• Tabiiy gaz.
  • Muqobil energiya manbalari




    Download 3,21 Mb.
    bet4/100
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115463
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

    1-chizma. Tabiatdagi energiya turlari
    Umuman, tabiatda foydalaniladigan energiya manbalarini ikki gurujga ajratish mumkin. Muqobil energiya manbalari qayta tiklanadigan (QT↑) hamda qayta tiklanmaydigan (QT↓) energiya manbalari. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga quyosh, shamol, oqar suv manbalaridan foydalanish, okean va dengiz suvlarining ko‘tarilish va pasayish energiyasi, geotermal energiya, biogaz va maishiy chiqindilardan gaz olish kabilar kiritilsa, qayta tiklanmaydiganlarga: neft, ko‘mir, tabiiy gaz, atom elektr stansiyalarni (AES) kiritish mumkin (1-chizma).
    Mamlakatimizda bugungi kunda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha birmuncha tajribalar o‘tkazilib, amaliy natijalarga erishilgan. Energiya manbalarining muqobili bo‘lgan quyosh energiyasidan foydalanib, elektr
    energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar – fotoelektr qurilmalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan sohani rivojlantirish uchun asos bo‘ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz hududidagi qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarining ulushi 50984,6 million tonna neft ekvivalenti (mln.t.n.e1.) deb olinadigan bo‘lsa, suv energiyasi 9,2, quyosh energiyasi 50973, shamol energiyasi 2,2 mln. t. n.e.ga teng.
    O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish katta istiqbolga ega va bu borada samarali ishlar amalga oshirilib, ilmiy tajribalar to‘plangan. Ayniqsa,
    quyosh energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud. Quyosh energiyasining yillik salohiyati neft ekvivalentida 51 milliard tonnadan oshadi. Bu esa, quyosh energiyasidan elektr ishlab chiqarish, issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash, meva- poliz mahsulotlarni quritish va saqlash, sho‘r va minerallashgan suvlarni chuchitish,
    yer ostidan suv chiqarish va boshqa ko‘plab maqsadlarda keng foydalanish imkonini beradi.
    Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 225 ta neft va gaz konlari ma’lum. Ulardan: 51 ta kondan – neft; 27 ta kondan – gaz; 17 ta kondan esa kondensat qazib olinadi.
    Mutaxassislarining hisoblashlariga ko‘ra, respublikamizda ko‘mir resurslarining
    tahliliy ko‘rsatkichi 3 milliard tonnadan ortiq. Ko‘mir sanoat zahirasi 1,9 milliard (mlrd) tonnani tashkil etadi, shu jumladan: qo‘ng‘ir ko‘mir - 1853 million tonna, toshko‘mir - 47 million tonna. Ko‘mirning bashorat resurslari 5,76 milliardrd tonnani, shundan, 70 foizini qo‘ng‘ir ko‘mir tashkil etadi. Ko‘p miqdordagi toshko‘mir zahirasi esa respublikamizning Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
    Tabiiy gaz. Respublikamizda barcha ishlab chiqarish shakllaridagi boshlang‘ich energiyaning 85 foizi – tabiiy gazga to‘g‘ri keladi. Uni ishlab chiqarish 1990-yildan
    2004-yilgacha 1,45 marta ko‘paygan, yiliga 38,1 dan 55,8 mlrd. m3 ni tashkil etadi. 2005-yil yakuniga ko‘ra - u 60 mlrd. m3ni tashkil etgan. Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda uglerodli siqilgan gaz ishlab chiqarish 8 foizga
    1 neftning yonishidan ajralib chiqadigan issiqlik ekvivalent sifatida qabul qilingan, u 41,868 Gj/t. ga teng
    ko‘paygan va 200 ming tonnaga yaqinni tashkil etgan.
    Mamlakatimizda ishlab chiqilayotgan tabiiy gaz Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinadi. O‘zbekistonda yillik tabiiy gaz iste’moli ko‘zda tutilgan 2022-yilga qadar 32 mlrd. m3 gacha energiya tejamkorligiga erishish dasturi ishlab chiqilgan.

    Download 3,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




    Download 3,21 Mb.