|
Muqobil energiya manbalari
|
bet | 38/100 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #115463 |
Bog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)1.8 – rasm. Sanoat to‘lqinli stansiyasi
U qoyaga yopishtirilgan temirbeton kameradan iborat bo‘lib, uning ustida balandligi 12,3 m va diametri 3,6 m bo‘lgan po‘lat minora o‘rnatilgan edi. Kameraga kiradigan to‘lqinlar havo hajmini o‘zgartirib yuboradi. Hosil bo‘ladigan oqim klapanlar tizimi orqali turbinani, unga bog‘liq bo‘lgan 500 kW quvvatga ega bo‘lgan generatorni aylantiradi. Yillik mahsulot ishlab chiqarish 1,2 m ln kW ga teng edi. 1988-yildagi qishki to‘fonda stansiya minorasi buzilgan edi. Temirbeton yangi minora loyihasi ishlab chiqilgan.
Ikkinchi moslama konstruksiyasi beton devorlarining balandligi 15 m , asosining kengligi 55 m va uzunligi 170 m bo‘lgan darada joylashgan konus ko‘rinishidagi, orollar orasidagi rezervuarga kiradigan kanaldan iborat bo‘lib, u dengizdan dambalar
va energetik qurilmali plotina bilan ajratilgan. Torayib boradigan kanal bo‘ylab o‘tadigan to‘lqinlar o‘z balandligini 1,1 m dan 15 m gacha ko‘taradi va dengiz sathidan
3 m balandlikdagi 5500 m2 maydonli zahira idishga quyiladi.
Zahira idishdan suv past bosimli, 350 kW quvvatga ega gidroturbinalar orqali o‘tadi. Stansiya har yili 2 mln kW soatgacha elektroenergiya ishlab chiqaradi.
Buyuk Britaniyada mollyuska tipidagi to‘lqinli energetik qurilma ishlab chiqilyapti, unda ishchi qismlar sifatida kameralar – yumshoq qobiqlardan
foydalaniladi, ularda havo atmosfera bosimidan bir qadar ko‘proq bosim ostida turadi.
To‘lqin oqimi kelishi bilanoq, kameralar siqiladi, kameralardan qurilma karkasi va, aksincha, harakatlanadigan yopiq havo oqimi hosil bo‘ladi.
Oqim yo‘lida eletrogeneratorlar bilan Uells havo turbinalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Hozirgi kunda, sinov uchun 6 kamerali suzuvchi qurilma yaratilgan, u uzunligi
120 m va balandligi 8 m bo‘lgan asosga mahkamlangan. Quvvati 500 kW ga teng.
Keyingi tadqiqotlar kameralarni aylana bo‘yicha joylashtirish samarali bo‘lishini ko‘rsatdi. Shotlandiyaning Lox-Ness ko‘lida 12 kamera va 8 turbinadan iborat diametri 60 m va balandligi 7 m bo‘lgan asosga mahkamlangan qurilma tajribadan o‘tkazilgan. Bunday qurilmaning nazariy quvvati 1200 kW gacha bo‘ladi.
Sobiq Ittifoqda 1926-yilda birinchi marta plot konstruksiyasi patentlangan edi. 1978-yilda Buyuk Britaniyada okean elektrostansiyalarining sinov modellari tajribadan o‘tkazilgan edi.
Kokkerel to‘lqin ploti o‘zaro sharnirlar bilan biriktirilgan bo‘linmalardan iborat.
Ularning bir-biriga nisbatan ko‘chishi nasoslar va elektrogeneratorlarga o‘tadi. Butun konstruksiya o‘z joyida yakorlar yordamida tutib turiladi. Uch seksiyali Kokkerel to‘lqin ploti, uzunligi 100 m , kengligi 50 m va balandligi 10 m ga ega bo‘lgan holda, 2 ming kW quvvat bera oladi.
Sobiq Ittifoqda, to‘lqin ploti 70-yillarda Qora dengizda tajribalardan o‘tgan. Uning uzunligi 12 m , qalquvchi qismlar kengligi 0,4 m ga teng bo‘lgan. To‘lqinlar balandligi 0,5 m va uzunligi (10-15) m bo‘lganda, qurilma 150 kW ga teng quvvat bera olgan.
Solter o‘rdagi nomli loyiha – to‘lqinni qayta aylantirgichdan iborat. Ishchi konstruksiya bo‘lib qalquvchi qism (o‘rdak)lar xizmat qiladi, uning shakli gidrodinamik qonunlarga asosan hisoblangan. Loyihada umumiy valga ketma-ket mahkamlangan ko‘p sonli qalquvchi qismlar ulanishi ko‘zda tutilgan.
To‘lqinlar ta’sirida qalquvchi qismlar harakatga keladi va o‘z og‘irlik kuchi
ta’sirida oldingi holatiga qaytadi. Ayni paytda, maxsus tayyorlanib suvga to‘ldirilgan val ichidagi nasoslar harakatga keltiriladi. Turli diametrdagi quvurlar tizimi orqali bosimlar farqlanishiga erishiladi, bu qalquvchi qismlar orasida o‘rnatilgan va dengiz sathidan ko‘tarilgan turbinalarni harakatga keltiradi. Ishlab chiqarilgan energiya suv
osti kabellari orqali o‘tkaziladi. Yuklanishlar val bo‘ylab samarali taqsimlanishi uchun 20-30 ta qalquvchi qismlar o‘rnatish lozim.
1978-yilda 50 m uzunlikka ega, 20 ta diametri 1 m bo‘lgan qalquvchi qismlardan iborat bo‘lgan qurilma modeli sinovdan o‘tkazilgan. Ishlab chiqargan quvvati 10 kW
ga teng bo‘lgan. Keyinchalik, 20-30 ta diametri 15 m dan, uzunligi 1200 m bo‘lgan va
valga mahkamlangan qalquvchi qismlardan iborat yanada baquvvatroq qurilma loyihasi ishlangan. Uning quvvati 45 ming kW ga teng bo‘lgan.
To‘lqin elektrostansiyalar (TES) loyihalari tahlili natijasida, avvaliga (7-10) m
gacha chuqurliklarda, qirgoqqa urilma to‘lqinlar hududida o‘rnatiladigan temirbeton
massiv-gigantlar ko‘rinishidagi inshootlar tanlangan edi. Bu, bir tomondan, inshootlar o‘lchamlarini kichraytirish, ikkinchi tomondan, ularni tuproq bilan yanada ishonchli mahkamlashga imkon beradi. Qirg‘oqqa urilma to‘lqinlar katta qiyalikka ega va ularning energiyasi to‘lqinning uzunligi va chuqurligi bo‘yicha yanada ko‘proq to‘planadi.
1.9-rasmda TESning ko‘ndalang kesimi sxemasi keltirilgan. Uning asosiga Rassel to‘g‘rilagichi patenti olingan. Stansiya bosimi h to‘lqinlar qirg‘oqqa urilishi va frontal zahira idishi bilan orqa devorchalari to‘lishi natijasida hosil bo‘ladi.
|
| |