• 1.14-chizma.
  • Muqobil energiya manbalari




    Download 3,21 Mb.
    bet20/100
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115463
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

    Tranzistor. Triod. Yarimo‘tkazgichli triod – tranzistorni yasash uchun aralashmali yarim o‘tkazgich materialning uchta tarkibiy qismi (shuning uchun ham triod deyiladi) bo‘lishi kerak: ikkita n va bitta p – tip yoki teskarisi. 1.14 – a rasmda
    p n p tip transistor ko‘rsatilgan. Tranzistor zanjirga ulanganda ikkita batareyadan foydalaniladi. Ulardan birining musbat qutbi tranzistorning emitter (e) deyiluvchi p – qismiga, manfiy qutbi esa baza (b) deyiluvchi o‘rtadagi n – qismiga ulanadi.
    Ikkinchi batareyaning musbati bazaga, manfiy qutbi esa kollektor (k) deyiluvchi
    ikkinchi p – qismga ulanadi. Shunday ulanishda emitterdagi teshiklar bazaga ketib, ularning keying bazadan kollektorga tomon harakati ikkinchi batareya ta’sirida amalga oshadi. Birinchi batareyaning kuchlanishi ortishi bilan baza orqali kollektorga yetuvchi, emitterdagi teshiklar soni ham ortadi. Demak, lampali triodda to‘r va katod orasidagi kuchlanish anod tokini boshqargani kabi, tranzistorda ham baza va emitter orasidagi kuchlanish kollektor tokini boshqaradi. 1.14 – b rasmda yarim o‘tkazgichli triodning shartli belgisi ko‘rsatilgan. Yarim o‘tkazgichli triodlar kuchaytirgichlar va generatorlar sifatida ishlatiladi.
    1.14-chizma. a) p n p tip tranzistor, b) uning shartli belgilanishi
    Yarim o‘tkazgichli asboblar vujudga kelishi radiotexnikada inqilobiy burilish yasadi. Ularning soddaligi va kichikligi, mikromodullar sifatida uzluksiz ravishda bosib chiqarish usuli bilan tayyorlash imkonini yaratdi. Mikromodullar yupqa varaqlardek bo‘lib, ularda diodlar, triodlar, qarshiliklar va radiosxemaning boshqa elementlari zarb qilinadi. Mikromodullarning turli kombinatsiyalarini tuzib, oldindan belgilangan kattalikli radioqurilmalar yasash mumkin. Hozirgi paytda yarim o‘tkazgichli diodlar, triodlar, rezistorlar, ishlatilmaydigan asboblarning o‘zi mavjud emas. Yarim o‘tkazgichli termistor (termorezistor) yordamida temperaturani o‘lchovchi detektor, elementar zarralarni qayd etuvchi, fotorezistor – yorug‘lik energiyasini qayd etuvchi va ko‘plab boshqa asboblarni misol qilib keltirish mumkin. Kosmik kemalarning barchasi quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi yarim o‘tkazgichli quyosh batareyalari bilan jihozlangan bo‘lsa, tibbiyot insonning nozik organlariga kirib, uning faoliyatidan ma’lumot beruvchi datchiklar (qayd etuvchilar) bilan jihozlangandir. Garchi, ushbu dalillarning o‘zi ham yarim o‘tkazgichli asboblarning foydalanish sohasi kengligini ko‘rsatib tursa-da, hali ularning ishlatilish istiqbollari juda keng. Bu sohadagi izlanishlar tugamagan bo‘lib, insoniyat yarim o‘tkazgichlar fizikasidan ko‘plab yangiliklarni kutmoqda.
    Hozirgi vaqtda yarim o‘tkazgichli termoelementlarning shunday kombinatsiyasi ishlab chiqildiki, termobatareya FIK 20% ni tashkil etadi.
    Quyosh batareyalarining asosiy afzaliklari – FIK katta bo‘lishi, uzoq muddat davomida ishlashi, oddiyligi, solishtirma quvvatining katta bo‘lishi (quvvatning
    element massasiga nisbati), ammo nisbatan qimmat turishi va qo‘shimcha energiya manbayi talab etishi quyosh batareyasining kamchiliklaridan biridir.
    Yarim o‘tkazgichli fotoelementlarni quyosh batareyasi sifatida ishlatishda quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning spektral tuzilishini bilish masalaning asosiy tomonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun, quyosh batareyasini tayyorlashda
    quyosh spektrining qaysi qismlaridan foydalanish mumkinligini ko‘rsatuvchi yarim o‘tkazgichning optik xususiyatlarini va quyosh energiyasini elektr energiyaga samarali aylantirib bera olishligini tavsiflovchi elektr xususiyatlarini bilgan holda, yarim o‘tkazgich materialni tanlab olish zarurdir. Yarim o‘tkazgichning bunday xususiyatlariga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlaridan biri – man qilingan (ta’qiqlangan)
    sohaning kengligi Eg ni bilish kerak.
    Ma’lumki, elektron - teshik juftini hosil qilish uchun energiyasi Eg ga teng yoki undan katta bo‘lgan foton yutilishi kerak, ya’ni:
    h  Eg
    bunda, h Plank doimiysi,  – chastota,
    Eg dan kichik bo‘lgan energiyali
    fotonlar valentlik sohasidan o‘tkazuvchanlik sohasiga elektron chiqara olmaydi. Bu
    Eg
    hodisaga qaraganda kichik yarim o‘tkazgich tanlab olish maqsadga muvofiq
    emasdek ko‘rinadi. Eg kichiklasha borsa, fotonning ortiqcha energiyasi issiqlikka
    aylanishi natijasida samaradorlik kamaya boradi.
    Agar Eg katta bo‘lgan yarim o‘tkazgich tanlab oladigan bo‘lsak, yutilayotgan
    fotonlarning faolligi kamaya boradi va yana nurlanish spektrining bir qismi bekorga sarf qilinadi.
    (1.13)

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




    Download 3,21 Mb.