• Toshkent «Tafakkur avlodi» 2022 UO‘K: KBK: S.Q. Qahhоrоv Muqobil energiya manbalari
  • T a q r i z c h i l a r B.E.Xayriddinov
  • © «Tafakkur avlodi», 2022 So‘z boshi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish
  • Muqobil energiya manbalari




    Download 3,21 Mb.
    bet1/100
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115463
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)


    O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    BUХОRО DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
    S.Q. QAHHОRОV
    MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 3.51.06.07 – Elektrik kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan
    o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida nashrga ruxsat etilgan
    Toshkent
    «Tafakkur avlodi» 2022
    UO‘K: KBK:
    S.Q. Qahhоrоv
    Muqobil energiya manbalari [Matn]: O‘quv qo‘llanma /
    S.Q. Qahhоrоv – Toshkent:
    «Tafakkur avlodi», 2022, 224 bet.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma boshlang‘ich professional ta’limning 3510606- elektromontajchi-sxemachi va 3510607-elektrik yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Muqobil energiya manbalari” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishda foydalanishga mo‘ljallangan.
    O‘quv qo`llanmadan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akadеmik litsеy va kasb- hunar kоllеjlari o‘quvchilari, o‘qituvchilari, оliy o‘quv yurti bakalavr va magistr talabalari, katta-ilmiy xodim-izlanuvchilari hamda mustaqil izlanuvchilar fоydalanishlari mumkin.
    T a q r i z c h i l a r
    B.E.Xayriddinov – Qarshi davlat universiteti “Fizika” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori
    D.R.Djurayev – Buxoro davlat universiteti “Fizika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori
    N.Sadullayev – Buxoro muhandislik texnologiya instituti ilmiy ishlar prorektori, texnika fanlari doktori
    ISBN 978-9943-6900-1-1
    © S.Q. Qahhоrоv
    © «Tafakkur avlodi», 2022
    So‘z boshi
    O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi.
    Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va barcha ishlab chiqarish jarayonlarida yoqilg‘i issiqligi va elektr energiyasidan foydalaniladi. Mexanik va elektr energiyasi, asosan, har xil yoqilg‘ilarni yoqish hisobiga, suv energiyasidan, atom yadro energiyasidan olinadi. Yoq’ilgi manbalaridan tejab foydalanish mexanik energiyani,
    binobarin, elektr energiyasi olish narxini kamaytirishga intilish, uzluksiz tiklanuvchi energiya manbayi bo‘lgan muqobil energiya manbalaridan foydalanishga olib keladi.
    Hozirgi vaqtda olinadigan energiya, asosan, qayta tiklanmaydigan energiya manbalari hisobiga olinadi. Bugungi kunda tabiiy yoq’ilg‘i ishlatish miqdori dunyo
    bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. Bu esa har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg‘i to‘g‘ri keladi, deganidir. Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi 40 yil davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqilg‘idan ham ko‘p yoqilg‘i iste’mol uchun o‘zlashtirilgan. Bu esa ular zahirasining tez kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. 2050-yilga borib aholi sonining 9-10 milliard kishiga yetishi energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 3 baravar ortishiga olib keladi. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, mavjud energiya manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida energetika tizimida muqobil energiya manbalari ulushini oshirishni talab etilmoqda.
    O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 2013-yil 1-martdagi PF-4512 raqamli
    «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida «Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilg‘or
    texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi», – degan fikr bilan birga, muqobil energiya manbalari – quyosh, shamol va biogazdan foydalanish bo‘yicha respublikamizda yetarlicha ilmiy-texnik salohiyat va tajribalar mavjudligi
    ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi PQ-3012-son “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 maydagi O‘RQ-539 “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari”ga oid Qonunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida muqobil energiya manbalaridan foydalanishga doir qator vazifalar belgilangan.
    Shuni alоhida ta’kidlash lоzimki, muqobil energiya manbalaridan fоydalanish ko‘lamining kеngligi va davоmiyligi jihatidan O‘zbеkistоn eng qulay mintaqa
    hisоblanadi. Sеrquyosh o‘lkamizda birgina quyosh enеrgiyasi salоhiyati 95 mlrd. tоnna shartli yoqilg‘iga tеng. Respublikamizda quyosh enеrgiyasining tехnikaviy salоhiyati yеtarlicha o‘zlashtirilsa, barcha turdagi enеrgiyaga bo‘lgan yillik ehtiyoj 4 barоbar оrtig‘i bilan qоplanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat enеrgiya zahirasini bоyitish
    bilan birga qazib оlinayotgan enеrgiya rеsurslarini ekspоrt qilish uchun ham kеng imkоniyatlar оchiladi, dеganidir.
    Ayni paytda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlarida muqobil energiya manbalaridan foydalanish dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Quyosh qurilmalaridan binolarni isitish va sovutish, chuchuk suv olish, elektr
    energiyasi hosil qilish hamda turli texnologik jarayonlarni amalga oshirishda qo‘llanilmoqda. Mamlakatimiz janubidagi viloyatlarda bir yillik quyoshli kunlar 280- 300 kunni tashkil qiladi. Yoz kunlarida o‘rtacha harorat 44-45оC ni tashkil qiladi. Bunday beminnat quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish dolzarb
    hisoblanadi.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma boshlang‘ich professional ta’limning 3510606- elektromontajchi-sxemachi va 3510607-elektrik yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Muqobil energiya manbalari” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishda
    foydalanish uchun mo‘ljallangan.

    Download 3,21 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




    Download 3,21 Mb.