalga oshirish mumkin;
- iqtisodiy jihatdan foydalana olish muammo yoki uzoq (40-50) yillardan so‘ng foydalanish mumkin.
|
| |