|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 7/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)Shamol energiyasi. Bugungi kunda mazkur muqobil energiya quvvatini ishlab chiqarish G‘arbiy Yevropada ancha ommalashgan. Sababi, buning uchun tabiiy shart- sharoitlar mos bo‘lishi barobarida ushbu turdagi energiyaga talab ham ortib bormoqda. Zamonaviy shamol elektrostansiya (ShES)lar 3–4 m/s dan 25m/s gacha bo‘lgan tezlikdagi shamol muhiti relefiga nisbatan baland bo‘lmagan joylarda optimal ishlaydi. Shunday hududiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan Germaniya hozirgi vaqtda shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmoqda. O‘zbekistonda shamol energiyasidan foydalanish hududlariga Bekobod, Qo‘qon, Jizzax, Ustyurtlarni kiritish mumkin.
Ushbu muqobil energiya iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan bir qator afzalliklarga ega. Masalan, ShESni qurish boshqa energiya manbalariga nisbatan arzon va qulay. Ishlab chiqarilayotgan energiya tannarxining asosiy qismini ShESni qurishga sarflangan dastlabki xarajatlar tashkil etadi. Bundan tashqari, stansiya minorasining
asosi, odatda, to‘laligicha yer ostida bo‘lgani uchun, unga yaqin yerlarda ham qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish imkoniyati saqlab qolinadi. Oddiyroq qilib aytganda, bunday qurilmalar uchun ajratilgan hududlar dehqonchilikka salbiy ta’sir qilmaydi.
Shuningdek, ular hech qanday yoqilg‘i talab etmaydi. Masalan, 1 MW quvvatli ShES 20 yil davomida taxminan 29 ming tonna ko‘mir yoki 92 ming barrel neftni tejaydi.
Yana bir jihati, shamol elektr stansiyalari boshqa energiya ishlab chiqaruvchilardan farqli ravishda atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaydi. Aytaylik, 1
MW quvvatli qurilma sayyoramiz atmosferasiga har yili chiqarilayotgan karbonat angidrid (СО2) gazini 1800 tonnaga, sulfat oksidi (SО2) gazini 9 tonnaga, azot
oksidlarini esa 4 tonnaga qisqartiradi. «Global Wind Energy Council» tashkilotining hisob-kitoblari ham shunga monand: 2050-yilga borib jahon shamol energetikasidan foydalanish tufayli atmosferaga chiqarilayotgan СО2 gazining yillik hajmi 1,5 milliard
tonnaga kamayadi. Eng muhimi, shamol tabiatan bitmas-tuganmasdir.
|
| |