SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
511
Bundan tashqari, xorijiy sheriklar, “Inter Gopa” (Germaniya) va GEO NET (Germaniya)
kompaniyalari tomonidan uyushgan holda, “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini
rivojlantirish salohiyatini baholash” hamda O’zbekiston Respublikasida shamol energiyasi
salohiyatini baholash ishlari bilan birgaamalga oshirildi. Ushbu ish natijalariga ko‘ra
respublikaning shamol energetikasi salohiyatining atlasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda shamol
energiya stansiyalarni ikki hududda qurish tavsiya etilgan. “Nukus” va “Zarafshon” hududlari
shamol energetikasining kelajakdagi rivojlanishi uchun salmoqli salohiyatga egadir.
Shu munosabat bilan ushbu dasturga quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish uchun 4 ta
investitsiya loyihalari kiritilgan bo‘lib, ulardan uchtasi Samarqand, Surxondaryo va Navoiy
viloyatlarida har biri 100 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh stansiyalari va Navoiy viloyatida 102
MVt quvvatga ega bo‘lgan bitta shamol stansiyasidir.
Yagona energetika tizimining operatori dispetcherlik rejasi bo‘yicha elektr energiyasini
sotib olishnishida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish va ikkilamchi energiya
manbalaridan foydalanish, qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanib quvvat ishlab chiqaruvchi
generatorlardan ustunroq hisoblanadi.
Bundan tashqari,tovarlarning import hajmini va tarkibini (ish va hizmatlar) tanqidiy tahlil qilish,
import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish
komissiyasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan, texnologik hujjatlar bilan ta’minlangan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan,
tadbirlarni amalga oshirish uchun import qilinayotgan, ro‘yxat asosida chora-tadbirlar Dasturiga
kiritilgan asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, 2022 yil 1 yanvarga qadar
bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari)dan ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, "EKOSAN" xalqaro
jamoat fondi, "Chinor" Ekologik nashriyot kompaniyasi 2012 yil 10 avgust kuni O‘zbekiston
Milliy matbuot markazida 2012 yil - "Barqaror energetika barcha uchun" Xalqaro yiliga
bahishlangan "Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq qilish tajriba va
istiqbollari" mavzusida matbuot anjumanini o‘tkazdi.