|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 9/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)Geotermal energiya – Yer yuzasi Quyosh singari issiqlik energiyasini nurlantiradi. Bu energiya geotermal energiya deb atalib, u odamlarni ehtiyojini issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitni ifloslantirmaydi, ya’ni ekologik toza hisoblanadi.
Yer ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug‘larning geotermal energiyalaridan, hozirgi texnologiyalar asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish (issiqxonalarda) maqsadida foydalanish mumkin.
Geotermal energiya yerda yonuvchi gazlar va kosmik changlar aralashishi natijasida 4 milliard yil avval paydo bo‘lgan. Yer yadrosinining 6,5 ming kilometr atrofidagi chuqurligida harorat 5000 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin.
Qadimda odamlar yer ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv manbalaridan foydalanganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham
foydalana boshlashgan. Qadimgi rimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida o‘z binolarini isitish tizimini yaratishgan. Amerikalik hindular esa deyarli 10000 yil avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar. O‘zbekiston hududida ham geotermal suvlardan foydalanish imkoniyatlari juda katta.
Biomassa – chiqindini achitish va undan hosil bo‘lgan gazni yoqish natijasida olinadigan energiyadir. Amalda esa biomassa bu – chiqindi. Qurigan daraxt yoki ularning shox-shabbasi, tomorqadan poliz o‘simliklarining ildizpoyalari, yog‘och qobig‘i va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva fermalarida ozuqa va to‘shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir. Ko‘proq miqdorda qishloq xo‘jaligi ekinlari: don, paxta, makkajo‘xori va boshqa ekinlar chiqindilari ham biomassa bo‘lishi mumkin. Odatda uyimizdan chiqqan, maishiy chiqindilar chiqindixonaga chiqarilib, ko‘mib tashlanadi. Maishiy chiqindi ham biomassaning bir turi, undan ham
bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Biomassadan foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib, qozonlarda suv isitiladi va bug‘ga aylantirilib, elektr energiyasi olish uchun turbinalarni aylantiradi.
Biomassa energiyasi – biomassani chiqitga chiqarish, biogaz olish va foydalanish energetikaning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Biomassa manbalariga qattiq maishiy,
sanoat chiqindilari, shaharning loyqa va oqava suvlari, chorvachilik chiqindilari, o‘simlik qoldiqlari, o‘rmon mahsulotlari, xususan, yog‘och tayyorlash va jo‘natishda ishlab chiqarishdagi, yog‘och, qog‘oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, biomassadan olinadigan energiya
O‘zbekiston energetika ehtiyojining 15 – 20 foizini qondira oladi. Energiya ishlab chiqarishning bunday usuli, ma’lum darajada atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal etishda mamlakat qishloq xo‘jaligini yuqori sifatli o‘git bilan ta’minlaydi.
Chiqindixonada biomassadan to‘gridan-to‘g‘ri biogaz olishda foydalanish
mumkin. Chiqindining chirishi davomida metan gazi ( CH4 ) ajralib chiqadi. Ular quvurlarda to‘planib, issiqlik elektrostansiyasiga yuboriladi, u yerda aralashma tabiiy gaz bilan qo‘shilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Biogaz. Odamlar biogazdan XVIII asr oxirlaridan beri foydalanib kelmoqdalar. Elektr paydo bo‘lgunga qadar Londonda yer ostidagi kanalizatsiya quvurlaridan olingan maxsus gaz lampalarda ko‘chalarni yoritishda foydalanilgan.
Biogaz, odatda, karbonat angidrid (СО2) va (СN4) metan gazlari aralashmasidir. U havo va kislorod kirishi mumkin bo‘lmagan holatda (kislorod bo‘lmasligi, «anaerob holati» deyiladi) turli biologik mikroorganizmlar parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, anaerоb sharоitida qоbiliyatidagi mikrооrganizmlarning
yashash qоbiliyati, mеtan bоshqa хususiyatlariga ham
hоsil qilish ega. Ular
yog‘оchning asоsiy ingrеdiyеnti sеllyulоzani hazm qilishi mumkin. Bu baktеriyalarning yana bir хususiyati, harorat, kislоtali, suv hajmi va bоshqalarda yashash sharоitiga juda sеzgir hisоblanadi.
Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko‘l tubida organik qoldiqlar, chirish sharoitida ko‘p namlik va kislorod bo‘lmaganligidan ham paydo bo‘ladi. Biogaz uskunalari
parrandachilik va chorvachilik xo‘jaliklarida sinovdan o‘tgan. Mamlakatimizda biogaz hosil qilish va undan foydalanish imkoniyatlari juda katta.
|
| |