|
Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi
|
bet | 10/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi – dengiz suvining ko‘tarilish va qaytishi Oy va Quyoshning gravitatsiyasi hamda Yerning aylanishi tufayli hosil bo‘ladi. Qirg‘oq atrofida to‘lqin darajasi 12 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Ko‘tarilish
va qaytish energiyasidan, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator uchun foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga bu qayta tiklanadigan muqobil energiya manbasi o‘ziga xos sharoit talab etadi va hozircha keng masshtabda ommalashmagan. Bugungi kunda iqtisodiy foydali elektr energiya ishlab chiqaradigan 20 ga yaqin joylarda 3 metrdan kam bo‘lmagan qulay va yaxshi darajadagi to‘lqinlar mavjud. Hozir dengiz suvining ko‘tarilish va qaytishini elektr energiyasiga aylantiruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan.
Dengiz to‘lqin energiyasi – dengiz va okean yuzasida esadigan shamol tufayli
hosil bo‘ladigan to‘qindan paydo bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyodagi okeanlarning qirg‘ogidagi to‘lqinlar energiyasining jami 2 dan 3 milliongacha megavatt energiyani tashkil etadi.
Bu to‘lqin energiyasidan foydali ishlarda, jumladan, suvni chuchuklashtirish va rezervuarlarni suv bilan to‘ldirishda foydalanish mumkin. To‘lqin energiyasi qayta
tiklanadigan energiya manbayidir. To‘lqin energiyasidan elektr energiyasi olish hozirgi paytda ommalashmagan, chunki bu sohada faqat sinov izlanishlar olib borilmoqda.
Agar iqlim va ob-havo sharoitlardagi o‘ziga xoslik e’tiborga olinsa, mamlaktimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari imkoniyatlari yetarlicha. Qayta
tiklanadigan energiya manbalari (elektr, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda joylashgan suv bilan ta’minlanmagan, shuningdek, elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumiy ishlar yoki ekspeditsiyadagi odamlar uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda 60 foizdan ko‘proq aholi qishloq joylarida yashaydi. Shuning uchun mamlakatimizda hozirgi paytda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dasturlariga e’tibor kuchaygan.
|
| |