Muqobil energiya manbalaridan foydanish smaradorligini




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana22.11.2023
Hajmi0,62 Mb.
#103537
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
muqobil-energiya-manbalaridan-foydanish-smaradorligini-oshirish

TADQIQOT NATIJALARI 
Matbuot anjumani ishida qator vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari vakillari, energetika 
sohasidagi faoliyat yuritayotgan olim va mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari 
ishtirok etdilar. 
Energetika har bir odamning va umuman jamiyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. So‘ngi 40 
yillarda odamlarning energiyaga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshdi, shu davrda butun insoniyat 
tarixi davomida qazib olingan organik yoqilhidan ham ko‘proq yoqilhi qazib olindi. Bugungi 
kunda yiliga tabiiy yoqilhi ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga 
to‘hri keladi (taxminan bir kishiga 2 tonna). 
Qazib olinayotgan neft, tabiiy gaz, ko‘mir va uran hozirgi vaqtda dunyoda asosiy energiya 
manbalari hisoblanadi. Agar ularni shu sur’atlarda ishlatish davom etsa, dunyodagi qazib 
olinayotgan neft zahiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zahiralari 70-75 yilga, tosh ko‘mir zahiralari 
165-170 yilga, qo‘nhir ko‘mir zahiralari 450-500 yilga yetadi. 
Cheklangan uglevodorod energetik resurslarga alternativ tarzda qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanishga o‘tilmoqda. Energetik balansga bir vaqtning o‘zida ekologik toza 
bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish atrof- muhitga texnogen 
ta’sirlarning kamayishi nuqtai nazaridan ham talab qilinmoqda. Bundan tashqari qayta 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
512 
tiklanuvchi energiya manbalari ijtimoiy muammollarni hal qilishda muhim omil hisoblanadi, 
jumladan aholi yashash joylarida bandlikni ta’minlaydi. 
Shu munosabat bilan, dunyoning ko‘pgina mamlakatlari atrof muhit energiya oqimidan 
olingan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va tadbiq qilish hajmini oshirishni 
o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Bunday energiya manbalari tarkibiga quyosh, shamol, suv 
resurslari, geotermal manbalar, shuningdek sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilardan 
olingan biogaz kiradi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi barqaror rivojlanish uchun 
energiyaning muhimligini e’tiborga olgan holda 2012 yilni "Barqaror energetika hamma 
uchun" Xalqaro yili deb e’lon qildi. 
Bu yil energetik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni barqaror qondirish, energiyadan foydalanishning 
samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkonini 
kengaytirishning naqadar muhimligi to‘hrisida joylarda, milliy, mintaqaviy va xalqaro miqiyosda 
xabardorlikni oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Joriy yilning iyun oyida Braziliyada bo‘lib o‘tgan Rio+20 Xalqaro Sammitining yakuniy 
hujjatlariga "yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi barqaror rivojlanish instrumenti sifatida kiritilgan. 
"Yashil iqtisodiyot" ning muhim sektorlaridan biri qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanishdir. Bu narsa energetik xizmatlarni ishlab chiqarishga, sohliqni saqlash, ta’lim, iqlim 
o‘zgarishi, oziq-ovqat va suv resurslari xavfsizligi, shuningdek aloqa xizmatlariga ta’sir ko‘rsatishi 
bilan bohliq. 
Ekologik toza, qimmat bo‘lmagan va ishonchli energiya manbalaridan foydalanish imkoni yo‘qligi 
inson salohiyati rivojlanishini, umuman iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni to‘xtatadi va Ming yillik 
deklaratsiyasida ifodalangan rivojlanish maqsadlariga erishishda asosiy to‘siq bo‘lmoqda. 
Rio 2020 yilda Konferensiyasiga O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilgan O‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.Umarov 5-Yalpi yihilishdagi 
ma’ruzasida energiya iste’molini qisqartirishga, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanishga, Toza Taraqqiyot Mexanizmi loyihalariga yo‘naltirilgan iqtisodiyot tarmoqlarini 
modernizatsiyalash Dasturlarini O‘zbekistonda tadbiq qilish masalalarini alohida ta’kidlab o‘tdi. 
O‘zbekiston dunyodagi energiya mustaqilligiga ega bo‘lgan kamsonli mamlakatlardan 
biridir. Bizda elektr energiya ishlab chiqarishda resurslarning asosini tabiiy gaz va neft 
mahsulotlari tashkil qiladi. Uglevodorod resurslarini tejashda, mamlakatning energiya 
xavfsizligini ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining muhimligini, shuningdek 
(qTEM) markazlashgan energiya manbalaridan (elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda 
yashaydigan aholini, toh va cho‘llarda istiqomat qiluvchi aholini, mavsumiy ishdagilar yoki 
ekspeditsiyadagilarni elektr energiyasiga, issiqlik va ichimlik suvga bo‘lgan talablarini 
qondirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda bu yo‘nalishni rivojlantirishga 
ko‘proq ahamiyat berilmoqda. 
Hozirgi vaqtda bu sohada yetarlicha tajriba to‘plangan. qayta tiklanuvchi energiya 
manbalarining ko‘pgina qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar shuni 
ko‘rsatadiki, ularga boshlanhich nisbatan katta mablah sarflansada, iqtisodiy jihatdan ular o‘zlarini 
oqlaydilar. Birlamchi energiya tashuvchilar narxlarining oshib ketishi (geologorazvedka, qazib 
olish, yetkazib berish) va ikkinchi tomondan qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining 
rivojlanishi bilan bu energiya tobora raqobatdosh bo‘lib bormoqda. 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
513 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklaridan biri elektroenergiya ishlab 
chiqarishda uglevodorodli energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini kamaytiradi va ularni 
neft-kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish uchun saqlab qolish imkonini beradi. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, odatda yetarlicha katta bo‘lgan aholi yashash 
joylarini, yirik sanoat korxonalari va muassasalarni energiya bilan to‘la taminlash imkoniga ega 
emas. Mamlakatimizda, xususan ekologik jihatdan noqulay hududlarda qayta tiklanuvchi ekologik 
toza energiya manbalarini qo‘llash katta istiqbolga ega va bu ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy 
samaralar beradi. 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muqobil energiya manbalaridan foydanish smaradorligini

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish