• 1.13-chizma.
  • Termogeneratorlar. Fotoelektrik asboblar




    Download 3,21 Mb.
    bet19/100
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115463
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

    Termogeneratorlar. Fotoelektrik asboblar. Termogeneratordan quyosh
    energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkin va shunday termogeneratorlar ishlab chiqarilgan. Quyosh termoelektrogeneratorlari, asosan, quyosh konsentratori va termobatareyalardan tashkil topgan.
    Olimlar diametri 2 m bo‘lgan ko‘zgu fokusiga termogenerator o‘rnatib, issiq va
    sovuq payvandlar orasidagi temperaturalar farqi 400oC bo‘lganda 21 V kuchlanish ostida 18,9 W quvvat olishga muyassar bo‘lganlar.
    Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirishning ikkinchi usuli – fotoelektrik usuldir. A.G.Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan.
    Yarim o‘tkazgichlar uchun termoelektrik FIK metallardagiga nisbatan bir necha
    o‘n marta katta bo‘lib, ularga bo‘lgan qiziqish 1954 – yildan boshlandi. Hozirgi kunda kremniy asosidagi fotoelektrik o‘zgartirgichlar keng ishlatilmoqda. Kremniy va Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi V guruh elementlaridan birining aralashmasi n - yarim o‘tkazgich, III guruh elementlaridan birining aralashmasi esa p
    – yarim o‘tkazgichga aylanadi. Bu ikkala tur p n yarimo‘tkazgichlar kontakti plastinkasining qalinligi 1 mm ga yaqin bo‘lib, hozircha sirti 1 smdan kichikroq qilib yasash mumkin bo‘lmoqda.
    Fotoelektrik elementlarni yasash texnologiyasi deyarli to‘la hal etilgan, lekin ular sirtiga elektrodlarni ulash, tegishli tok va kuchlanishlar olish uchun bu elementlarni
    o‘zaro ulash masalalarini takomillashtirish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda
    100% (1.12)
    (1.13-chizma).
    1.13-chizma. p n o‘tish sxemasi
    Quyosh batareyalarini yasash texnologiyasi quyidagicha: kremniy plastinkani yuqori temperaturali elektropechga o‘rnatib, unga p yoki n tipidagi yarim o‘tkazgich materiali vakuumga diffuziya yo‘li bilan kiritiladi. Bu material qalinligi taxminan bir necha 10 mikronni tashkil etadi. Bu – aralashma kremniy plastinkasining hamma tomoniga diffuziyalanadi. Shuning uchun plastinkaning yuqori qismidagi qatlam qoldirilib, qolgan qismlaridagi qatlamlar olib tashlanadi, so‘ngra plastinka pastki va yuqori qismlariga elektrodlar ulanadi.

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




    Download 3,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termogeneratorlar. Fotoelektrik asboblar

    Download 3,21 Mb.