O‘zbekistonda energetika siyosati




Download 3,21 Mb.
bet3/100
Sana11.12.2023
Hajmi3,21 Mb.
#115463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

2. O‘zbekistonda energetika siyosati
Keyingi yuz yil ichida insoniyat energetika boyliklari ehtiyojini misli ko‘rilmagan darajada ko‘paytirdi, bu esa unga tabiatga jiddiy va oqibatlari uzoqqa cho‘ziladigan ta’sir o‘tkazish imkonini berdi. Fan-texnika taraqqiyoti davrida bu ko‘rsatkichlar yanada o‘sib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmi endilikda har 15 yilda ikki baravarga oshmoqda. Shunga muvofiq ravishda atmosferani, suv havzalari va tuproq ekologiyasini buzuvchi xo‘jalik faoliyati chiqindilari miqdori ham ikki baravar ko‘paymoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jonboshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1,5 foizga yetar-yetmas qismi iste’mol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko‘pincha tabiat uchun juda xavfli bo‘lgan chiqindiga aylanadi.
Hozirgi texnik taraqqiyot davrida, istalgan mamlakatda iqtisodiy o‘sish yoqilg‘i- energetika kompleksining faoliyati bilan mustahkam bog‘langan. Bunda energiya resurslaridan maksimal hajmda va yuqori darajada samaradorlik bilan foydalanayotgan

mamlakatlar ko‘proq raqobatbardosh bo‘ladilar. Jumladan, Rossiya, Germaniya va yana shunga o‘xshash sanoati rivojlangan jahon mamlakatlarining iqtisodiyoti ham qayta tiklanmaydigan uglevodorod yoqilg‘i energetik resurslariga tayanadi.
Energetika muammosi jahonda global muammo sifatida energiya manbalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish hamda energetika tizimida muqobil, ekologik
toza energiya manbalaridan foydalanish, energiya ta’minoti uzluksizligi va sifatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilishi lozim. Yer yuzida energiya tanqisligini oldini olish hamda atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida energiyaning boshqa manbalari: yer osti issiqlik energiyasi, shamol va quyosh energiyasidan foydalanilmoqda. Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, oziq-ovqat, atrof-muhit muhofazasi va energetik muammolar uyg‘unlashib borayotgan hozirgi vaqtda tabiatni asrab-avaylash, energiya manbalaridan oqilona foydalanish talab etiladi.
Hozirgi vaqtda qazib olinadigan yoqilg‘ilar, asosan, organik yoqil’gilar hisoblangan – ko‘mir, neft, tabiiy gaz va uran zahirasi dunyo energetika balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarning hozirgi darajada iste’mol qilinishida dunyodagi neft zahirasi –45-50 yilga, tabiiy gaz – 70-75 yilga, toshko‘mir – 165-170 yilga yetishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishi, aholi sonining o‘sishi va mavjud an’anaviy energiya ta’minoti hisobga olinsa, energiya ta’minoti mutanosib ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg‘ilarning ishlatilishi atrof-mihitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan zaharli moddalar miqdori 80 foizdan ko‘proqqa to‘g‘ri keladi. Bu tur energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos qulay va noqulay tomonlari mavjud. Birinchidan, bu turdagi energiya manbalarining yerdagi zahiralari chegaralangan bo‘lib, u vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi. Ikkinchidan, bu turdagi energiya manbalaridan foydalanish natijasida atrof-mihitga turli chiqindilar chiqarib tashlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, har yili tabiiy yoqilg‘ilarning ishlatilishi natijasida atmosferaga 200 million tonnaga yaqin qattiq zarrachalar, 200 million tonna oltingugurt gazi, 700 millionn tonna uglerod oksidlari, 150 million tonna azot oksidlari chiqarib
tashlanmoqda. Buning natijasida tabiatda turli xildagi iqlim o‘zgarishlari sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.
Yer yuzida hozirgi vaqtda aholi tomonidan foydalanib turilgan energetik manbalarning tahlili ko‘rsatishicha, toshko‘mir 51,1 foizni, gaz 13,5 foizni, neft mahsulotlari 12,5 foizni, atom elektrostansiyalarida foydalaniladigan uran energiyasi
10,7 foizni, muqobil energiya manbalari (MEM) 13 foizdan ortiqroqni tashkil qilar ekan.

Download 3,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Download 3,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda energetika siyosati

Download 3,21 Mb.