|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 5/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)Neft va gaz kondensati. O‘zbekistonning asosiy neft qazib olish zahirasi 82 mln.
t. deb hisoblangan. Ko‘pgina neft zahiralari Buxoro-Xorazm hududlarida joylashgan, Ko‘kdumaloq koni birga joylashgan bo‘lib, u 75-80 foiz neft ishlab chiqarishni
ta’minlaydi. Neft konlari, shuningdek, Farg‘ona vodiysi hududida, Ustyurt va Orol dengizi atroflarida mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, neft ta’minoti zahirasi juda ham katta emas, cheklangan. Lekin, neft ta’minotini ko‘paytirishga imkon yaratayotgan ko‘p yangi suyuq uglevodorod konlari, aynan rentabelligi pastligi uchun uni qazib chiqarish
barqarorligini ta’minlamaydi.
Tabiiy gaz singari, neft ham, kelgusiga suyuq uglevodorod zahirasi ta’minotini ko‘paytirish uchun zarur hisoblanadi. Shu munosabat bilan 2004-yil «2005–2020-yillar uchun neft va gaz ishlari geologiya qidiruv strategik Dasturi» qabul qilingan, unda neft ta’minoti zahirasini ko‘paytirishni 70,0 mln. t.ga va gaz kondensatini 66 mln.t.ga
yetkazish maqsad qilib olingan. Buning uchun Buxoro–Xorazm, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo hududlarida asosiy neft zahirasini ko‘paytirish (44 foiz) amalga oshiriladi.
Ko‘mir. Toshko‘mir konlari zahirasi janubiy hududlarda, ya’ni Surxondaryo va
Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. Hozirgi paytda ko‘mir qazib olish ishlari Angren, Shorg‘un va Boysun konlarida olib borilmoqda.
Qazib olinayotgan ko‘mir, asosan, mamlakat ichida ishlatiladi, faqat oz miqdorda Afg‘onistonga eksport qilinadi. Ko‘mir yoqilg‘isining asosiy iste’molchisi
elektroenergetika sektori hisoblanadi. Uning hisobiga 90 foiz umumiy iste’mol qilinayotgan ko‘mir va 100 foiz yer osti gazi to‘g‘ri keladi.
Atom energetikasi. Mutaxassislarning fikricha, energiyaning aynan shu manbasi mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan eng istiqbolli
hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 30 ta mamlakatida 440 yadro reaktorlari ishlab turibdi, shuningdek, yangi reaktorlarni qurish ustida ishlar olib borilmoqda. AQSh energiya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, uning Atom elektr stansiya (AES)lari dunyo elektr energiyasining 16 foizini ishlab chiqarar ekan. Atom elektr stansiyalarini qurish uchun katta mablag‘ talab qilinadi, lekun ularda olinadigan elektr energiyaning narxi isiqlik stansiyalariga nisbatan past.
Bu atom energetikasini rivojlantirish bir qator texnikaviy to‘siq va siyosiy noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu kabi loyihalarni O‘zbekistonda
faqat uzoq muddatga mo‘ljallangan kelajakda amalga oshirish mumkin.
Uran. O‘zbekiston hududida 1950-yildan boshlab 30 ga yaqin uran konlari topilgan. Qazib olingan uranning bir qismi tijorat maqsadida keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Navoiy viloyatining Uchquduq tumani hududida ochiq va yopiq kesimdagi konlardan qazib olingan. Hisoblashlarga ko‘ra asoslangan uran zahiralari 65 ming tonna atrofida.
Asosiy uran ishlab chiqaruvchi – Navoiy tog‘-kon kombinati hisoblanadi. Uning nominal ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 ming tonnani yoki hozirgi dunyodagi ishlab chiqarishning qariyb 7 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida uran zahirasi bo‘yicha birinchi o‘nlikka kiradi.
|
| |