SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
514
(yoritish, televizor, radio, aloqa, quduqlardan suv tortish va h.k), geliosuvisitkichlar,
biogaz va
biorganik o‘hit (biogumus) olish qurilmalari (qishloq xo‘jaligi, sanoat va maishiy chiqindilardan),
mikro-GES o‘rnatildi va ishga tushirildi.
2012 yil O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
Mustahkam oila yiliga bahishlangan Dasturida respublikaning markaziy energiya ta’minotidan
olisda joylashgan tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida fotoelektr stansiyalari
o‘rnatish uchun 28 mln. so‘m ajratildi. hozirda Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani Usmon Nosir
shirkatidagi qishloq vrachlik punktiga, Samarqand viloyati Pastarhom tumani davolash markaziga
fotoelektr stansiyasi o‘rnatish ishlari tugallandi. Surxondaryo, Navoiy, qashqadaryo viloyatlari
chekka hududlarida fotoelektr stansiyasi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
XULOSA
«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi hodimlari qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalarda
ham faol ishtirok
etmoqdalar. Masalan, Markaz xodimlari BMT Taraqqiyot Dasturining «qoraqalpohistondagi
qishloq jamoasi uchun toza energiya» - 1 va 2 fazalari (fotoelektr stansiyasi) loyihasida,
«Ekologiya va Energiya» Mamlakat dasturida (quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh kollektri),
«O‘zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirishga ko‘mak berish» va «Milk-Agro» Fermer
xo‘jaligida biogaz uskunasi monitoringi» va boshqa loyihlarda bevosita ishtirok etdilar.
«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi BMT Taraqqiyot Dasturining mintaqaviy Markazi
ko‘magida Yevropa va MDX bo‘yicha o‘tkazilgan «Eng yaxshi amaliyot» Xalqaro ko‘rigida
samarali ishtirok etdi. Xususan, Markaz jamoasi «Ekologik toza texnologiyani o‘zlashtirish va
qishloqlar uchun qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilar asosida qurilish materiallari ishlab
chiqaruvchi kichik sexlari tashkil etish» loyihasi bilan birinchi o‘rinni egalladi. «qoraqalpohiston
ahilisi uchun toza energiya» loyihasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va «qayta tiklanuvchi
energiya» nominatsiyasida «O‘zbekiston
Respublikasi, Buxoro viloyatidagi «Jayron»
Ekomarkazida fotoelektr stansiyasi va quyosh suv issitgichlarni ishlatish» loyihasi bilan holib
bo‘ldi.
«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi 2012 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti atrof-
muhit dasturlari (YUNEP) tashkilot tomonidan ekspertlar tarmohining sub-hududiy fokal-poynti
sifatida tanlab olindi.
O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi, GEJ Kichik grantlar dasturlarining mahalliy
hamkorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash ko‘lamini
kengaytirishga, bu
yo‘nalishdagi milliy bozor va texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator loyihalari
muvaffaqiyatli bajarilmoqda.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
515