• 1.3-chizma.
  • Muqobil energiya manbalari




    Download 3,21 Mb.
    bet12/100
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115463
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

    1.2-chizma. Konsentrasiyalangan impulsli nur bilan chigitni nurlovchi qurilma (IKSO) sxemasi. 1 – ikkilamchi nur qaytargichlar, 2 – ksenon lampa, 3 – ellipsosilindrik konsentrator, 4,7 – chigit uchun idishlar, 5 – transportip tasmasi, 6 – nurlaantiruvchi chigitlar, MN – fokal tekislik
    Konsentrasiyalangan Quyosh nurini impulslovchi qurilma – asosan, quyosh nurini to‘plovchi parabola-silindr metall ko‘zgudan iborat bo‘lib, uning fokusiga metall to‘r bilan o‘ralgan silindr shaklidagi baraban joylashtirilgan. Baraban to‘siq bilan ikki bo‘limga ajratilgan bo‘lib, u elektr motorcha yordamida aylanma harakatga keltiriladi (1.2-chizma). Natijada to‘siqning bir tomonidagi urug‘lar 40 marta konsentrasiyalangan quyosh nuri bilan nurlantirilganda, silindr ikkinchi yarmidagi urug‘lar soyada bo‘ladi. Baraban aylanishi natijasida urug‘lar yaxshi aralashib, bir me’yorda impulsli nurlantirish bilan birga qizib ham ketmaydi. Buning natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari mahsuldorligining yuqori bo‘lishi kuzatilgan.
    Aholini yil davomida quritilgan meva mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun zamonaviy quritish texnologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, samaradorligi yuqori bo‘lgan Quyosh quritgichlarining yangi konstruksiyalarini yaratish va ularni
    ishlab chiqarishga joriy qilish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
    25
    1.3-chizma. Infraqizil nurlar hisobiga ishlaydigan quyosh quritgichining tuzilishi: 1-shaffof sirt, 2-qoraga bo‘yalgan tunuka, 3-quti, 4-quritiladigan mevalar, 5-qutining tubi, 6-havo almashish teshiklari
    Ma’lumki, respublikamizda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning isrofi 20- 30%ni tashkil qiladi. Buning sababi  mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashning yuqori darajada rivojlanmaganligida, shuningdek, xo‘jaliklarda mavjud quritish uslubi, mahsulotning sifati past bo‘lgan, quyosh, (tabiiy) havo usulida quritishga asoslanganligidir.
    Shuning uchun quyosh nuri energiyasidan foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (meva, sabzavot, tamaki, pilla, teri)ni hamda taxta, yog‘och kabi ayrim qurilish materiallari (temir-beton, keramika)ni quritish masalalari bo‘yicha bir qator izlanishlar olib borilgan.
    1932 - yilda Samarqandda ilk marta Quyosh meva quritish qurilmasi ishga tushirilgan. Bu qurilma meva quritishni ochiq havodagi quritishga nisbatan bir necha marta tez quritganidan tashqari, mahsulot sifati yuqori bo‘lishini ko‘rsatib bergan (1.3- chizma). Parnik tipidagi quyosh meva quritish qurilmasi 1936 - yilda Yangiyo‘l shahrida qurilgan. Hozirgi vaqtda quyosh meva quritgichlarining takomillashgan, avtomatlashtirilgan variantlari yaratilgan.

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




    Download 3,21 Mb.