|
Energiyadan oqilona foydalanishda muqobil energiya manbalarining ahamiyati
|
bet | 6/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)3. Energiyadan oqilona foydalanishda muqobil energiya manbalarining ahamiyati
O‘zbekistonda muqobil energetiya sohasidagi davlat siyosatida sohani rivojlantirish nazarda tutilgan va shu bilan birga rivojlanayotgan qator mamlakatlarning muqobil energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu esa shuni ko‘rsatdiki, muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasida aniq maqsad va vazifalarni belgilash hamda buning davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlanishi – qayta tiklanadigan energiyaning an’anaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo‘lishiga zamin bo‘ladi.
Muqobil energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishga bir qadar salmoqli mablag‘ sarflansa-da, ular iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. An’anaviy yoqilg‘i bilan
ishlaydigan energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerod oksidlari uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg‘ir suvlari bilan qo‘shilib, kislota birikmalariga aylanadi hamda yomg‘ir tarkibida yerga tushib, o‘simliklarga, tuproqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhitda bunday kislotalarning ko‘payishi oqibatida, og‘ir metallar oziq-ovqatlarga va shu mahsulotlar orqali inson organizmiga kelib tushadi. Demak, bunda bir zarar ikkinchisini ham o‘ziga ergashtirib keladi.
Muqobil energiya – yer biosferasida to‘xtovsiz qayta tiklanadigan va insoniyat miqyosida tuganmas hisoblanadi. Ular – quyosh energiyasi, shamol, okean, daryo, yer
osti konlari, bioenergiyadir. Muqobil energiyaning asosiy foydali tomoni –
tuganmasligi va ekologik sofligidir. Undan foydalanish sayyoraning energiya muvozanatini o‘zgartirmaydi, ya’ni tabiat jarayonlariga ta’sir etmaydi. Bu sifatlari qayta tiklanadigan energetika muammosini nafaqat respublikamizda, balki chet davlatlarda ham qiziqish uyg‘otish uchun omildir.
Quyosh energiyasi. O‘zbekistonda quyosh energiyasi imkoniyati hammasidan ko‘ra ko‘proq. Yalpi quyosh energiyasining imkoniyati o‘rtacha 51 mlrd. t. n. e, texnik imkoniyati esa – 177 mln.t.n.e.. Bunda quyosh energiyasi butun mamlakat hududi bo‘ylab barchaga baravar bo‘lib, uni energetika balansiga jalb etish, aholini elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash masalasining, yechimini topish (ayniqsa, chekka joylarda) imkonini beradi.
Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo‘lishi mumkin emas. Kishilar o‘zining hayotida quyosh energiyasidan ehtiyojlar uchun u yoku bu usul bilan bu haqida o‘ylab ham o‘tirmay, foydalaniladilar. Masalan, hovliga
kir yoysak, quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi tufayli kiyimlarimiz quriydi.
O‘zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega. Mamlakatimiz iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay. O‘zR FA «Fizika - Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (IICHB) Fizika -texnika
ilmiy (FTI) tekshirish instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori, o‘rtacha hisob bilan aytganda, mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan to‘rt baravar ko‘p ekan. Shu bilan birga, O‘zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom ashyo zahiralariga ham ega.
Uning asosida butun dunyoda 90 foiz fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Navoiy, Jizzax va Angren erkin indistriual hududlarida texnik kremniy ishlab chiqaradigan zavodlarni ishga tushirish ustida ishlar olib borilmoqda. Ushbu resurs zahirasi quyosh energetikasi sohasida muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi.
|
| |