SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
510
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada energiya samaradorligini oshirish
bo‘yicha hukumatning asosiy qarorlaridan biri, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil
5 maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Energiya tejovchi texnologiyalar va
tizimlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi qaror bilan tasdiqlangan
“2017-2019 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va
ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi farmoni
hisoblanadi.
Maishiy uskunalarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor markirovkalarini qo‘yish
standartlari joriy etildi. Ko‘chalar, turar-joy va ijtimoiy binolarni yoritishda energiya tejovchi
lampalar hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda va
respublika hududida 40 Vtdan ortiq kuchlanishli lampalarni sotilishi to‘xtatildi. Energetika
sohasida zamonaviy bug‘ va gaz turbina qurilmalarini joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalari
amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakat iqtisodiyotining
energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini sanoat
ishlab chiqarilishida jalb qilish hisobiga yoqilg‘i energetika balansini diversifikatsiya qilish
darajasi jahon tendensiyalariga mos kelmaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda
ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod
yoqilg‘ilarining turlari ustunlik qiladi.