Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish qoidalari




Download 3.71 Mb.
bet4/4
Sana11.09.2023
Hajmi3.71 Mb.
#81241
1   2   3   4
Bog'liq
5-amaliy ish. Murakkab sharoitlarda harakatni tashkil etish
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234
Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish qoidalari
Q iyaliklarda avtomobillarning tik og`irlik kuchi pastga qarab tik yo`nalishda va nishablik tomon yo`nalgan, tashkil etuvchilarga ajraladi. Nishablik tomonga yo`nalgan og`irlik kuchining bir qismini tashkil etuvchi kuch shu yo`nalishda ketayotgan avtomobilning harakatlanishini tezlashtiradi. Nishablik darajasi (h) yuqori bo`lmasa, u xavf tug`dirmaydi, balki haydovchiga moyil keladi. Lekin nishablik dara­jasi (h) ortib, yo`l uzaygan sari bu kuchning ta`siri oshadi va harakat- lanish xavfsizligiga aks ta`sir etib, avariya holatiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, tezlik (tezlanish) oshib ketishi natijasida tajribasiz yosh haydovchilar qiyaliklarda tez-tez tormoz beradilar. Bu esa, tormoz kolodkalarini qizib, ishdan chiqishiga olib keladi, bu muqarrar falokatdir. Dovonlarda va uzoq; tik nishabli yo`llarda to`xtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari o`z harakatini to`xtatish uchun 5.40 belgisi bilan belgilangan (falokatli holatlar uchun mo`ljallangan) yo`lga kirishlari kerak. Bu maxsus qoplamali yo`l transport vositalarini xavfsiz to`xtatish uchun mo`ljallangan (YHQ. 20.2).
Davlat standarti (GOST 2345-85)da ko`rsatilishicha, tik nishab­lik va balandliklarda xavfsizlik koeffitsiyenti 0,6 dan kam bo`lsa, bu joylarda 1.13-»Tik nishablik», 1.14-»Tik balandlik» belgilari o`rnatiladi. Biror to`siq sababli yo`lning torayib qolgan joylari bo`lsa, nishablikka tomon harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi ro`parasidagiga yo`l berishi kerak (YHQ. 20.1).
Tik nishablik (1.13) belgisi o`rnatilgan qiyalik joylarda nishablik to­mon yo`nalgan transport vositasi og`irlik kuchi ta`sirida tezlashib, uni boshqarishda katta xavf tug`iladi. Yo`l sharoitiga nisbatan yuqori bo`lgan tezlikda haydovchi avtomobilni boshqara olmay avariya sodir etishi mumkin. Shuning uchun haydovchi 1.13 belgisi o`rnatilgan qiyaliklarda avtomobilning uzatmasi yoki ulashish mexanizmini ajratmagan holda harakatlanishi lozim (YHQ. 20.3). Bu holatda nishablik tomonga yo`nalgan, og`irlik kuchi, yurgizgichga aks ta`sir etib, avtomobil harakatini sekinlashtiradi.
Nishablik tomon yo`nalgan og`rlik kuchi balandlik tomonga ko`tarilayotgan transport vositasi yo`nalishiga teskari bo`lib, uning harakatlanishiga aks ta`sir etadi. Tik balandlik tomon harakatlanayotgan avto­mobil qo`shimcha qarshilikni yengishi kerak. Haydovchi yo`l sharoiti, balandlik darajasi va avtomobilning dinamikasini hisobga olishi, zarur bo`lsa, balandlikning oxirigacha to`xtamasdan yetib olishi maqsadga muvofiqdir.
Download 3.71 Mb.
1   2   3   4




Download 3.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish qoidalari

Download 3.71 Mb.